O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti


Download 3.87 Mb.
bet186/202
Sana28.10.2023
Hajmi3.87 Mb.
#1728891
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   202
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi

BOLSHEVIKLAR (rus. bolsheviki – ko‘pchilik) – Rossiya sotsial-demokratik ishchilar partiyasi (RSDRP)da Lenin boshchilik qilgan siyosiy oqim vakillari. 1903 yil RSDRPning II s’ezdida partiyaning rahbar organlariga o‘tkazilgan saylovlarda V.I.Lenin tarafdorlari ko‘pchilik ovozni olishga muvaffaq bo‘ladilar. SHu vaqtdan boshlab Lenin tarafdorlari bo‘lgan bolsheviklar, unga muxolif bo‘lgan kuchlar mensheviklar (ozchilik) deb yuritila boshlangan. Partiyaning nomi ham 1917 yil RSDRP dan RSDRP (b) ga o‘zgartirildi. Bolsheviklar 1917 yil 25 oktyabrda Rossiyada davlat to‘ntarishini amalga oshirib, podsho hokimiyatini ag‘dardilar. XX asrning 20-30-yillarida o‘tkazilgan qator salbiy ijtimoiy-siyosiy islohotlar, buzg‘unchiliklar, qatag‘on va repressiyalarni ham aynan ana shu bolsheviklar amalga oshirgan edilar.
TURKISTON MUXTORIYATI – Turkiston mintaqasidagi dastlabki demokratik hukumat (1917 yil 27 noyabr – 1918 yil 19 fevral). Turkiston xalqlarining 1917 yil 25 oktyabr davlat to‘ntarishidan keyin bolsheviklar tomonidan e’lon qilingan “millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi to‘g‘risida”gi dekretiga muvofiq tashkil qilgan mustaqil davlati. 1917 yil 26-28 noyabrda Qo‘qon shahrida Turkiston o‘lka musulmonlarining favqulodda
Turkiston Muxtoriyatining hukumat a’zolari:
Muhamadjon Tinishboev – Bosh vazir, ichki ishlar vaziri
Islom Sulton SHoahmedov – Bosh vazir o‘rinbosari
Mustafo CHo‘qaev – Tashqi ishlar vaziri
Ubaydulla Xo‘jaev – Harbiy vazir
Hidoyatbek YUrali Agaev – Er va suv boyliklari vaziri
Obidjon Mahmudov – Oziq-ovqat vaziri
FUQAROLAR URUSHI – siyosiy hokimiyat uchun kurash jarayonida mamlakat fuqarolarining ikki qarama-qarshi muxolif tomonga bo‘linib ketishi natijasida kelib chiqadigan urush. Qadimgi Rimda respublika tarafdorlari bilan imperiya tarafdorlari o‘rtasidagi o‘zaro urushlar (mil. avv. 44-30 y.y. ), Angliyada parlament tarafdorlari bilan Qirol tarafdorlari o‘rtasidagi urush (1640-1645 y.y.), Fransiyadagi respublika va Monarxiya tarafdorlari o‘rtasidagi urush (1789-1795), AQSHda qulchilikni bekor qilish va uni saqlab qolish tarafdorlari o‘rtasidagi SHimoliy shtatlar bilan Janubiy shtatlar o‘rtasidagi urush (1861-1865)larni bunga misol qilib keltirishimiz mumkin. 1918-1920 yillarda Rossiyada bolsheviklar hokimiyatiga qarshi bo‘lib o‘tgan urush ham fuqarolar urushi nomini olgan

Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling