O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


VIII bob. XALQARO SAVDODA SUG‘URTA


Download 0.57 Mb.
bet69/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   112

VIII bob. XALQARO SAVDODA SUG‘URTA





    1. Tashqi savdoda sug‘urtaning umumiy qoidalari

    2. Sug‘urta shartnomasi

    3. Sug‘urta shartnomasining shartlari va uni tuzish tartibi

    4. Polisni o‘tkazish va sug‘urta manfaati

    5. Sug‘urta shartnomasi va tashish



    1. Tashqi savdoda sug‘urtaning umumiy qoidalari


Zamonaviy tashqi savdo va dengiz tashuvlari sug‘urtasiz mavjud bo‘la olmaydi. Ko‘p hollarda sug‘urta shartnomalari savdo bitimlarining ajralmas qismi bo‘lib kelmoqda. Sug‘urtani kim va kimning hisobidan olib borilishi bu bitimlar tuzilayotganda xal qilinadi.
Xalqaro savdoda uning shakllarini ko‘pligidan u yoki bu tovar bilan savdo shartlari va ular tomonidan kelishilgan savdo shartnomalari ishlab chiqilgan. Bu profillarda bitim tomonlar tomonidan olinadigan tovarlar narxini yaratish mexanizmi beriladi.
EХW, FОB, FAS, CIF qisqartmalari bilan 4 xil asosiy savdo bitimlari juda keng tarqalgan.
CIF ingliz so‘zlarining bosh xarflaridan olingan. Tovarlar narxi sug‘urta va fraxt. Bu shartnomaning maxsus ko‘rinishi bo‘lib, unda asosiy oldi-sotdi shartnomalari masalalari maxsus asoslarda yechiladi:
-xaridorga tovarni o‘tish davrida bexosdan xalokatga uchrash xavfi, tovarni shikastlanishi yoki boshqa holatlarda sotuvchining vijdonli harakati, hisob-kitoblar tartibi va boshqa masalalar.
-CIF sharoitlarida tovar sotilganda sotuvchi yukni tushurish portiga olib borishi, uni kema bortiga ortishi, fraxtni to‘lashi, yukni yil davomida egasiga yetib borguncha dengiz xavflaridan sug‘urta qilishi va xaridorga yukni jo‘natish bo‘yicha barcha kerakli hujjatlarni jo‘natishi shart.
Angliya, Germaniya, Frantsiya va boshqa mamlakatlarda qoidalarni qo‘llash jarayonida qo‘shimchalar ko‘rinishida bu mamlakatlarning urf-odatlari; bitimlar shartlarining qator o‘ziga xosligini u yoki bu yuklarning xususiyatlaridan kelib chiqib tavsiyalar ishlab chiqilgan (masalan, un, o‘simlik yogi, don, paxta va boshqalar). Ba’zi hollarda bu tavsiyalar rasmiy hukumat aktlari bilan rasmiylashtirilgan. Hamma ishlar asosan tavsiliy depozit xarakteriga ega edi, bu narsa xalqaro savdoda har xil bitim va namunaviy shartlarning proformalari shuningdek CIF bitimlari shartlarini har xil talqinlarini yuridik jihatdan mumkin qilib qo‘yadi.
Shunday qilib o‘simlik yogi bilan savdo assotsiastiyasida ko‘rikka yaqin namunasining proformasi bor edi. London bug‘doy bilan savdo qilish assoisatsiyasida yetmishtagacha namunali sotuv shartnomalari proformalari bor edi. Paxta bilan savdo qiluvchi assoisatsiya va boshqalarda ham o‘z proformalari bor edi.
1936- yildan keyin 1956, 1980 va 1990, 2000, 2010- yillarda xalqaro savdo palatasi savdo shartnomalarini interpretatsiyasi va norasmiy kodlash (shakllangan odatlar bo‘yicha qabul qilingan tushunchalar) keng tarqalgan tashqi savdo terminlari
va tijorat tushunchalarini birlashtirish borasida katta ishlar qildi.
“Inkoterms 2010” ning maqsadi tashqi savdodagi oldi-sotdi shartnomalarida qo‘llaniladigan eng muhim atama va tushunchalarni talqin qilish bo‘yicha yagona xalqaro qoidalar o‘rnatishdadir. Yuqorida aytib o‘tilganidek bu qoidalarning qo‘llanishi majburiy bo‘lmagan noaniq; qoida va talqinlardan ko‘ra aniq va bir xil xalqaro qoidalarni afzal ko‘ruvchi savdo bitimlari qatnashchilari qo‘llaydilar.
FOB bitimlari inglizcha “bortda erkin” ifodasidan olingan. Bu turdagi bitimga ko‘ra sotuvchi, xaridor fraxtlashdan oldin kemaga yukni ortishi zarur. U tovarni tashish vaqtiga sug‘urta qiladi. Odatda ichki punktdan o‘tish partiyagacha va keyinchalik oxirgi yo‘nalish nuqtasigacha deb belgilanadi.
FAS bitimlari inglizcha “bort bo‘yicha erkin yoki kema borti bo‘yicha erkin” ifodasidan olingan. FAS bitimlarinig mazmuni FOB bitimlariga o‘xshaydi, birgina farqi shuki FOB bitimiga ko‘ra sotuvchi tovarni kemaga ortadi va tovar kema bortiga o‘tishi bilan xavf ham xaridor zimmasiga o‘tadi. FAS bitimiga ko‘ra ,esa sotuvchi yukni kemaga olib keladi, lekin javobgarlik majburiyati olinmaydi.
Dengiz yuklarini sug‘urta qilish shartnomasi sug‘urtachining yozma arizasi asosida tuziladi, unda quyidagilar bo‘lishi zarur. Yukning aniq nomi, qadoqlash turi, manzil, yukning og‘irligi, konosament yoki boshqa yo‘l hujjatlari raqam va kunlari; kemaning nomi, shartnoma yili, bayrog‘i va yukning sig‘imi; yukning joylashish nuqtalari, qayta ortish nuqtalari; kemaning jo‘nash vaqti, yukning sug‘urta summasi va shartlari.
Modifikatsiya guruhlari London sug‘urtachilari institutini xavflar uchun javobgarlik bilan, qisman avariya uchun javobgarlik bilan; xalokat holatlaridan tashqari shikastlanishlar uchun javobgarliksiz degan namunaviy shartlariga to‘gri keladi.



    1. Download 0.57 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling