O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti


YAIS (YAngi iqtisodiy siyosat NEP)


Download 3.87 Mb.
bet187/202
Sana28.10.2023
Hajmi3.87 Mb.
#1728891
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   202
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi

YAIS (YAngi iqtisodiy siyosat NEP) – 1918-1920 yillarda yuritilgan harbiy kommunizm siyosati vositasida mamlakat iqtisodiy hayotini tiklash mumkin emasligiga ko‘zi etgan bolshevik rahbariyatining 1921 yil mart oyidan boshlab yuritgan iqtisodiy siyosati. U tarixda yangi iqtisodiy siyosat (NEP) nomini oldi.
YAIS (NEP) iqtisodiyotning ko‘p tarzli bo‘lishini e’tirof etdi, erkin tijorat va xususiy mulkchilikni e’lon qildi. NEP siyosati natijasida mayda tijoratchilarning katta armiyasi paydo bo‘ldi. Millionlab kosib-mayda hunarmandlar mamlakat iste’mol mollarining to‘rtdan uch qismini ishlab chiqara boshladi. Natijada ishchi va dehqonlarning turmushi yaxshilandi, dastlabki jiddiy ijtimoiy tadbirlar hayotga joriy etila boshlandi.
YAngi iqtisodiy siyosat iqtisodiyotning tabiiy rivojlanishi va bozor iqtisodiyoti qonunlari har qanday balandparvoz shiorlar (sotsializm, kommunizm) dan ustun turishini hayot amaliyotida ko‘rsatib bergan edi. Biroq NEP siyosatining iqtisodiy erkinlik va tadbirkorlikka yo‘l ochib berishi aholi o‘rtasida mulkiy tengsizlikni, aholining tabaqalanishini keltirib chiqarardi. Bu esa sotsializmning prinsipial tamoyillariga zid bo‘lganligi sababli 20-yillar o‘rtalaridan YAISga asta-sekin barham berilib, davlat monopol iqtisodiyoti, mulkni sotsiallashtirish siyosati joriy etila boshlandi.
TURKISTON AVTONOM SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI (TASSR)- 1917 yil oktyabrda Turkistonda sovet tuzumi o‘rnatilgandan keyin bolsheviklar tomonidan tuzilgan va RSFSRga kirgan avtonom respublika (1918-1924). Maydoni 1 mln. 324 ming 994 kv. km. Aholisi 5 mln.dan ziyod kishi (1922). Ma’muriy markazi – Toshkent shahri bo‘lgan.
XORAZM XALQ SOVET RESPUBLIKASI (XXSR) (1920-1924) – Turkiston General gubernatorligi tugatilib, uning o‘rnida Turkiston Avtonom Sovet Respublikasi tashkil etilgach, bolsheviklar Rossiya andozasidagi “xalq inqilobi”ni Turkistonda amalda bo‘lib kelayotgan xonliklarga ham joriy qilishni (aniqrog‘i uni eksport qilishni) ko‘zlay boshladi. SHu maqsadda, 1920 yil 2 fevralda Xiva xonligida ham sun’iy inqilob amalga oshirilib, oxirgi Xiva xoni Said Abdullaxon hokimiyati ag‘darib tashlandi va 1920 yil 26 aprelda Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (XXSR) e’lon qilindi. Maydoni 62.200 km kv, aholisi 550 ming kishini tashkil etgan (1920) 15 kishidan iborat XXSR hukumati – Xalq Nozirlar Kengashi tuzildi (rais P.Yusupov). XXSRda yangi Konstitutsiya qabul qilinib, keng ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlar amalga oshirila boshlandi. Lekin bu islohotlar mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyatdan kelib chiqib emas, balki bolsheviklar andozasi va ko‘rsatmasi asosida ko‘r-ko‘rona amalga oshirilgani bois aksariyat hollarda teskari natijalarni berdi. XXSR 1924-25 yillarda o‘tkazilgan ma’muriy-hududiy davlat chegaralanishi natijasida tugatilib, yangi tuzilgan O‘zSSR tarkibiga qo‘shib yuborildi.
BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI (BXSR) – Buxoro Amirligida amir hokimiyati ag‘darilgach, 1920 yil 2 sentyabrda Bolsheviklar andozasida tashkil etilgan Respublika. 1921 yil sentyabr oyida BXSR Konstitutsiyasi qabul qilindi. BXSRda keng ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlar amalga oshirila boshlandi. Lekin bu islohotlar mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyatdan kelib chiqib emas, balki Moskva bolsheviklari andozasi va ko‘rsatmasi asosida ko‘r-ko‘rona amalga oshirilgani bois, aksariyat hollarda teskari natijalarni berdi. BXSR 1924-25 yillarda Turkistonda o‘tkazilgan ma’muriy-

Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling