O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 0.57 Mb.
bet54/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   112

Bank o‘tkazmasi


O‘zbekiston Respublikasifuqarolarining xorijiy kontragentlari bilan munosabatlarida bank o‘tkazmalari ( to‘lov topshiriqlari bilan hisob-kitob qilish) ham keng miqyosda ishlatiladi. To‘lov topshirig‘i – bu, xaridorning (o‘tkazma beruvchining) iltimosiga ko‘ra va hisobidan xorijiy sotuvchiga (qabul qilib oluvchi, benefitsiarga) ma’lum miqdorda pul to‘lash haqida bankning o‘z korrespondentiga yuborgan buyrug‘idir. Bunda to‘lovchi-bankka to‘langan pul miqdorini qoplash usulini ko‘rsatitishi zarur. Undan tashqari, to‘lov topshirig‘ida benefitsiarga belgilangan pulni ko‘rsatilgan hujjatlar yoki tilxat taqdim etilishi evaziga to‘lash sharti ham mavjud bo‘lishi mumkin. (TSB 1-sonli Yo‘riqnomasi, 315,316-bandlar) To‘lovchining topshirig‘i bank tomonidan uning hisobida mablag‘ bo‘lsagina bajariladi. Biroq shartnomada boshqa narsa ham belgilangan bo‘lishi mumkin ( FK 313-moddasi): unda bank to‘lovchiga kredit beradi.
Hisob-kitob operatsiyasini amalga oshirishga oid tashabbus xaridor tomonidan ko‘rsatiladi, u bankka o‘z hisobidan ma’lum miqdordagi pulni sotuvchi foydasiga o‘tkazish haqida topshirig‘i yuboradi. Mazkur operatsiyani amalga oshirish uchun sotuvchining mamlakatida joylashgan korrespondent-bank jalb etiladi, xaridorning banki unga kelishilgan mablag‘ni o‘tkazadi. Topshirig‘ini bajarish uchun bank tomonidan boshqa banklarni jalb etish majburiyat bajarishni uchinchi shaxsga yuklanishini bildiradi. ( FK 313-moddasi) Bank o‘tkazmasini bajarish haqidagi bitim esa uchinchi shaxsga xizmat ko‘rsatish shartnomasi sifatida ko‘riladi (uchinchi shaxs foydasiga emas). Shuning uchun mablag‘ qabul qilib oluvchi o‘tkazmada ishtirok etuvchi xorijiy bankdan o‘tkazilayotgan pul miqdorini talab etish huquqiga ega bo‘lmaydi.
Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi banklari xorijiy banklarning to‘lovni amalga oshirish haqidagi to‘lov topshiriqlarini mahalliy sotuvchilar foydasiga bajarishadi, shuningdek xorijiy banklarga to‘lov topshiriqlarini xorijiy sotuvchilar foydasiga berishadi. Bank o‘tkazmalarini amalga oshirish usullari turlicha bo‘lishi mumkin. Agar to‘lov xorijiy xaridor tomonidan O‘zbekiston Respublikasi sotuvchisi foydasiga amalga oshirilishi kerak bo‘lsa, bank o‘tkazmasi ikkita usulda amalga oshirilishi mumkin:

  1. xorijiy bank o‘tkazma miqdorini O‘zbekiston Respublikasi bankining mazkur xorijiy bankda ochilgan “Nostro” hisobiga o‘tkazadi;

  2. xorijiy bank O‘zbekiston Respublikasi banki o‘zida xorijiy bank tomonidan ochilgan “Loro” hisobidan o‘tkazma miqdorini hisobdan chiqarish huquqini beradi.

Bank o‘tkazmasi - hisob-kitoblarning avvalgi turlariga nisbatan eng arzon
shaklidir, shu bilan birga sotuvchi uchun eng xatarlisi hamdir, chunki u tovarni jo‘natib, uning evaziga to‘lov ololmasligi ham mumkin. Bank o‘tkazmasi asosan shartnoma bo‘yicha to‘lovlar birgallikda bo‘lsa ishlatiladi (masalan, bir vaqtli yuk yetkazib berish), kontragentlar o‘rtasidagi munosabatlar davomli bo‘lmagan holda, shuningdek jarima to‘lash, yillik foizlar to‘lash hollarida va h.k. Agar xorijiy sheriklar bilan hamkorlik doimiy xususiyatga ega bo‘lsa, shuningdek to‘lovni olish kafolatini ko‘paytirish maqsadida hisob-kitobning boshqa shakllaridan foydalanish lozim.
Xalqaro bank o‘tkazmalari asosan bank qoidalari va milliy qonunchilik bilan tartibga solinadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida bu sohada FK bandlari (“To‘lov topshiriqlari bilan hisob-kitob” 2-§ 46-bob) hamda MB aktlari ishlatiladi.
1992- yilda YUNSITRAL doirasida tayyorlanib davlat uchun milliy qonun akti modeli sifatida ishlatish uchun Xalqaro kredit o‘tkazmalar to‘g‘risidagi YUNSITRAL namunali qonuni tavsiya etildi (“kredit o‘tkazmasi” deganda bank o‘tkazmasi nazarda tutilgan). Unga muvofiq, to‘lov topshirig‘ini qabul qilib oluvchi bank (qabul qilib oluvchi bank) o‘z hisobidan, hamma o‘tkazma beruvchi hisobidan emas, yuboruvchi- bankda topshirig‘ida ko‘rsatilgan mablag‘ qabul qilib oluvchi (benefitsiar) foydasiga to‘lovni amalga oshiradi. Keyin qabul qilib oluvchi bank benefitsiarga to‘langan mablag‘ni hisob raqami ochgan yuboruvchi-bank hisobidan o‘chirish huquqiiga ega bo‘ladi. Qabul qilib oluvchi banka tegishli, qoplanishi kerak bo‘lgan, miqdor uning yuboruvchi-bankda ochilgan hisob raqamiga yoki Biror bir uchinchi bankda oshilgan hisob raqamiga o‘tkazilishi mumkin. YUNSITRAL namunaviy qonuni davlatlarga ularning milliy qonunchiligiga kollizion meyorni kiritishni tavsiya etadi. Unga muvofiq to‘lov topshirig‘idan kelib chiadigan huquq va majburiyatlar tomonlar tanlab olgan huquqi bilan, tomonlar kelishuvi mavjud bo‘lmasa - to‘lov oluvchi bank davlatining huquqi bilan tartibga solinadi.
To‘lov topshiriqlari yordamida hisob-kitoblarda xabar yuborishning elektron shakli tobora keng tarqalib bormoqda. Xususan, savdo-sotiqga oid shartnoma ishtirokchilari to‘lov topshiriqlarini elektron aloqa kanallari orqali uzatishga kelishib olishlari mumkin. Bunda, SWIFT tizimi, shuningdek YUNSITRAL tomonidan 1987- yilda ishlab chiqilgan elektron o‘tkazishlar haqidagi huquqiy yo‘riqnoma ishlatiladi.



    1. Download 0.57 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling