O’zbekiston respublkasi xalq ta’limi vazirligi farg’ona viloyatixalq ta’limi xodimlariniqaytatayyorlash va ularning malakasiniosfflresh hududiy markazi
Download 81.26 Kb.
|
alisher navoiy gazallarida xalq hikmatlarining maqol matal ibora
Irsoli masal – arabchaso`z bo`lib, “maqol keltirish”degan ma`nolarni bildiradi.
She`riyatimiz tarixida juda ko`p ishlatiladigan bu san`at haqida mumtoz poetikaga doir manbalarda ma`lumot berilgan. Ulardagi ta`riflarni umumiy qilib bu san`atga shunday ta`rif berish mumkin: "Irsoli masal gapda yoki she`rda maqol, matal va hikmatli so`zlarni muayyan maqsadda tamsil yo`li bilan ishlatish san`atidir". "Qutadg`u bilig" va "Hibbatul-haqoyiq" asarlarida bu san`atning mahorat bilan ishlatilganligini ko`rishimiz mumkin. She`riyatimiz tarixida maqol, matal va hikmatli iboralarning poetik maqsad uchun ishlatilishida asosan uchta muhim xususiyat ko`zga tashlanadi:
Keltirilgan maqol yoki matalga "masaldur" yoki "masaldurkim" so`zi yordami bilan aniq ishora qilinadi. Maqol yoki matal hech qanday o`zgarishsiz keltiriladi. Maqol yoki matalning mazmuni singdiriladi. So`z ko`rki - maqol, - deydi dono xalqimiz. Har bir so`z (maqol) tilimiz ko`rkini, nutqimiz nafosatini, aql-farosat va tafakkurimiz mantiqini belgilaydi. Xalq maqollarida xalqning turmush tarzi, ma`naviy qiyofasi, dunyoqarashi, mehnatga, insonga, hayotga, tabiatga munosabati to`liq o`zifodasini topgan. Ma`naviyatni, milliy an`analar va qadriyatlarni, Ya`ni bunyodkor g`oyalarni o`quvchilar qalbiga singdirishda maqol, hikmatlarning tarbiyaviy ahamiyati kattadir. Maqol va hikmatlarning kishilik jamiyati hamda har bir inson hayoti uchun naqadar qimmatli a amiyatga molik ekanligini jahon donishmandlari qadim-qadimdan e`tirof etib qayta –qayta uqdirib kelganlar. «Barcha kishining kuchi ovqatdandir, aqlning kuchi hikmatdandir» (Aristotel), «Agar aqlni bilishni istasang, hikmat o`rgangilki, aql hikmat bilan kamol topadi» (Kaykovus), «Men Qadimgi donishmandlarning bizga qoldirib ketgan aql durdonalarini ko`zdan kechirgan, agarda biz ulardan nimadir yaxshi narsaga duch kelsak uni o`zlashtirib olamiz va juda katta foyda ottirgan bo`lamiz» (Suqrot), Folklorning yozma adabiyotga ta`siri masalalari Alisher Navoiy zamonida qanday dolzarb ahamiyatga ega bo`lsa, bugun ham xuddi shunday. Alisher Navoiyning barcha asarlarida biz folklorga ijodiy yondashuvni, milliylikka suyanib, umumbashariy qadriyatlar ulug`langanini kuzatamiz. Bu an`ana Navoiy, Bobur zamonidan so`ng Abdulla Qodiriydan to bugungi kunda ijod etayotgan adiblarimizgacha, Cho`lpondan to zamonamiz shoirlarining Izlanishlarida ham u yoki bu darajada davom etayapti. Faqat bizda emas, dunyo adabiyotida ham shu hol kuzatilmoqda. Aytish mumkinki, so`nggi yuz yillikda adabiyotda folklorga qayta yuzlanish davri boshlandi. Folklor har bir ijodkorga o`z yo`li, uslubi, o`zligini, o`q tomir ildizini topishga yordam beradi. Xalqning ijodkorlik dahosini ulug`lagan va e`zozlagan Navoiy xalq poetic ijodiyotiga yanadaa ko`proq e`tabor va ahamiyat berar edi. U xalq poetic ijodiyotini nihoyatda sevgan, uni qadrlagan, xalq poeziyasining rang-barang boyliklaridan ijodiy foydalangan, xalq she`riyatining ayrim tur va xususiyatlarini tadbiq qilgan, ta`rif va tavsif etgan. O`zbek mumtoz adabiyoti va folklore muammolarining ko`p masalalari ulug`o`zbek shoiri va mutafakkiri A.Navoiy ijodida mujassamlanadi. Chunki Alisher Navoiy o`zbek mumtoz adabiyoti, o`zbek adabiy tilining asoschisi edi. Uning faoliyati xalqqa muhabbat,unga xizmat qilish,xalq san`ati boyliklarini,uning tilini ardoqlash va xalqchashmalaridan ijodiy foydalanishning yuksak va yorqin timsolidir. Bunday ulug` siymoning xalq qalbidan mangu o`rin olishi, uning oily hurmatiga sazovor bo`lish va xalq ijodiga samarali ta`sir etishi ham tabiiydir. Alisher Navoiy xalqning qissa va ertaklariga salaflari va zamondoshlari kabi katta e`tabor bergan, ulardan bahramand bo`lgan. Xalq poetik ijodiyotiga tuganmas ma`naviy va badiiy xazina deb qarab, unga doim murojaat qilar, xalq asarlarining syujet va kompozitsiyasidan, obrazlar tizimi va san`atkorlik sirlaridan o`rganar , ilhom olaredi. Navoiy xalq poetic ijodiyotini bilmagan yoki mensinmagan xalq she`riyatidan ta`lim va bahra olmagan nozimlarni qattiq qoralaydi, tanqid qiladi. Ulug` mutafakkirs shoir Alisher Navoiydan Sharq mumtoz adabiyotining barcha janrlariga oid juda katta hajmdagi boy meros yetib kelgan. Ulug` mutafakkir ijodiga ta`sir qilgan omillardan biri xalq og`zaki ijodidir. Navoiy o`z qahramonlarining jamiyat va jamiyat a`zolari anglab yetmagan kechinma, holat va ishqiy tug`yonlarini poetiklashtirishda folklorga murojaat qilgan. Jonli manzara, jonli tasvirlar yaratgan. O`zbek mumtoz adabiyotida maqollar asosan g`azal baytida ifodalangan fikrni asoslash yoki chog`ishtirish uchun qo`llanilgan, natijada, misralarning soda va ravon o`qilishga, qolaversa, nutqiy ta`sirchanlikka erishilgan. Jumladan, Alisher Navoiy xalq maqollaridan g`azal baytining dastlabki misrasidagi fikrni ta`kidlash va tasdiqlash uchun keng foydalangan. Masalan: Chun Navoiy ko`ngli sindi emdi lutfung ne osig„,
Download 81.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling