O'zbekiston Respublilasi Xalq ta'limi vazirligining 2021-yil l3-oktabrdagi


Download 54.26 Kb.
bet2/3
Sana20.06.2023
Hajmi54.26 Kb.
#1632864
1   2   3
Bog'liq
tabiiy fan metod birlashma hisobot

Ohangaron shahar 2-IDUM ning Tabiiy fanlar metod birlashma yig’ilishi
___. ___. 2022-yil BAYYONI № ___
Metod birlashma yig’ilishiga tabiiy fanlar o’qituvchilar besh nafar qatnashdilar
Uslub birlashma raisi: Mansurxanova G.Sh.
Kotiba: Abduqodirova D.
KO’RILADIGAN MASALALAR.
1.Geograhiya va iqtisod fan oyligi yakunlari taxlil qilish
2.III-chorak yakuni natijalarini taxlil qilish.
3. Fan o’qituvchilarning attestatsiyaga tayyorgarligini taxlil qilish.
ESHITILDI:
Birinchi masala yuzasidan geograhiya va iqtisod fani o’qituvchisi so’zga chiqdi va fan oyligi bo’yicha o’tkazilgan tadbirlar, ochiq darslar, qiziqarli mashg’ulotlar yuzasidan hisoboti tinglandi. Unga ko’ra fan oyligi davomida “Fan oyligi ochilish marosimi” ko’taringi kayfiyatda shahar metadisti Qurbonova D. bilan birgalikda o’tganligi
ta’kidlandi.O’quvchilar orasida “Mening tadbirkorlik g’oyam “ mavzusida o’tkazilgan insholar tanlovi kata qiziqish uyg’otdi. 5-A va 5-B sinflarda “Shamol” mavzusidaochiq darslar tashkil etildi. Abdiraimova Shaxnoza 7-E sinfida “Jizzax viloyati” mavzusida ochiq darsni yangi metodlarga asoslangan holda qiziqarli tashkil qildi.
Ikkinchi masala bo’yicha III-chorak yakuniy hisobatlari bo’yicha Mansurxanova G. so’zga chiqib, o’quvchilarning fanlar bo’yicha o’zlashtirishlari haqida ma’lumotlar berildi, fikirlar almashildi.
“Al-Xorazmiy nomli fan olimpiadasi” shahar bosqichida kimyo fanidan ikkinchi o’rinni olgan o’quvchi 7-D sinf o’quvchisi Abduraxmonova Sitora viloyat bosqichida ishtirok etib qaytdi. Iqtisod fanidan Tursunova Fotima shaxarda 1 ôrinni egallab viloyat bosqichida 17.1 ball bilan 4 orinni oldi.
Xalq ta’limi vazirligi tamonidan qishki ta’til 24-yanvargacha uzaytirilganligi sababli, barcha to’garaklar onlayn tashkil etildi vazifalar o’z vaqtida tashlab borilidi va anzoratga olindi. Bunda Xalq Ta’lim bo’limi tamonidan tashkil qilingan “Eng yaxshi to’garak video darsi” tanlovida Mansurxanova G.Sh. o’zing tayyorlagan qiziqarli tajribasi bilan qatnashdi.
Qishki ta’til kunlarini maroqli o’tkazish maqsadida fan oyligimiz doirasida o’qituvchilar orasida “Zakovat” intelektual o’yini tashkil qilindi. Unda maktabimizdagi direktorimizdan tortib qolgan barcha ustozlarimiz faol qatnashdilar.
Respublika maxsus kamissiyasining qaroriga ko’ra barcha ta’lim yo’nalishlari masofaviy ta’limga o’tganligi sababli, darslarimizni o’z vaqtida o’nlayn darslar yaratib vaqtida yetkazib bormoqdamiz. Fan oyligimiz doirasida Tabiiy fan o’qituvchilarimiz onlayn ochiq dars video roliklarini yaratib, o’quvchilarga yetkazildi.
Uchinchi masala bo’yicha metod birlshma rahbari Mansurxanova G.Sh. so’z olib 2021-2022 o’quv yilida maktabimizda kimyo,biologiya fizika, geografiya va iqtisod fanlari o’qituvchilarining malaka toifasini oshirish maqsadida o’tkazilishi kuzatilayotgan attestatsiya test sinovlarida faol qatnashish kerakligi va kuchli tayyorgarlik ko’rishlari kerakligi to’g’risida ogohlantirildi.
Yig’ilish a’zolari yuqoridagi eshitilgan masala yuzasidan
QAROR QILADI;

  1. Geografiya va iqtisod fani oyligi yuzasidan olib borilgan ishlar qoniqarli deb topilsin. Fan oylik yuzasidan hisobotlar tayyorlab metod birlashmaga topshirish Shadiyeva Hilola zimmasiga yuklatilsin

  2. III-chorak bo’yicha o’zlashtirish darajasi nisbatan pastroq sinflar va o’quvchilarga IV-chorakda fanlarni o’zlashtirish uchun alohida yondashilsin.

  3. Kimyo,biologiya fizika, geografiya va iqtisod fanlari o’qituvchilarining malaka toifasini oshirish maqsadida o’tkazilishi kuzatilayotgan attestatsiya test sinovlarida faol qatnashish taminlansin.

Metod birlashma raisi: Mansurxanova G.Sh.


Kotiba: Abduqodirova D.



Download 54.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling