O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti


Download 3.87 Mb.
bet179/202
Sana28.10.2023
Hajmi3.87 Mb.
#1728891
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   202
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi

Amir Temurning harbiy yurishlari
Temur Movarounnahr taxtini egallagan vaqtdan boshlab, o‘z davlati chegaralarini mumkin qadar kengaytirishga kirishadi. SHu maqsadda u Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi erlarni o‘z tasarrufiga oladi. Xorazmga besh marotaba yurish qilib, 1388 yilda uni butunlay bo‘ysundiradi. Temur o‘zining uch yillik (1386-1388), besh yillik (1392-1398) va etti yillik (1399-1405) yurishlari davomida Ozarbayjonda jaloyirlar, Sabzavorda sarbadorlar davlatini, Hirotda Qurdlar davlatini tugatib, Eron va Xurosonni o‘z tasarrufiga oladi. 1394-1395 yillarda Oltin O‘rda xoni To‘xtamishga qarshi yurish qilib, uning ko‘p sonli qo‘shinini mag‘lubiyatga uchratadi va Oltin O‘rda hududini egallaydi. Amir Temur 1398 yilda Hindistonga qilgan yurishida Dehli shahrini, 1400 yilda Suriyaga qilgan yurishida Halab va Bayrut shaharlarini, 1401 yilda Damashq shahrini egallaydi.
1402 yilda Usmoniylar imperiyasining sultoni Yildirim Boyazidga qarshi yurishida uni mag‘lubiyatga uchratdi. Bu g‘alaba bilan Temur Evropaning usmoniylar asoratiga tushishini bir necha o‘n yillar orqaga surib yubordi. Temur 1404 yilda Kichik Osiyodan Samarqandga keladi va Xitoyga yurish uchun harbiy taraddud ko‘radi. 1404 yilda Temur 200 minglik qo‘shin bilan Xitoy safariga otlandi. Ammo Temurning qattiq betobligi tufayli uning qo‘shinlari 1405 yilning yanvar oyida Xitoyga yaqin bo‘lgan chegara shahar O‘tror shahrida to‘xtaydilar va shu erda 1405 yilning 18 fevralida buyuk sohibqiron Amir Temur vafot etadi.
«Davlat ishlarining to‘qqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdim»

«Evropa na Iskandarda, na Atillada va na Moskoviya zafarini quchgan yangi fotih Napoleonda adolatli qonunlar asosiga qurilgan bunday boshqaruvni bunyod etgan emas».


Alfons de Lamartin

♦ “... uning adolatiyu siyosati o‘rnatilgan kunlarda Movarounnahrning eng chekka joylaridagina emas, balki Xo‘tan chegarasidan Dehli va Kanboyit atrofigacha, Bob ul-Abvobdan to Misr va Rum hududigacha bo‘lgan erlardan savdogarlar u erda tursin, bolalaru, beva xotinlar ham ipakli matolar, oltin-kumush va eng zarur tijorat mollari keltirardilar va olib ketardilar. Hech bir kimsa ularning bir doniga ham ko‘z olaytira olmaydi va bir dirhamiga ham ziyon etkazmaydi. Bu cheksiz ne’mat va poyonsiz marhamatlar Amir sohibqironning siyosati va adolati natijasidandir».


Nizomiddin SHomiy «Zafarnoma».

♦ Buyuk jahongir hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan asarlar anchagina bo‘lib, ular orasida «Temur tuzuklari» shubhasiz alohida ahamiyat kasb etadi. «Temur tuzuklari» jahonning mashhur kutubxonalaridan joy olgan qimmatli asar hisoblanadi. Temur tuzuklari» ikki qism, 56 ta banddan iborat tarixiy va huquqiy asar bo‘lib, unda sohibqironning davlat tuzilishi va mamlakatlarni boshqarish xususidagi nuqtai nazari bayon qilinadi. «Tuzuklar»ning birinchi qismida Amir Temurning etti yoshidan to vafotiga qadar (1342-1405 y.) kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati, uning Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qo‘lga kiritishi, ijtimoiy tarqoqlikka barham berishi va markazlashgan davlat tuzishi, qo‘shni yurt va mamlakatlarni, masalan Eron va Afg‘onistonni o‘z tasarrufiga kiritishi, Oltin O‘rda xoni To‘xtamishxon ustidan, nihoyat, buyuk jahongirning Ozarbayjon, Turkiya va Hindistonga qilgan harbiy yurishlari ixcham tarzda bayon etilgan. Ikkinchi qismi Sohibqironning nomidan aytilgan va uning toju taxt vorislariga atalgan o‘ziga xos vasiyat va pandu nasihatlaridan iboratdir. Unda davlatni idora qilishda kimlarga tayanish, toju-taxt egalarining burchi va vazifalari, vazir va qo‘shin boshliqlarining burch va vazifalari, amirlar va boshqa mansabdorlarning toju taxt oldida ko‘rsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va hokazolar xususida gap boradi.





Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling