O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Valyuta tavakkalini sug‘urta qilish zaruriyati
Download 0.57 Mb.
|
Valyuta tavakkalini sug‘urta qilish zaruriyati. Valyuta tavakkalini sug‘urta qilishda ikkita strategiya mavjud bular: spekulyatsiya va qo‘ldan chiqarilgan foyda tavakkali.
Valyuta tavakkalini sug‘urta qilish deganda xalqaro iqtisodiy operatsiya natijalarini valyuta kurslari o‘zgarishiga bog‘liq yo‘qotishga qaratilgan qarorlar, tadbirlar tushuniladi. Valyuta tavakkalini sug‘urtalashning maqsadi xalqaro iqtisodiy bitimlar natijalarini imzolash paytida qayd qilish yoki hech bo‘lmaganda bu natijalar o‘zgarishi imkoniyatlarini cheklashdir. Ba’zi firmalar valyuta beqarorligi zamonaviy xalqaro savdoning bir qismi sifatida qarab hech qachon valyuta tavakkalini sug‘urta qilmaydilar, shunday qilib valyuta tavakkali rejasidagi ishonchsizlik ular tomonidan oddiy tavakkal deb hisoblaydilar.Korxonalarning ikkinchi kategoriyasi esa valyuta kursi istiqbolidan qat’iy nazar barchasini qoplaydi. Qo‘ldan ketgan foyda tavakkalining mavjudligi, hamda boshqa ikki strategiyalar - ishonchlilik va kursni tutib turishlar qulay-imkoniyatlarni birlashtirishga intilishadi. Ko‘pchilik banklarni ochiq valyuta mavqelarini tashqi savdo operatsiyalarining manfaatdorligini oshirish maqsadida qo‘llab- quvvatlab, valyuta tavakkalini yuz foiz sug‘urtalashdan bosh tortmoqdalar. Ochiq valyuta mavqei bo‘yicha valyuta tavakkalini bilgan holda bosh tortishi valyuta spekulyatsiyasi deyiladi. Qo‘ldan ketgan foyda tavakkali iqtisodiy operatsiyalar qatnaschilarining bitimlar bo‘yicha yaxshi natijalar olish imkoniyati bo‘lgan holda yomon natijaga “afsuslanganligini” ifoda etadi. Muvaffaqiyatsiz valyuta spekulyatsiyasiga misol sifatida “Xershtadt” nemis bankining 1984- yildagi xonavayron bo‘lishi Yaponiyaning 1987- yildagi “Dayiti Konge” (36,5 mln. dollorga) va 1985- yildagi “Fudzi” banklarining zarari, 1982- yildagi Shvettsariyadagi “Benk of Svishtland” bankining to‘lovga qobiliyatsizligini ko‘rsatish mumkin. Bitim qatnashchisining valyuta tavakkalini sug‘urta qilish yoki qilmaslik qarorining to‘g‘riligi valyuta kurslarini bitim tuzish va to‘lovi orasidagi muddat ichida kelajakni baholashga bog‘liqdir. Valyuta kurslari istiqbolini belgilash deganda maxsus ilmiy tadqiqotlar yordamida kurslar o‘zgarishining kelajagi to‘g‘risida ma’lumotlar olish tushuniladi. Suzib yuruvchi valyuta kurslari tizimi kiritilishi bilan ularning o‘zgarishi doimiy miqyosini oldindan aytib bo‘lmaydigan bo‘lib qoldi. Valyuta mavqeining kelajakda diapazonli o‘zgarishlari aniqlalanadi, minimum va maksimum ko‘rsatkichlari esa sug‘urta bo‘yicha tutilishlar bilan taqoslanishi mumkin bo‘lgan valyuta zararini hisoblab chiqarish uchun ishlatiladi. 8.4.1-jadval Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling