O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 0.57 Mb.
bet74/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   112
Valyuta tavakkallari (xavflari) turlari. Xozirgacha biz valyuta tavakkali tushunchasini bir iqtisodiy operatsiyaga nisbatan ko‘rib keldik. Agar TIM a’zolari talab va majburiyat bilan ko‘plab chet el valyutasida ifodalangan operatsiyalarni amalga oshirishar ekan. Ular operatsiyalarning barcha hajmi bo‘yicha emas, balki ochiq valyuta mavqei bo‘yicha tavakkal qilishadi.
Ochiq valyuta mavqei valyuta tavakkali bilan bog‘liq bo‘lib banklarning qo‘shimcha foyda yoki zarariga olib keladi. Shuning uchun ham ko‘pchilik mamlakatlarda ochiq valyuta mavqeining o‘lchamini davlat moliyaviy organlari
soladi.
Valyuta tavakkalining paydo bo‘lishi shartlari avvalo tashqi savdo va kredit bitimlari bilan bog‘liq aniq valyuta operatsiyalarining yo‘qotishlariga olib kelishi mumkin.
Bunday valyuta tavakkallarini birinchi turga kiritish zarur, aniqroq aytganda naqd valyuta yo‘qotishlari deyiladi.
Valyuta tavakkalining ikkinchi tipi bu tashqi savdo bitimlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lmay, balki firma balansining aktiv va passiv moddalarini qayta baholashda paydo bo‘ladigan valyuta tavakkalidir.
Valyuta tavakkalining ikki turi turlicha aks etadi. Birinchi tipdagi valyuta tavakkali aniq tashqi savdo operatsiyalari natajalarini rejalashtirilganlaridan og‘ishga olib keladi. Buxgalter hisobi nuqtai-nazaridan qaralsa bunday turdagi og‘ishlar qandayligicha mavjud bo‘lmasin moliyaviy hisob-kitoblarda aks etmaydi. Birinchi turdagi valyuta tavakkalini hisobga olishda faqat analitik hisobga olish tizimidan foydalanish mumkindir.
Valyuta tavakkalining ikkinchi turi buxgalter hisobida bevosita aks etadi.
Shuning uchun zararlarning buxgalterlik hisobi deb atalishi mumkin.
Yuqoridagi aytilganlarni amaliyotga tadbiq etishda quyidagicha amalga oshirish mumkin. Agar korxona balans hisobidagi valyuta mablag‘larini tashqi iqtisodiy bankda harakatsiz ushlab tursa, har xaftada yangi kopirovkasi chiqishi bilan korxona aktivlarini qayta baholash sodir bo‘ladi. Kurslar orasidagi franklar esa to‘g‘ri va bevosita foyda va zararlar hisobiga kiritiladi.Naqd zararlarning valyuta yo‘qotishi tashqi savdo operatsiyalariga ta’sir ko‘rsatuvchi omil sifatida ko‘p amaliy ahamiyatga egadir.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling