Movarounnahr va Xurosonda hukmronlik qilgan temuriylar
Movarounnahrda
|
Oliy hukmdor
|
Xurosonda
|
Mirzo Ulug‘bek
1409-1449
Abdulatif
1449-1450
Abdullo Mirzo
1450-1451
Sulton Ahmad
1469-1494
Sulton Mahmud
1494-1496
Boysunqur Mirzo
1496-1497
Sulton Ali
1497-1500
|
Amir Temur
1370-1405
Xalil Sulton
1405-1409
SHoxrux Mirzo
1409-1447
Mirzo Ulug‘bek
1447-1449
Abu Said
1451-1469
|
Abulqosim Bobur
1449-1457
Sulton Maxmud
1457-1459
Husayin Boyqaro
1469-1506
Baduizzamon
1506-1507
|
ULUG‘BEK MUHAMMAD TARAG‘AY (1394-1449) - mashhur davlat arbobi va buyuk olim. Otasi Amir Temurning o‘g‘li SHohruh Mirzo edi. 1447 yilda SHohruh Mirzo Hirot taxtini qo‘lga kiritgach Mirzo Ulug‘bekni 1449 yilda Movarounnahrga hukmdor qilib qo‘yadi. Ulug‘bek tabiatan ilm kishisi bo‘lganligi sababli davlat va harbiy ishlarga kamroq e’tibor berib, ilm-fanga berilib ketadi. 1417-1420 yillarda Samarqandda o‘z nomidagi madrasa qurdiradi. Bu madrasa fan va madaniyat o‘chog‘iga aylanadi. 1424-1428 yillarda Samarqandning Ko‘xak degan joyida rasadxona qurdiradi. Ulug‘bek astronomiya maktabi vujudga keladi. Bu rasadxonada o‘z davrida mo‘‘jiza hisoblangan “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” deb atalgan yulduzlar jadvali yaratiladi (1438). Ulug‘bek geometriya, trigonometriya va matematika bilan ham shug‘ullangan. U Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga oid “Tarixi arba’ ulus” (To‘rt ulus tarixi) asarining muallifidir. Ulug‘bek shuningdek musiqa ilmiga oid “Risola dar ilmi musiqa” va Balujiy, SHodiyona, Axloqiy, Tabriziy, Usuli ravon, Usuli otlig‘ kuylarini ham ijod qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |