O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Akkreditivlar bo‘yicha xalqaro shartnomalar


Download 0.57 Mb.
bet51/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   112

Akkreditivlar bo‘yicha xalqaro shartnomalar


Xalqaro akkreditiv munosabatlar XSP aktlaridan tashqari, Xalqaro-huquqiy tartibga solishning predmetiga ham aylangandir. G.Z.Mansurov akkreditivlar to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalarni uctha guruhga bo‘lgan:

  1. Xalqaro akkreditiv munosabatlar bevosita ishtirokchilarga mo‘ljallangan meyorlar (masalan, BMTning 1995- yildagi Mustaqil kafolatlar va rezerv akkreditivlar

haqidagi Konvensiyasi);

  1. Unifikatsiya qilingan qoidalarning biriga ishora bilan cheklanadigan shartnomalar (masalan, Rossiya Fedetratsiyasi va AQSh hukumatlari o‘rtasida 1993- yilda tuzilgan qishloq xo‘jalik tovarlarini sotish haqidagi bitim);

  2. Hisob-kitoblarning mazkur shaklini takidlash bilan cheklangan shartnomalar.

Akkreditivlar turi. Hisob-kitoblarning akkreditiv shaklida bank o‘z zimmasiga to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha mustaqil, to‘lov bajaruvchisiga bog‘liq bo‘lmagan, majburiyat olishi mumkin. Bu yerda tasdiqlangan chaqirib olinmaydigan akkreditiv haqida borayapti. Unda bank xaridorga kredit beradi . Akkreditivning bunday turi eksport qiluvchi (sotuvchi) uchun qulaydir. Chaqirib olinadigan akkreditiv sotuvchi uchun ham kafolat beradi. Hamma undan assotsiatsiyaga birlashgan banklar o‘rtasidagi hisob-kitoblarda yoki sotuvchi va xaridor ilgaridan ish yuzasidan aloqalarga ega bo‘lgan hollarda foydalanadi.
Agar akkreditiv tasdqilanmagan bo‘lsa, eksport qiluvchining banki to‘lovni o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi. Biroq keyinchalik hujjatlarni import qiluvchining bankiga sotadi. To‘lov amalga oshirilguncha hujjatlar bankda garovda turadi. Emitent-bank eksport qiluvchi bankdan, u eksport qiluvchiga taqdim etilgan hujjatlar evaziga to‘lov to‘lash majburiyatini o‘sib borishini so‘raydi. Yani so‘z tasdiqlangan akkreditiv ochish haqida borayapti. Tasdiqlangan chaiqirib olinmaydigan akkreditivning sotuvchi uchun qulayligi shubhasizdir. Kredit imkoniyatlari noaniq bo‘lgan hamda faqat xorijiy davlatda unga davo ochishi mumkin bo‘lgan xorijiy bankka ishonib bo‘lmaydi. Balki o‘zining banki tomonidan ochilgan akkreditiv bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan to‘lovga tayaniadi. Chunki bunda o‘zining davlatida ham davo bilan murojaat etish mumkin.
O‘z navbatida, xaridor (import qiluvchi) tovarni olishiga ishonch hosil qiladi. Chunki bank, eskport qilvchi tovar yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni – yuk xati, konosament va boshqa transport hujjatlarini - taqdim etmasa akkreditivdan to‘lovlarni amalga oshirmaydi.
Emitent-bank xizmat ko‘rsatuvchi bank ixtiyoriga akkreditiv miqdorida valyuta mablag‘larini (qoplash) o‘z majburiyatlarini amal qilish muddatiga, ularni akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar uchun ishlatish mumkinligi sharti bilan, taqdim etishi lozim. Bunday akkreditivlar qoplangan deb nomlanadi. TIAISV 1-yo‘riqnomasiga muvofiq, valyuta qoplanishi quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin:
*emitent-bankda yoki boshqa bankda xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan ochilgan korrespondent hisob raqamini akkreditiv mablag‘i bilan kreditlash;
*xizmat ko‘rsatuvchi bankka unda mavjud emitent-bank hisob raqamidan akkreditivni o‘chirish huquqiini berish xizmat ko‘rsatuvchi bankda emitent-bank tomonidan qoplash depozitlarini ochish.
Hisob-kitoblarning akkreditiv shakli eksport qiluvchi (sotuvchi) uchun xorijiy kontragentlar bilan hisob-kitob qilishda eng qulay shakldir chunki;

  1. Eksport qiluvchi to‘lovni bankka yuk tushirishga oid yoki boshqa hujjatlarni taqdim etgan zaxoti oladi

  2. To‘lovchi sifatida bevosita bank ishtirok etadi, bu eksport qiluvchi uchun shartnoma bo‘yicha to‘lov olishga qo‘simcha kafolat yaratadi. Import qiluvchi biror sabablarga ko‘ra akkreditiv ochmasa, eksport qiluvchi tovar yetkazib berishni kechiktirishi mumkin. Undan tashqari, akkreditiv ochilgandan buyon import qiluvchi

tomonidan uni qoplashga yo‘naltirgan mablag‘i mahkamlab (bron) qilib qo‘yiladi. Yani qatiy ravishda faqat mo‘ljallangan narsalarga ishlatiladi – agar akkreditiv chaqirib olinadigan bo‘lmasa, akkreditiv bo‘yicha to‘lovlarga ishlatiladi. UCP-500 ko‘ra, akkreditiv chaqirib olinmaydigan hisoblanadi (agar unda teskarisi belgilanmagan bo‘lsa (6-modda)).
Shunday qilib akkreditiv faqatgina hisob-kitob shakli emas, balki u tovar uchun o‘ziga xos to‘lovni taminlovchi usuldir. Ayniqsa agar akkreditiv tasdiqlangan akkreditiv bo‘lsa. Akkreditiv import qiluvchiga (xaridorga) to‘lov uning manziliga yetkazilgan tovar uchun va faqat yuk tushirish shartlariga muvofiq amalga oshirilishiga kafolat beradi. Hisob-kitobning akkreditiv shakllaridan foydalanish davlat idoralari aktlari bilan ham tavsiya etilgan. Ayniqsa, valyuta qatiy nazorat etiladigan mamlakatlarda. Kapitalistik mamlakatlar bilan savdoda akkreditiv shakllarni ishlatish oldingi qonunchilikda ham mavjud edi.



    1. Download 0.57 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling