Xаlq dаvlаt idorаlаrigа emаs, dаvlаt idоrаlаri xаlqimizgа xizmаt qilishi kеrаk - Xаlq dаvlаt idorаlаrigа emаs, dаvlаt idоrаlаri xаlqimizgа xizmаt qilishi kеrаk. 2017-yil 12-dekabrda Prezidentimizning “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi va ushbu hujjat asosida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tashkil etildi. Bu ham, albatta, aholiga barcha sohalarda qulay imkoniyatlar yaratish, ortiqcha ovoragarchiliklarga barham berish yo‘lida tashlangan yana bir muhim qadamdir. Ilgari “Yagona darcha” tizimi faqatgina tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatib kelgan bo‘lsa, endilikda oddiy fuqarolarga ham davlat idoralari bilan bog‘liq ishlarda ushbu tizim orqali xizmat ko‘rsatish maqsad qilindi. Natijada aholiga eng zarur va talab yuqori bo‘lgan davlat xizmatlarini “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatish uchun mamlakatimizning barcha shahar va tumanlarida Davlat xizmatlari markazlari tarmog‘i vujudga keldi.
- Qisqa fursatda respublikamizdagi har bir tuman va shaharda Davlat xizmatlari markazlari tashkil qilindi. 2018-yil boshida ushbu markazlarda aholiga qariyb 30 turdagi xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, 1-apreldan e’tiboran bunday xizmatlar soni 50 tadan ortdi. Iyun oyidan boshlab esa ular qatoriga yana 30 dan ortiq xizmat turlari qo‘shildi. Bu odamlarning qimmatli vaqtlarini tejash bilan birga, ortiqcha sarf-xarajatlarning oldini olish imkonini ham bermoqda. Misol uchun, yoshlar oila qurganda nikohni qayd etishi, farzand dunyoga kelganda unga guvohnoma olish, bolalarni bog‘chaga joylashtirish, mashinani boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasini olish yoki yangisiga almashtirish kabi kundalik hayotimizda ko‘p bora duch keladigan ishlar endilikda Davlat xizmatlari markazida hal etib beriladi. Buning uchun turli idoralarga qatnashga, uzoq vaqt kutishga endi hojat yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |