O’zbekiston respuliikasi xalq ta’limi


Download 0.6 Mb.
bet2/8
Sana19.10.2020
Hajmi0.6 Mb.
#134601
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MALAKA ISHI NAMUNASI


Tabiatni estetik qabul qilish

Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari uchun atrof olamni hayajon bilan qabul

qilish xarakterlidir. Bolalar hamma narsani qarab chiqishlari, qol bilan ushlab korishlari, kattalarning tushuntirishlarini bajonidil tinglashlariga qaramay,
8


atrofdagi xodisalarda kop narsalarni payqab ololmaydilar, chunki ular ozlarining hissiyot va qiziqishlarini qozgatuvchi tasirlarga e’tibor beradilar, muhim bolsa ham hayajon oygotmaydigan narsalarga etibor bermaydilar. Bolalarning kattalar e’tibor bermaydigan narsalar tafsilotini payqab olishlari shu bilan tushuntiriladi, chunki ular uchun bu jiddiy ahamiyatga ega. Shunga kora bolalarni tabiatshunoslik obyektlari bilan tanishtirib borishda ularning jozibaliligiga, gozalligiga alohida etibor bermoq zarur.

Estetik tarbiyaning vazifasi:

tabiatda gozallikni korishgina emas, balki uni idrok etishga, yani

estetik qabul qilishni idrok etish bilan boglashga;

tabiatda gozallikni bunyodga keltirish va uni muhofaza qilishga, yani

estetika bilan mehnat madaniyatini boglashga;

tabiatda hamda jamiyatda xulq-atvor hamda muomala madaniyati

qoidalariga rioya qilishga, yani estetika bilan etikani boglashga orgatishdir.

Tabiatshunoslikni oqitish jarayonida estetik tarbiya har tomonlama, rejali ravishda, oquvchilarning tabiat bilan muloqotda bolishlarining barcha shakllarini hisobga olgan holda olib borilmogi lozim.

Odobiy tarbiya

Tabiatshunoslik mashgulotlarida oquvchilarda tabiatga, atrofdagi odamlar



mehnatiga odobiy munosabatda bolishni tarbiyalash zarur. Ammo boshlangich sinf oqituvchisining bir ozi uchun odobiy tarbiyaning barcha tomonlarini qamrab olish qiyin. Bu-butun maktabning vazifasidir. Boshlangich sinflarda esa, ish tutishda (jamoa mehnat jarayonida, ekskursiyalarda, tirik tabiat burchagida, maktab oldi uchastkasida) aks etadigan odobiy dunyoqarash shakllantirilmogi lozim.

Ekologik tarbiya

Insonning tabiatga chuqur va har taraflama tasiri amalga oshayotgan bir

paytdagi ilmiy-texnika inqilobi sharoitlarida inson va jamiyatning tabiatga bogliqligini, uni saqlab qolish va yaxshilash zarurligini tushunadigan, atrofdagi
9


gozallikni qadrlay oladigan va tabiat holati uchun oz zamondoshlari hamda kelgusi avlod oldidagi fuqarolik masuliyatiga ega bolgan har tomonlama rivojlangan shaxsning shakllanishini moljallovchi umum ekologik tarbiya katta ahamiyat kasb etmoqda.

Oquvchilarning ekologik tarbiyasi kompleks holda umumiy tarbiya bilan bogliq tarzda amalga oshirilmogi lozim. Ekologik tarbiyaning kompleksligi goyaviy-siyosiy, odobiy mehnat, estetik hamda jismoniy tarbiyaning uygunlashtirilishidan iboratdir, bu shaxsning har taraflama ravnaq topishini ta’minlaydi. Boshlangich sinfdagi ekologik tarbiya vatanparvarlik hislarini rivojlantiradi, chunki Vatan jonajon olka, uning tabiati, xojaligi odamlar turmushi orqali bilib olinadi, idrok qilinadi. Chunki jonajon tabiatga muhabbatni rivojlantirish vatanparvarlik tarbiyasida eng muhim omil hisoblanadi.



Vatanparvarlik tarbiyasi

Jamiyatimizda vatanparvarlik tarbiyasini baynalmilalchilik tarbiyasisiz

tasavvur qilib bolmaydi. Buning uchun tabiat muhofazasi katta material beradi. Shunga kora vatanparvarlik tarbiyasini atrof tabiatni organish bilan boshlash kerak. Bolalikdan yaqin bolgan jonajon olka tabiati inson uchun doimiy yoldir. Ayni paytda u «Vata togrisidagi keng tushunchaning tarkibiy elementidir.

Tabiatshunoslikni oqitish jarayonida oquvchilar etiborini olimlarning fanni rivojlantirishdagi roliga qaratmoq, ularning vatanparvarligini, mehnatsevarligini, oz xalqiga muhabbatini takidlamoq zarur. Bu bolalarda tabiiy iftixor, buyuk namunalarga taqlid qilish xohishini vujudga keltiradi.



Tabiatga muhabbat va uni saqlash hamda muhofaza qilishga intilishni tarbiyalash

Tabiatga muhabbat-katta va murakkab hissiyotdir. U yuqori ruhiy va aqliy doiralarni oz ichiga oladi, murakkab psixik kompleksni hosil qiladi. Bu hissiyotni tarbiyalashni bolalikning erta yoshidan boshlash kerak, chunki bolada jonajon tabiatga muhabbat bilan birga jonajon olkaga, jonajon mamlakatga kongil qoyish osib boradi. Bolalikda tugilgan bu hissiyot maktab yillarida


10

rivojlanib va boyib boradi, bunga malum darajada tabiatshunoslik yordam beradi, u tabiat gozalligini qabul qilishgagina emas, balki uni muhofaza qilishga, boyliklarini ehtiyot qilib, oqilona foydalanishga, ularni faqat himoya qilibgina emas, balki kopaytirishga orgatadi.

Boshlang‘ich sinfda tabiatshunoslik darslarini pedagogik texnologiyalar
asosida tashkil etish mazmuni

Bolani tevarak-atrofdagi tabiat bilan tanishtirish, unda olam tuzilishi va tabiat hodisalari haqida boshlangich tasavvur hosil qilish, ilmiy dunyo-qarash kurtaklarini shakllantirish, tabiatga muhabbat uygotish va undan oqilona foydalanishni orgatish tabiatni organish talimi asosida amalga oshiriladi. Tabiat bo‘yicha standart korsatkichlari bolaning tabiat va undagi hodisalar haqidagi tasavvurga ega bolish, ularni farqlay olish, qisqacha tavsiflab berish, amalda qollay olishga orgatish bilan belgilanadi.

Ushbu fan 1-2 sinflarda oqitiladigan Atrofimizdagi olam kursining davomi hisoblanib, bunda oquvchilarga tushunarli ravishda tabiat va jamiyat ortasidagi bogliqlik va ziddiyatlar orgatiladi.

Oquvchilar insonlar oldida turgan aniq ekologik muammolarni biladilar. Bunday muammolarga jonsiz tabiatni va tuproqni ifloslanishdan, yemirilish va kuchsizlanishdan saqlash; turli tirik mavjudotlar va ularning vakillarini saqlash; insonlar sogligini saqlashda tabiatni asrash kiradi.

Tabiatshunoslikni oqitish bolalarda butun Yer yuzi tabiatini asrab- avaylash hissini shakllantiradi. Oquvchilar tabiatni asrash yuzasidan olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan alohida konikmaga ega boladilar. Oquvchilarga olkamizning tabiat hodisalari va undagi jismlar haqida boshlangich bilimlar berish; sodda misollar bilan inson va tabiat ortasidagi ozaro aloqalarni korsatish; tabiatdan foydalanish va uni asrash boyicha inson faoliyati bilan tanishtirish; tabiatni asrash uchun zarur bolgan amaliy konikmalarni hosil qilish va shu asosda tabiatga nisbatan maqbul dunyoqarashni shakllantirish; oquvchilarni ekologik, etik, estetik, mehnat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tabiatshunoslik kursini oqitishning asosiy
11



maqsadi hisoblanadi.

Atrofimizdagi olam” ва Tabiatshunoslik darslarida ilg`or usullardan,



amaliy ish turlaridan foydalanish

Jamiyatimiz hayotida yuz bergan ijobiy ozgarishlar talimning maqsadi, mazmuni va vazifalarini ham qayta korib chiqishni taqozo etdi. Buning natijasida oquvchi dars jarayonida faol ishtirokchiga aylandi, uning fikrlash doirasi kengaydi, undan ijodkorlik, tashabbuskorlik talab etila boshlandi. "Talim togrisida"gi Qonunda ham, "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"da ham

oquvchining mustaqil fikrlashi va ijodkorligiga alohida etibor berilgan.

Dars jarayonida oqituvchi emas, oquvchi faol bolishi, savol topshiriqlar va bahs-munozaralarda konroq ishtirok etib, bilimini oshirishi fanlararo uzviylik talimning ilgor pedagogik texnologiyasida muhim rol o‘yiaydi.

Darslarda mustaqil mutolaa, malaka va konikmalar hosil qilish, oquvchining zehnini ostirish, atrof olamga nisbatan mehr va etiborni, fanga bolgan qiziqishlarini oshirishda zamonaviy dars otish usullaridan foydalanish zamon talablaridan biridir.

"Atrofimizdagi olam" darslarini zamon talablariga javob beradigan holda oqitishda "Sahnalashtirilgan", "O‘yin-musobaqa", "Test-sinov", "Sayohat" darslaridan foydalanish samarali natija beradi.

Zamonaviy dars otish usullarining oziga xos xususiyatlari:

mavzuni muhokama qilish;

 erkin fikrlash;

 hamkorlikda ishlash;

 juft bolib guruhlarda ishlash;

 davra suhbatlari, bahs-munozaralar;

 rollar ijro etish;

muammolarni birgalikda hal etish uchun fikrlash.

Zamonaviy usullar oquvchilarning chuqur bilim olishi uchun qator imkoniyatlar yaratish bilan birga ularda oz fikrini himoya qilish konikmasini shakllantiradi, hamkorlikda ishlash, hayotda uchrab turadigan qiyinchiliklarni
12


birgalikda yengish tajribasini singdiradi.
Zamonaviy usullardan foydalanish:

 sinf muhitini ozgartiradi;

mavzu qanday o‘rganilishi kerakligini belgilab beradi;
 har bir oquvchini faollashtiradi.

Bugungi kunda oqituvchi oqitish uchun faqat zaruriy axborotlarnigina tanlab olishi va oquvchini bevosita mustaqil bilim olishga o‘rgatmogi zarur. Bu jarayonda oqituvchining pedagogik mahorati, uning chuqur bilimi, odob-axloqi muhim rol o‘ynaydi.

Hozirgi kunda zamonaviy usullardan foydalanib dars berishda oqituvchi mohirlikdan ijodkorlykka intilishi va bu bilan talim sohasi rivojiga xissa qoshmogi talab etiladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qollashda noananaviy dars usullaridan foydalanish orqali iqtidorli oquvchilarni aniqlash, bosh ozlashtiruvchi oquvchilarda oz kuchlariga ishonch hosil qilishlari uchun imkon yaratish, sinfdagi oquvchilar ortasida dostlik, ozaro hamkorlik aloqalarini shakllantirishga erishish nazarda tutiladi.

Pedagogik texnologiya - malumotlarni ozlashtirish uchun qulay shakl va usullardir. Pedagogik texnologiya insonga oldindan belgilangan maqsad boyicha tasir otkazish faoliyati demakdir.

Muammoli oqitishning asosi - oquvchilar bilish faolligini rivojlantirishdir. Muammoli oqitishni oz ichiga olgan darslarda oquvchilarga yangi malumotlarni ozida saqlagan masalalarni hal qilish taklif etiladi, toki ular bilimlarni ozlashtirish va ularni amalda mustaqil qollanish usullarini egallab olsinlar. Muammoli dars quyidagi bosqichlarga bolinadi: darsda qoyilgan muammoga oquvchilarda qiziqish, yangi bilimlar olishga ehtiyoj uygotish, uning bilim olish tizimidagi ahamiyatini korsatish.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling