O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Sug‘urta shartnomasining shartlari va uni tuzish tartibi


Download 0.57 Mb.
bet71/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   112

Sug‘urta shartnomasining shartlari va uni tuzish tartibi


Mulkiy sug‘urta shartnomasi tuzishda sug‘urta qildiruvchi bilan sug‘urtalovchi o‘rtasida quyidagilar to‘g‘risida kelishuvga erishilishi lozim:
*sug‘urta obyekti bo‘lgan muayyan mol-mulk yoxud boshqa mulkiy manfaat to‘g‘risida;
*yuz berishi ehtimoli sug‘urta amalga oshirilayotgan voqea (sug‘urta hodisasi)ning xususiyati to‘g‘risida;
*sug‘urta puli miqdori to‘g‘risida;
*sug‘urta tovoni miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risida( agar shartnomada uni sug‘urta pulidan oz miqdorda to‘lash mumkinligi nazarda tutilgan bo‘lsa);
*sug‘urta mukofotining miqdori va uni to‘lash muddatlari to‘g‘risida;
*shartnomaning amal qilish muddati to‘g‘risida.
Shaxsiy sug‘urta shartnomasi tuzishda sug‘urta qildiruvchi bilan sug‘urtalovchi o‘rtasida quyidagilar to‘g‘risida kelishuvga erishilishi lozim:
-sug‘urtalangan shaxs to‘g‘risida;
-sug‘urtalangan shaxs hayotida yuz berishi ehtimoli bilan sug‘urta amalga oshirilayotgan voqea (sug‘urta hodisasi)ning xususiyati to‘g‘risida;
-sug‘urta puli miqdori to‘g‘risida;
-sug‘urta mukofotining miqdori va uni to‘lash muddatlari to‘g‘risida;
-shartnomaning amal qilish muddati to‘g‘risida.
Taraflarning kelishuviga binoan shartnomaga boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin. Agar sug‘urta shartnomasi sug‘urta qildiruvchi, sug‘urtalangan shaxs yoki manfaatdor fuqaroning ahvolini qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga nisbatan yomonlashtiradigan shartlarni o‘z ichiga olsa, shartnomaning ana shu shartlari o‘rniga qonun hujjatlarining tegishli qoidalari qo‘llaniladi.
Barcha xavflar uchun javobgarlik sharti “jami xavflarning” ziyonini qoplamaydi. Bu shartlardan quyidagi shikastlar istisnodir;
*yukni har xil harbiy harakatlar oqibatida shikastlanishi;
* radiastiya xavfi;
*sug‘urtachi yoki uni vakillarini sovuqqonligi oqibatidagi shikast,
*yuk tashish va saqlash qoidalarini qo‘pol ravishda buzish ( olov yoki portlash),
*sug‘urtachiga bildirmasluk oqibatida , portlash xavfi bo‘lgan moddalar yaqinida joylashtirish,
*yukni kemiruvchi xashoratlar tomonidan shikastlanishi,
Qisman avariya uchun javobgarlik shartlarida qoplanishi kerak bo‘lgan shikastlarning aniq ro‘yxati mavjuddir. Tabiiyki bu yerda sug‘urtachining javobgarligi ham inobatga olinadi.Bu shartga ko‘ra “barcha xavflar” sharti bilan qoplanmagan barcha xavflar bu yerda ham javobgarlikdan istisnodir.
Shikastlar uchun javobgarliksiz ro‘yxatidagi xalokatlardan tashqari avariya uchun javobgarlik bilan shartlariga mos keladi. Farqi shundaki oxirgi shart bo‘yicha sug‘urtachi oddiy sharoitlarda faqat yuk yoki uning bir qismini to‘liq xalokatiga javobgar bo‘ladi. Yukni tashuvch vositachi bilan avariya sodir bo‘lsaniga javobgar bo‘ladi.

    1. Download 0.57 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling