O’zbekiston respublikasioliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Taraqqiyot va yuksak rivojlanishga erishgan davlatlar


Download 288.67 Kb.
bet5/8
Sana24.02.2023
Hajmi288.67 Kb.
#1226199
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
tarix

Taraqqiyot va yuksak rivojlanishga erishgan davlatlar

  • Taraqqiyot va yuksak rivojlanishga erishgan davlatlar tajribasiga ko’ra, har bir xalq o’z oldiga ulug’ va istiqbol maqsadlarni qo’yishi hamda uni amalga oshirish salohiyatlari bilan jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallaydi. Bugun O’zbekiston ham o’z tarixining ana shunday mas’uliyatli chorrahasida turibdi, desak, mubolag’a bo’lmaydi. Binobarin, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi istiqbolimiz taqdirini hal etuvchi muhim va yangi davr bosqichini ifodalovchi milliy g’oyaga aylanmoqda.

Strategiya

  • Strategiya - bu ta’limotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi bo’lib, u izchillik bilan va to’liq amalga oshirilganda uzoq muddatli muvaffaqiyatni ta’minlaydi.
  • XXI asrga kelib strategiya tushunchasi ancha kengaydi. Strategiya deb, dunyo miqyosida va davlat ichki hayotidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hamda boshqa sohalarda vujudga kelgan inqiroziy vaziyatlarni prognozlashtirish va bartaraf etishga qaratilgan boshqaruvni tashkil etish masalalariga doir tushunchalarni qamrab oladi. Shundan kelib chiqib, davlat strategiyasi bir biri bilan o’zaro bog’liq, lekin alohida xususiyat kasb etuvchi ko’plab tushunchalarda ifodalanadi.

Strategiyaning mohiyati

  • Strategiyaning mohiyati taktik vazifalarni belgilashdan iborat. Siyosat, strategiya va taktika - strategik rahbarlik va boshqaruv jihatlari bilan bog’liq uchta mustaqil kategoriyadir. Ularning farqi shundan iboratki, strategiya tasdiqlangan va amalga oshirish uchun qabul qilingan bo’lsa, uning joriy qilinishi strategiyalashtirilayotgan obyektning mayog’iga aylanadi. Taktika esa strategik vazifalarni amalga oshirish bo’yicha kundalik, oylik va yillik (joriy) rejalarni va ularning yechimi bo’yicha tadbirlarni taqozo etadi. Siyosat — bu strategiya va taktikani yagona samarali amal qiluvchi tizimga agregatsiya va integratsiya qilinishidir.

Download 288.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling