O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Veksel va chek xalqaro hisob-kitob vositalari sifatida


Download 0.57 Mb.
bet55/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   112

Veksel va chek xalqaro hisob-kitob vositalari sifatida


To‘lovni kechiktirish bilan, aksept yo‘li bilan yoki gossignatsiyasiz yo‘li bilan amalga oshirilganda hisob-kitoblarni bajarish uchun veksel, odatda, o‘tkazma veksel jalb etiladi. Adabiyotda takidlanganidek, tashqi savdo bo‘yicha akkreditivlarning aksariyat qismi trattadan foydalanish bilan amalga oshiriladi. Ko‘pincha xaridor tovarga to‘lash uchun etarli mablag‘ga ega bo‘lmaydi. Sotuvchi xaridor bilan kelishilgan holda o‘zining bankiga tovar tushirib bo‘linganidan keyin hujjatlar, shuningdek, shaxsiy buyruqga asosan emitent-bank yoki xaridorga qo‘yilgan, o‘tkazma vekselni taqdim etadi. Sotuvchining banki eksport qiluvchiga taqdim etilgan hujjatlar evaziga to‘lovni amalga oshiradi va vekselni hisobga olib qo‘yadi. Keyin sotuvchining banki xaridorning bankiga hujjatlar va vekselni yuboradi va
ularning evaziga to‘lov oladi (agar unga avvaldan badal to‘lanmagan bo‘lsa). Xaridor banki, yuk tashuvchidan tovarni olishga rusxat beruvchi hujjatlarni olib, faqat xaridor o‘tkazma vekselni aksept qilganidan so‘ngina, yani veksel bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgandan so‘ngina ularni xaridorga topshiradi. Veksel bo‘yicha to‘lovlar vaqti kelganidan so‘ng xaridor banki uni xaridorga to‘lov uchun taqdim etadi, bu bilan u o‘zining akkreditiv bo‘yicha ketgan shaxsiy xarajatlarini qoplaydi (rambursiya qiladi).
Ko‘rib chiqilgan holda sotuvchi yetkazib bergan yuki uchun to‘lov sifatida pul olmaydi, balki unga o‘tkazma veksellar bilan tasdiqlangan, kelajakdagi to‘lov majburiyatlarini taklif etiladi. U, veksel bo‘yicha to‘lov muddatini kelishini kutib, keyin uni akseptant-bankga taqdim etishi mumkin yoxud mazkur vekselni bankga sotishi, yani uni ro‘yxatga kiritib qo‘yishi mumkin. Bunda veksel miqdori shartnomada keltirilgan to‘lov miqdoridan bir muncha ko‘proq bo‘lishi zarur, chunki sotuvchi veksel bo‘yicha to‘lovlarni ko‘tishi, uni ro‘yxatga olgan bankga ro‘yxatga olgani uchun to‘lovni amalga oshirishi lozim.
O‘z navbatida, xaridor tovarga pul to‘lash borasida kechiktirishga ega bo‘ladi. Chunki u to‘lovni veksel bo‘yicha muddat kelganida amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Ungacha tovarni sotib, bankga qarz miqdorini to‘lab ulguradi. UCP-500 dagi o‘tkazma veksellardan foydalanishni tartibga solishga oid tafovut shundaki, UCP-500 ga muvofiq (9V- band), akkreditiv sotib oluvchiga (buyruq beruvchiga) veksel chiqarish mumkin emas. Fuqarolik kodeksiga binoan esa “ akkreditiv operatsiyada ishtirok etuvchi o‘tkazma veksel ishlatishda tomonlarning tarkibiga cheklovlar yo‘qdir”.
Oddiy vekseldan foydalanilgan holda, xaridor tomonidan sotuvchi buyrug‘i bilan yoziladi. Bunday veksel import qiluvchining banki orqali sotuvchi bankiga o‘tkaziladi, u esa, o‘z navbatida, ularni sotuvchiga akkreditivda belgilangan yuk tushirish va boshqa hujjatlar evaziga topsiradi. Keyin sotuvchi vekselni o‘z bankiga ro‘yxatga kiritish uchun taqdim etadi, o‘z navbatida, xaridor bankiga qayta ro‘yxatdan o‘tkazish yoki to‘lovni amalga oshirish uchun taqdim etadi. Xaridor banki yuk tusirilganiga oid yoki boshqa hujjatlarni xaridorga topshirib, vekselni to‘lov uchun tag‘dim etadi.
Odatda, har bir bitim yuzasidan shartnoma nazarda tutilgan to‘lovlar soniga mos miqdorda veksel (tratta) taqdim etiladi, yani trattalar , qoida bo‘yicha, tovarning har bir partiyasi bo‘yicha taqdim etiladi. Hisob-kitoblar turli vositalar yordamida amalga oshirilishi mumkin: vеksеllar, to‘lov topshirig‘i, bank o‘tkazmasi (pochta va tеlеgraf orqali), chеklar, plastik kartochkalar



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling