O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro tijorat arbitraji sudi
Download 19.21 Kb.
|
Assignment. Murodov.D, 1-1a-18
- Bu sahifa navigatsiya:
- OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI NOMIDАN HАL QILUV QАRORI Toshkent shahri 2021 yil 12 sentyabr 3-9-997/104-sonli ish
- Qaror qildi:
- Xalqaro tijorat arbitraji yakka tartibdagi sudyasi: A.Ahmedov
O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro tijorat arbitraji sudi
OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI NOMIDАN HАL QILUV QАRORI Toshkent shahri 2021 yil 12 sentyabr 3-9-997/104-sonli ish O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro tijorat arbitraji sudi yakka tartibdagi sudyasi А.Ahmedov raisligida, sudya katta yordamchisi K.Karimov kotibligida, taraflardan: Sotuvchi vakili M. (2021 yil 10 maydagi 5340-sonli ishonchnoma), Xaridor vakili R. (2021 yil 15 fevral 4765-sonli ishonchnoma) ishtirokida, Sotuvchi (Polsha) ning Xaridor (O’zbekiston) dan 40 000 yevro miqdorida asosiy qarz, shartnomaning 2% miqdorida boy berilgan foydani undirish haqidagi da’vo arizasi hamda Xaridorning Sotuvchidan 40 000 yevro miqdoridagi 14%lik qayta moliyalash stavkasi boʼyicha qarshi daʼvo arizasini ochiq sud majlisida koʼrib chiqib, quyidagilarni aniqladi: Sotuvchi (Polsha) (matnda daʼvogar deb yuritiladi) bilan Xaridor (Oʼzbekiston) (matnda javobgar deb yuritiladi) oʼrtasida 2021 yil 10 yanvar sanasida 101-sonli mahsulot yetkazib berish boʼyicha import shartnomasi tuzilgan. Unga ko’ra, da’vogar nusxa ko’chirishdan himoyalavchi gologramma tasmalarini CIP Tashkent (Inkoterms 2020 ) (Carriage and Insurance paid to Tashkent) bo’yicha javobgarga yetkazib berishni, javobgar esa mazkur mahsulotlarni qabul qilib olib shartnomada belgilangan muddatlarda to’lovlarni amalga oshirishi belgilangan. Shartnoma birinchi bandiga ko’ra shartnomaning umumiy summasi 60 000 yevro qilib belgilangan. Shartnoma ikkinchi bandiga asosan da’vogar javobgarga shartnomada belgilangan muddatlarda sifatli mahsulotlarni yetkazib berish majburiyatini olgan. Shartnoma boʼyicha mahsulotni yetkazib berish quyidagi partiyalarda amalga oshirish belgilangan: - Birinchi partiya Xaridor buyurtma berganidan soʼng 13 hafta ichida yetkazib beriladi; - Ikkinchi partiya Xaridor buyurtma berganidan soʼng 4-7 hafta ichida yetkazib beriladi. Shartnoma uchinchi bandida yetkazib berilgan tovarlar kafolat muddati 6 oy etib belgilangan. Shartnoma to’rtinchi bandida qabul qilingan tovarlar bo’yicha har qanday shikoyat xaridor tomonidan sotuvchiga elektron pochta orqali yuborilishi va sotuvchi tomonidan ushbu shikoyatni qabul qilganligi tasdiqlash orqali amalga oshirilishi belgilangan. Shartnomada nizo kelib chiqqanda qo’llaniladigan huqu sifatida 1980-yilgi Tovarlar xalqaro oldi-sotdisi to’g’risidagi Vena konvensiyasi tanlangan. Daʼvogar oʼz shartnomaviy majburiyati bajarib, 2021 yil 9 fevral sanasida javobgarga mahsulotlarning birinchi partiyasi 2000 metr tasmali himoya mahsulotlarini toʼliq yetkazib bergan. Lekin javobgar shartnomada ko’rsatilgan o’z majburiyatlarini bajarmaganligi uchun da’vogar javobgar joylashgan hududdagi arbitraj sudiga javobgardan 40 000 yevro asosiy qarz va 2% lik miqdorda boy berilgan foydani undirib berishni so’ragan. O’z navbatida javobgar ham qarshi da’vo arizasi kiritib, shartnoma bekor qilingan vaqtdan boshlab ishlab chiqarish to’xtaganligi bois O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan 14% lik qayta moliyalash stavkasi asosida javobgarga to’langan 40 000 yevro miqdoridagi summani da’vogardan undirishni so’ragan. Sud majlisida daʼvogar vakili oʼz daʼvo talabini quvvatlab, daʼvogar shartnomada koʼrsatilgan talablar boʼyicha javobgarga mahsulotlarning birinchi partiyasini to’liq yetkazib berganligini, shartnoma boʼyicha qolgan 40 000 yevro miqdoridagi mahsulotlarni yetkazib berish uchun tayyorlab qoʼyilganligini bayon qilib, daʼvo arizada koʼrsatilgan daʼvo talabini toʼliq qanoatlantirishni, javobgarning vajlari asossizligini bildirib, uni qanoatlantirishni rad qilishni soʼradi. Sud majlisida javobgar vakili oʼz daʼvo talabini quvvatlab, ishlab chiqarishning toʼxtab qolgani va oʼz mahsulotini sotish imkoniyati yoʼqligini bayon qilib, daʼvo arizida koʼrsatilgan daʼvo talabini toʼliq qanoatlantirishni, da’vogarning vajlari asossizligini bildirib, uni qanoatlantirishni rad qilishni soʼradi. Taraflar o’rtasida arbitrajda foydalaniladigan til kelishilmaganligi sababli, arbitraj sudyasi rus tilini arbitrajda foydalaniladigan til sifatida belgilaydi. Arbitraj sudi ishda ishtirok etgan taraflar vakillarining tushuntirishlarini eshitib, ish hujjatlarini oʼrganib, quyidagilarga asosan daʼvogarning daʼvo talabini rad etishni, javobgarning qarshi daʼvo arizasini qisman qanoatlantirishni, sud xarajatlarini da’vogardan undirishni lozim topadi: 1980-yilgi Tovarlar xalqaro oldi-sotdisi to’g’risidagi Vena konvensiyasi 35-moddasi 2-qismi c bandiga ko’ra, sotuvchi tovarni namunadagidek sifatli yetkazib bermaganligi uchun xaridor oldida javobgar bo’ladi, bundan xaridorning ushbu sifatsizlikni oldindan biliganlik holati istisnodir. Ushbu konvensiyaning 73-moddasi 3-qismiga ko’ra, xaridorga yetkazib berilayotgan tovarlarning belgilangan maqsadlarda ishlatilish uchun yaroqsizligi ma’lum bo’lsa, yetkazib berilayotgan tovarlar partiyasini to’xtatishni va bir vaqtning o’zida shartnomani bekor qilishni e’lon qilishi mumkin. Konvensiyaning 74-moddasida tomonlardan biri tomonidan shartnomani buzganlik uchun ko'rilgan zararlar shartnomani buzish natijasida boshqa taraf ko'rgan zararga, shu jumladan yo'qotilgan foydaga teng miqdorni tashkil etadi. Bunday yo'qotishlar shartnomani buzgan tomon o'sha paytda bilgan yoki bilishi kerak bo'lgan holatlarni hisobga olgan holda, uning buzilishining mumkin bo'lgan oqibati sifatida shartnomani tuzish paytida oldindan ko'rgan yoki ko'rishi kerak bo'lgan zarardan oshmasligi kerakligi belgilangan. Javobgar tomonidan birinchi partiya mahsulot qabul qilingan vaqtda uning belgilangan maqsadlarda ishlatib bo’lmasligi aniqlangan, va da’vogarga ushbu kamchiliklar haqida hamda qolgan partiya mahsulotlarini ishlab chiqarmasligi to’g’risida xabar yuborgan. Xabar da’vogar tomonidan qabul qilingan va javobgarga yuborilgan partiya summasini (20 000 yevroni) to’lashni talab qilgan. Javobgar ushbu partiyaga oldindan buyurtma berib qo’yganligi uchun ushbu summani da’vogarga to’lab bergan. Biroz vaqt o’tgach da’vogar qolgan partiyani ham tayyorlab qo’yganligini va javobgar unga 40 000 yevro to’lashi kerakligi aytgan. O’z navbatida javobgar keyingi partiyaga buyurtma bermaganligi aytib ushbu summani to’lashdan bosh tortgan. Shu bois javobgar tomonidan toʼlovlarning bir qismini toʼlamaganligi tufayli mazkur shartnomaviy nizo kelib chiqqan. Shartnomaning tovarlar yetkazib berish bandiga ko’ra, tovarlar xaridor buyurtma bergandan keyingina yetkazilib berilishi nazarda tutilgan. Ushbu vaziyatda arbitraj sudi xaridor tomonidan shartnoma talablariga asosan keyingi partiya uchun buyurtma berilmaganligi sababli daʼvogarning daʼvo talablarini toʼliq rad etishni va javobgarning qarshi daʼvo arizasini qisman qanoatlantirishni lozim topadi. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy-protsessual kodeksi 118-moddasida sud xarajatlari sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda yuklanishi belgilangan. Qayd etilganlarga asoslanib arbitraj sudi, daʼvogarning daʼvo talabini rad etib, toʼlangan pochta xarajati toʼlovi va davlat bojini oʼz zimmasida qoldirishni, qarshi daʼvo ariza boʼyicha toʼlangan 25.200 soʼm pochta xarajati toʼlovi va 800 yevro davlat bojini javobgar foydasiga daʼvogardan undirishni lozim topdi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, 1980-yilgi Tovarlar xalqaro oldi-sotdisi to’g’risidagiVena konvensiyasi 35-, 73-, 74-moddalari, O’zbekiston Respublikasi IPK 118-moddasi, O’zbekiston Respublikasi “Xalqaro tijorat arbitraji to’g’risida” gi qonuni 44-, 47-, 50-moddalarini qo’llab, arbitraj sudi Qaror qildi: Da’vogarning da’vo talablari to’liq rad etilsin; Sud xarajatlari da’vogar zimmasiga qoldirilsin; Javobgarning qarshi da’vo arizasi qisman qanoatlantirilsin; Da’vogar hisobidan javobgarga 14% lik bank foizi, 800 yevro davlat boji, 25.200 so’m pochta xarajatlari undirilib berilsin. Arbitraj sudi hal qiluv qarori ustidan “Xalqaro tijorat va arbitraj to’g’risida” gi qonunning 50-moddasida belgilangan tartib bo’yicha sudga shikoyat qilinish mumkin. Xalqaro tijorat arbitraji yakka tartibdagi sudyasi: A.Ahmedov Download 19.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling