O’zbekiston respublkasi xalq ta’limi vazirligi farg’ona viloyatixalq ta’limi xodimlariniqaytatayyorlash va ularning malakasiniosfflresh hududiy markazi


Download 81.26 Kb.
bet2/27
Sana30.11.2021
Hajmi81.26 Kb.
#178027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
alisher navoiy gazallarida xalq hikmatlarining maqol matal ibora

KIRISH

MAVZUNING DOLZARBLIGI

Ona tili milliy madaniyatning oynasi, uni saqlovchi xazina hamdir.

Har bir xalq yashayotgan joyining tabiati, xalqning iqtisodiy tuzumi, og`zaki ijodiyoti,


Badiiy adabiyoti, san`ati, fani, urf-odatini o`zida aks ettirib, avlodga yetkazib berishtilning milliy-madaniy mundarijasidir.

avloddan-

Bu mundarija tilning harakatdagi birliklarida juda ham aniq namoyon bo`ladi.

Xalq tafakkuri durdonasi hisoblanmish maqollar nafaqat xalq hayoti, qarashini ifodalashi bilan qadrli, balki kundalik turmushimizda nutqimizni boyituvchi vositalardan biri hamdir.






Badiiy adabiyot kishilar ongiga qudratli ta`sir ko`rsata oladigan san`atlardan biridir.U inson his tuyg`ularini va ongini tarbiyalashda ulkan ahamiyatga ega.




Xalq hikmatlari xalqning asrlar mobaynida til vositasida yaratgan timsoliy ifoda va tasvir vositalari.

Shuning uchun badiiy adabiyotni xalq hikmatlarisiz tasavvur etib bo`lmaydi.

Har qanday ilg`or yozuvchining ijodini xalq hayoti bilan uzviy aloqasiz,


(obrazli)

Xalq og`zaki badiiy ijodisiz tasavvur etib bo`lmaydi.

Chunki,

Adabiyotning shakllanishi va rivojlanishida boshqa yetakchi mezonlar qatorida xalq og`zaki ijodi ham alohida o`ringa ega.

1Bundan keyingi iqtiboslar shu tarzda beriladi. Qavs ichidagi birinchi raqam adabiyotning “Adabiyotlar ro„yxati”dagi tartibini, ikkinchi raqam sahifasini bildiradi.
Maqollarni “hayot qomusi”, xalq og`zaki ensiklopediyasi, o`ziga xos bir badiiy tarixiy solnoma deyish mumkin. Ular insonlar aqlini o`tkirlashtiradi, nutqini ravshan va ta`sirchan qiladi, hayotda to`g`ri yo`lni tanlay bilishga, hayotiy jumboqlar va muammolarni to`g`ri yechishga o`rgatadi, turmushning jamiki katta-

Kichik masalalari xususida qimmatli maslahatlar beradi. Shuningdek, maqollar o`zi ijodkor bo`lmish xalqning dunyoqarashini, madaniy, maishiy hayotini, tafakkur xazinasini jamlovchi eng kichik og`zaki ijod namunalari sifatida juda qadimiydir.

Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi shundaki, ulug`o`zbek shori Alisher Navoiy ijodida xalq hikmatlaridan foydalanishdagi mahorati shoir lirikasi misolida tahlil qilinadi. Boisi, badiiy adabiyot bus-butunicha abadiiy ifoda, tasvir va bayonga suyanadi. Shuning uchun Alisher Navoiy ijodida maqol, ibora, hikmatli so`zlarning qo`llanishi va ularni qo`llashda shoir mahoratiga baho berish ishning dol zarbligini belgilaydi.

Alisher Navoiy ilhomlangan manbalardan biri xalq og`zaki ijodidir.

Shoirning xalq og`zaki ijodidan foydalanishi va o`ziga xoslik masallari N. Mallayeva,

X.Zarif, V.Abdullayevva boshqa olimlarning ishlarida o`rganilgan. A.Sa‟diy, V.Abdullayev kabi adabiyotshunoslarning Alisher Navoiy asarlarida turg`un birikmalar, xalq iboralarining qo`llanilishiga oid fikrlari hozir ham o`z qimmatini saqlab kelmoqda. Ayniqsa, tilshunos Ergash Umarov “Frazeologicheskiyslovar “Xazoyinul-maoniy” Alishera Navoi” nomli tadqiqotida Alisher Navoiyning birgina “Xazoyinul-maoniy” asari asosida frazeologizmlar lug`atini tuzgan. Yuqorida nomlari keltirilgan ishlarda ko`proq tilshunoslik nuqtai nazaridan shoir ijodi tahlil qilinganligini ko`rishimiz mumkin. Shu tadqiqotlar asosda shoir lirikasida xalq hikmatlarining qo`llanishini lingvopoetik tahlil qilish navoiyshunosligimizning muhim masalalaridan biridir.

Badiiy adabiyot kishilar ongiga qudratli ta`sir ko`rsata oladigan san`at turlaridan biridir.

U inson his tuyg`ularini va ongini tarbiyalashda ulkan ahamiyatga ega.

Adabiyotshunoslikda xalq og`zaki ijodiyotining o`ziga xos xususiyatlarini, tur va janrlarini, ijodkor va ijrochilari merosini hamda faoliyatini o`rganadigan bo`lim folklorshunoslik ekani hammamizga ma`

`lum. Badiiy adabiyotni kitobxonlar va badiiy asar muallifi o„rtasidagi munosabatini kuchaytirishdagi asosiy omil badiiy asar matnining ekspressivligi bo`lib, unda badiiy asar muallifining folklor janrlaridan oqilona foydalana olishidir. Folklorshunoslikning ob`yektlaridan bo`lmish maqollar ham badiiy asar matnini boyitishda, ta`sirchanligini oshirishda va ma`nosini kuchaytirishda o`ziga xos o`ringa ega.

Albatta, xalq hikmatlarini, asosan, xalq yaratadi.

Yоzma adabiyot namunalarida shoir va yozuvchi ham xuddi xalq hikmatlariga o`xshab ketadigan yangi-yangi, tesha tegmagan ifodalarishlatadi. Ular shu ijodkorning topilmasi.

Ammo ko`p ishlatilaversa, ana shu yozma adabiyot mahsuli bo`lgan ifodalar ham xuddi xalq hikmatlari kabi xalq o`rtasida ommalashadi.

Shuni inobatga olib, biz ishimizni yozish jarayonida Alisher Navoiyl irik merosida xalq hikmatlari – maqol, matal, iboralarning qo`llanishi va ularning asar badiiy yatini ta`minlashdagi o`rni va shoir mahoratiga

Baho berishga harakat qildik. Bundan tashqari,

Shoir g`azallari tarkibidagi folklorizmlarni tahlil qilish orqali ularda ifodalangan va ilgari surilgan g`oyalarni ilmiy dalillashni maqsad qilib belgiladik.

Bu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:


  • Xalq hikmatlari - maqol, iboralarning uslubiy imkoniyatlari o`rganish;

  • Mumtoz adabiyot namoyandalarining xalq og`zaki ijodi namunalaridan foydalanishdagi mahoratini tahlil qilish;

  • Alisher

Navoiy she`riyatida xalq maqollarining qo`llashdagi o`ziga xoslik masalasiga oydinlik kiritish;

  • Alisher Navoiy she‟riyatiga folklorning ta`siri;

  • Shoir g`azallarida xalq iboralarining o`rni;

  • Alisher Navoiy she`riyatida hikmat darajasi ko`tarilgan baytlarni tahlil qilish.

Kurs ishining asosiy manbasini Alisher Navoiyning o`z asarlari, asosan, “Xazoyin ul-maoniy”devoni tashkil etadi. Shuningdek, Alisher Navoiy ijodi, uning ma`naviy merosi tadqiqiga bag`ishlangan ilmiy – metodik maqolavakitoblarga tayanib ish ko`riladi.

Kurs ishining nazariy

metodologikasosini “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”,

“Ta‟lim to`g`risidagi qonun”I va milliy mafkura va milliy g`oyamizdagi asosiy qarashlar tashkil etadi. Ishning ilmiy – nazariy yo`nalishini belgilashdaA. Hayitmetov, N. Mallayeva, I.Sulton, R. Vohidov, N. Komilov kabi qator adabiyotshunoslarning asarlari metodologik asos bo`lib xizmat qiladi. Ishda asosan qiyosiy tahlil va matn talqini metodlaridanfoydalanildi.

Tadqiqotning bosh vazifalaridan biri o`rganilayotgan mavzuga yangicha ilmiy metodologik nuqtai nazardan yondashish, shoir g`azallarini tahlil qilish, shoir ijodiga istiqlol mafkurasi tamoyillari yuzasidan odilona baho berishdan iborat.

Ishda Alisher Navoiy ijodi va uning xalq og`zaki ijodi manbalaridan foydalanish masalasining tekshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Hazrat Alisher Navoiy o`zining ilg`or g`oyalari, qahramonlarining ichki dunyosini yoritishda xalqning maqol, matal, iboralaridan mahorat bilan foydalanadi.

Ayni masalalarni o`rganish esa yosh avloddan avlodga go`zallikka intilish, xalq durdonalarini asrab-avaylash fazilatlarini tarbiyalash imkonini beradi.

O`zbek tilida hikmatli iboralarni umuman maqol deb atashadi [31.5], ammo bu tu shunchani ifodalash uchun o`ndan ortiq atama qo`llanadi: maqol, matal, masal, naql, hikmat, tanbeh, zarbulmasal, hikmatli maqol, xalq iborasi, xalq so„zi, donishmandlar so`zi, donolar so`zi, yaxshilar so`zi, burungilar so`zi, ulusning so`zi, avomunnos masali, hikmatli so`z vahokazo [ 51.6].

Mumtoz adabiyotda maqol atamasi so`z, nutq,

Gap tushunchalarini anglatgan va maqol tushunchasini ifodalash uchun esa masal itilohi qo`llangan [52.234]. Masalan, mumtoz she‟riyatda maqol qo`llanayotgan matndagi masaldurkim, masalkim, masalbudur kabi birikmalar maqol ma‟nosini anglatib keladi. Gulxaniy o`zining mashhur “Zarbulmasal” asarida masal atamasini maqolma‟nosida qo`llaganki, tarixiy jihatdan masal istilohini maqol atamasining ekvivalenti sifatida anglash mumkin.

Maqol deb xalqning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy-maishiy tajribasi,umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat hikmatli so`zlarga aytiladi. Maqol o`zbek tilida maqol, tojiklarda zarbulmasal, ruslarda poslovitsa, arablarda (jonliso„zlashuvda) naql, turklarda“ata so`zi”atamasi bilan yuritiladi. Maqol atamasi arabcha [ڶوق] – qavlun – gapirmoq, aytmoq so`zidan olingan.

Maqollarda so`z qimmati alohida yorqin ifodalanadi. Chunki maqollardagi so`zlarni boshqasi bilan almashtirish, biron so`z qo`shish mumkin emas.

Ular milliy til tarkibida qoliplashgan holda namoyon bo`ladi.

Bu janr dunyodagi hamma xalqlar og`aki ijodida bor bo`lib, hajm, shakl, yaratilishi maqsadiga ko`ra mushtarak hisoblanadi.

Maqollarning janr xususiyatlari quyidagilardan iborat:


  1. Maqollarning hajmi qisqa va cheklangan.

  2. Maqollar mazmunan serko„lam va chuqur ma‟noni ifodalaydi.

  3. Xalq maqollari shaklan she‟riy va nasriy bo„ladi. Ammo nasriy maqollar ham she`riy misralarni eslatadi. Masalan: Ko`za kunda emas, kunida sinadi.

  4. Maqollarda hayotiy voqea-hodisahaqida qat`iy hukm ifolanadi. Bu hukm musbat yoki manfiy mazmunda aks etadi.

  5. Maqol shaxs hayotidagi xususiy vaziyatni xalq, omma, hayot nuqtai nazardan umumlashtiradi.

Maqol – xalq og„zaki ijodi mahsuli.

Ammo ming yillik yozma adabiyotimiz namunalarini hamma qollarsiz tasavvur qilish qiyin. Mumtoz adabiyotimizda maqollarning o`rni va mavqei qanday bo`lganini aniqlash, tasavvurga keltirish uchun ikki misolning o`zi yetarli bo`lsa kerak, deb hisoblaymiz. Birinchisi shuki, mumtoz adabiyotshunosligimizda irsol ul-masal degan maxsus badiiy san‟at bor. Bu arabcha atama nutqda maqol ishlatish degan ma`noni beradi. Chunki eski tilimizda maqol masal (yoki zarb ul-masal) deyilgan. Sohibi qalamlar, xususan, shoirlar asarlarida maqollardan foydalanishga intilganlar. Sababi shuki, maqol keltirilganda, fikrning ta`sirchanligi oshadi. Hatto, shunday g`azallar ham bitilganki, uning har baytida bir maqol ishlatilgan. Bu mahorat belgisi hisoblangan.




Download 81.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling