O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Xalqaro savdo palatasi arbitraji
Download 0.57 Mb.
|
Xalqaro savdo palatasi arbitrajiTashqi iqtisodiy faoliyatga oid shartnomalar tuzilayotganida turli huquqiy tizimga mansub subyektlar o‘rtasidagi aloqa o‘rnatilayotganligi va bu tizimlar o‘rtasidagi farqlar kelgusida muayyan ixtiloflarga olib kelishi mumkinligi, ularni bartaraf etish yo‘l-yo‘riqlari bel-gilab olinishi lozimligi e’tiborda tutilmog‘i lozim. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi shartnomalar odatda namunaviy kontraktlar asosida, tomonlar o‘zaro kelishib belgilaganda yozma shaklda tuzilishi lozim bo‘ladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatda ko‘proq qo‘llaniladigan shartnomalar – oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish, pudrat, yuk tashish, listenziya, vositachilik shartnomalari hisoblanadi. Bunday kontraktlarning mazmunini uning tarkibi, taraflarning o‘zaro majburiyatlari hajmi, to‘lov shartlari, yetkazib berish shartlari, suғurtalash shartlari, texnik jihozlash shartlari, kontrakt shartlarini buzganlik uchun javobgarlik sankstiyalari tashkil etadi. Shartnomalarda (ayniqsa oldi-sotdi shartnomalarida) halqaro amaliyotda tarkib 1414 //www.ui.usm.ru topgan va keng qo‘llaniladigan “Savdo atamalari” (Inkotermes-2000)dan foydalanmoq lozim (Masalan, SIF, FOB, va boshqa terminlar). Shartnomada tomonlar javobgarligi, nizolarni hal etish tartiblari va boshqa muhim xususiyatlar batafsil aks ettirilmog‘i lozim. Import va eksport kontraktlari belgilangan tartibda davlatning vakolatli organlarida qayd etilishi hamda hisobga olinishi lozim. Xalqaro savdo-iqtisodiy shartnomalar yuzasidan hisob-kitob qilish shakllari va tartiblari shartnoma taraflari o‘zaro kelishuviga ko‘ra shartnomada belgilab qo‘yiladi. Amalda ko‘proq valyuta tovar narxining valyutasi bilan mos kelmasligi mumkin. Shuning uchun kontraktda qanday pul bozorining pul kursidan to‘lashda foydalaniishi ko‘rsatiladi. Bunda bank orqali pul ko‘chirish, inkasso, hujjatli akkreditiv kabi shakllardan keng foydalaniladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatga oid shartnoma munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni hal etilishi tomonlar kelishib belgilaydigan tartibda muayyan milliy huquqiy tizim asosida yoki xalqaro vositalardan foydalanilgan holda hal etiladi. O‘zbekiston Respublikasi subyektlari bilan tuzilgan tashqi iqtisodiy faoliyat kontraktlari bo‘yicha nizolar kelib chiqqan hollarda O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik sudlari tomonidan ham ko‘rib chiqilishi O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik prostessual kodeksi normalarida o‘z ifodasini topgan. Xalqaro amaliyotda bunday nizolarni hal etuvchi xalqaro arbitraj organlari tizimi tarkib topgan. Kontraktda mana shunday arbitrajlardan yoki boshqa xohlagan hakamlik sudlari nizolarni hal etilishi uchun tanlanishi mumkin. Amaliyotda shunday organlardan Stokgol’m shahri Savdo palatasi qoshidagi arbitraj, Parijdagi xalqaro savdo palatasi qoshidagi Arbitraj sudi, London xalqaro hakamlar sudi kabilar nizolar hal qilinishida ko‘proq qo‘llaniladi. Respublikamizda nizolar hal qilinishida muhim bo‘lgan, Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligiga a’zo va boshqa davlatlarning xo‘jalik, iqtisodiy va arbitraj sudlari hal qiluv qarorlari, xorijiy davlatlar arbitraj va hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari xo‘jalik sudlarining ijro hujjatlari qatoriga kirishini nazarda tutuvchi "Xo‘jalik sudlarining hujjatlari ijrosini amalga oshirish tartibi to‘ғrisida "gi Yo‘riqnoma ham qabul qilingan. Ushbu hujjatga binoan boshqa davlatlar arbitraj sudlari tomonidan qabul qilingan qarorlari ham qonunchilikda belgilangan tartibda ijro etiladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni huquqiy tartibga solishning obyekti bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida mahsulotlarni eksport va import qilish bo‘yicha yuzaga keladigan hamda boshqa mamlakat hududida xizmatlar ko‘rsatish va ish bajarish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar hisoblansa, tashqi iqtisodiy faoliyat obyektlari deganda oldi-sotdi yoki ayriboshlash mumkin bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar), har qanday mol-mulk, shu jumladan qimmatbaho qoғozlar, valyutalar va valyuta qimmatliklari, elektr, issiqlik energiyasi va energiyaning boshqa turlari, transport vositalari, intellektual mulk obyektlari tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida” gi qonuniga ko‘ra mamlakatimizda jismoniy shaxslar ham tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari bo‘la olishi belgilangan bo‘lib, ular tomonidan xorijiy mamlakatlarning yuridik va jismoniy shaxslari hamda xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali iqtisodiy munosabatlar o‘rnatilib mamlakatimiz iste’mol bozorining to‘ldirilishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Aynan jismoniy shaxslarning tashqi iqtisodiy faoliyat sub’-ektlari sifatida faoliyat ko‘rsatishi uchun yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishi lozimligi qonun hujjatlarida belgilangan. Davlat ro‘yxatidan o‘tma-gan holda bunday faoliyat bilan shug‘ullanish ta’qiqlanadi. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas. O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining ushbu qonunda belgilangan huquqlarini buzuvchi hujjatlar qabul qilgan taqdirda, ularga etkazilgan zararning o‘rni qonun hujjatlariga muvofiq qoplanadi. Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi o‘z huquqlari va manfaatlariga daxldor bo‘lgan va maxfiy tusda bo‘lmagan axborotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat organlaridan olishga haqlidir. O‘zbekiston RespublikasiSavdo-sanoat palatasi huzurida Xalqaro tijorat arbitraj sudi 2010- yilning 6- sentyabr kuni tashkil etildi. O‘zbekiston RespublikasiSavdo- sanoat palatasi huzurida Xalqaro tijorat arbitraj sudining Reglamenti va Nizomi ishlab chiqilib tasdiqlandi. O‘zbekiston RespublikasiSavdo-sanoat palatasi huzurida Xalqaro tijorat arbitraj sudida xorijiy tadbirorlik subyektlari, mahalliy tadbirkorlik subyektlari ishtirokidagi xo‘jalik nizolari ko‘rib chiqilishi mumkin. Xalqaro tijorat arbitraj sudi sudloviga tegishli bo‘lgan nizolar kelib chiqqan taqdirda O‘zbekiston RespublikasiSavdo-sanoat palatasi huzurida Xalqaro tijorat arbitraj sudiga murojaat etish mumkin. Murojaatlar uchun O‘zbekiston RespublikasiSavdo-sanoat palatasining “Yuridik ekseprtiza va tadbirkorlikni huquqiy ximoya qilish bo‘limi”ga murojaat qilishingiz mumkin. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling