O'zbekiston Respublilasi Xalq ta'limi vazirligining 2021-yil l3-oktabrdagi
Download 54.26 Kb.
|
tabiiy fan metod birlashma hisobot
O'zbekiston Respublilasi Xalq ta'limi vazirligining 2021-yil l3-oktabrdagi 04/3-l44 sonli xati,Toshkent viloyati Xalq ta'lim boshqarmasining 2021 yil oktyabrdagi 02-02/2-621-sonli xati yuzasidan HISOBOT Jamiyatimizda ekologik bilimga ega bo'lgan o'quvchi yoshlarni tarbiyalash, ular ongida amaliy ko'nilirnalarini shakllantirish, biologik xilma-xillikni asrab-avaylash hamda "Xalqaro qishloq xo'jaligi mahsulotlari kuni" munosabati bilan Ohangaron shahar 2- IDUM ning Tabiiy fanlar metod birlashmasi tarkibidagi kimyo ,biologiya, geografiya va fizika fanlari doirasida tashkil qilindi. Bunda georafiya fanidan Shadiyeva Hilola " O'rta Osiya tog’lari iqlimi” mavzusida, fizika fani o’qituvchisi Poshaxo’jayeva S. tamonidan “Elektr maydon .Elektr zaryad “ mavzusida , biologiya fani o’qituvchisi Allaberdiyeva G. “Irsiyat va o’zgaruvchanlik” mavzusida, kimyo fani o’qituvchisi “Uglevodlarning tabiiy manbalari. Neft va neftni qayta ishlash mahsulotlari.” mavzusida qiziqarli va noan’anaviy darslarni tashkil qilishdi. O’quvchilarga ekalogiyaning hozir holati haqida uni asrab avaylashda har birimiz hissamizni qo’shishimiz kerak ekanligini va buning uchun nimalar qilishimiz kerakligini ochiq darslar misolida o’quvchilarga uqtirildi. Tabiiy fanlar metod birlashma raxbari: Mansurxanova G.Sh. Ohangaron shahar 2-IDUM ning Tabiiy fanlar metod birlashma yig’ilishi ___. ___. 2021-yil BAYYONI № ___ Metod birlashma yig’ilishiga tabiiy fanlar o’qituvchilar olti nafar qatnashdilar Uslub birlashma raisi: Mansurxanova G.Sh. Kotiba: Abduqodirova D. KO’RILADIGAN MASALALAR. Al-Xorazmiy nomli fan olimpiadasi natijalarini tahlil qilish. II-chorak yakuni natijalarini taxlil qilish. Na’munali ochiq darslarni muhokama qilish. ESHITILDI: Birinchi masala yuzasidan metod birlshma rahbari Mansurxanova G.Sh. so’z olib 2021-2022 o’quv yilida maktabimizda kimyo,biologiya fizika fanlardan shahar bosqichida ishtirok etgan o’quvchilar va ularning natijalari haqida ma’lumot berdi.Unda maktabimizning eng bilimdon o’quvchilar qamrab olinganligi va adolatli o’tkazilganligi alohida ta’kidlab o’tdi. Natijalar esa o’qib eshittirildi. Kimyo fanidan 7”D”-sinf o’quvchisi Abduraxmonova S. II o’rin olganliklari ta’kidlandi. Ikkinchi masala bo’yicha II-chorak yakuniy hisobatlari bo’yicha Mansurxanova G. so’zga chiqib, o’quvchilarning fanlar bo’yicha o’zlashtirishlari haqida ma’lumotlar berildi, fikirlar almashildi. Uchinchi masala bo’yicha Abduqodirova Dilnoza so’zga chiqib rejadagi ochiq darslar haqida gapirdi. Bunda geografiya o’qituvchisi Shadiyeva Hilola , biologiya o’qituvchisi Allaberdiyeva Guljahon, kimyo fani o’qituvchisi Mansurxanova Gulsanam fanlar bo’yicha ochiq darslarni to’g’ri tashkil etishgani va ularning ichidan kimyo fani o’qiyuvchisi Mansurxanova Gulsanam ochiq darsida yangi metodlarni qo’llaganligi va bu metodlar tanlangan mavzuga mosligi, bu metod yordamida mavzuni o’quvchilar yanada tushunishi va eslab qolishga hizmat qilganini takidlab o’tdi. Tanlangan metodlar hozir kun o’quvchilarini kreativ fiklash doirasini oshirishga, shaxsiy fikrga ega bo’lishiga hizmat qilishi aytib o’tildi. Bir ovozdan metod birlashma a’zolari kimyo fani o’qituvchisi Mansurxanova Gulsanam Shavkat qizining “Uglevadarodlarning tabiiy manbaalari. Tabiiy gaz va toshko’mir “ mavzusidagi bir soatlik ochiq darsini maktab miqyosida ommalashtirish taklifini bildirishdi. Yig’ilish a’zolari yuqoridagi eshitilgan masala yuzasidan QAROR QILADI; “Al-Xorazmiy nomli fan olimpiadasi” shahar bosqichida ikkinchi o’rinni olgan o’quvchilarni viloyat bosqichida ishtirokini va alohida tayyorgarliklarni ta’minlash fan o’qituvchilari zimmasiga yuklatilsin. II-chorak bo’yicha o’zlashtirish darajasi nisbatan pastroq sinflar va o’quvchilarga III-chorakda fanlarni o’zlashtirish uchun alohida yondashilsin. Kimyo fani o’qituvchisi Mansurxanova Gulsanam Shavkat qizining “Uglevadarodlarning tabiiy manbaalari. Tabiiy gaz va toshko’mir “ mavzusidagi bir soatlik ochiq darsida turli xil yangi va zamonaviy metodlar bilan darsni to’g’ri tashkil qilganligi uchun maktab miqyosida ommalashtirilsin. Metod birlashma raisi: Mansurxanova G.Sh. Kotiba: Abduqodirova D. Download 54.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling