O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti
Download 3.87 Mb.
|
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqillik to’g’risida referendum.
- Davlat ramzlari.
16-modda. O’zbekiston Respublikasi o‘z taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini aniqlaydi, o‘z davlat ramzlarini: gerbi, bayrog‘i, madhiyasini ta’sis etadi, o‘z davlat tilini belgilaydi.
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari muqaddasdir va ularni har qanday tahqirlash qonun bilan jazolanadi. 17-modda. O’zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududiy butunligini va mustaqilligini e’tirof etadi. O’zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar teng huquqlilik asosida, ular o‘rtasidagi ikki tomonlama shartnomalar va bitimlar vositasida quriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi tarkibidan tegishli qonunlar asosida erkin chiqish huquqini saqlab qoladi. Toshkent shahri, 1991-yil 31-avgust. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991-yil 30-sentabr kuni «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risi»gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qilindi. Qarorda O’zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalari «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin, deb belgilab qo’yildi. Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro’yobga chiqdi. Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat – O’zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi. O’zbekiston Respublikasining aholisi mustaqillik e’lon qilingan paytda 21,5 mln. kishini tashkil etardi. 2015-yilga kelib aholi soni 31 mln. dan ortdi. Mustaqillik to’g’risida referendum. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil noyabrida bo’lgan VIII sessiyasi Davlat mustaqilligi masalasi bo’yicha referendum o’tkazish xaqidagi masalani ko’rib chiqdi. Oliy Kengashning mazkur sessiyasida 1991-yil 29-dekabr, yakshanba kuni O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risida referendum hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazish to’g’risida qarorlar qabul qilindi. Referendumda ovoz berish byulleteniga masala quyidagi ta’rifda kiritildi: «O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?». Shuningdek, «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida» Qonun qabul qilindi. 1991-yil 29-dekabr kuni umumxalq referendumi bo’lib o’tdi. Referendumda 9.898707 kishi yoki saylov ro’yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz berishda qatnashganlarning 98,2 foizi O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini ma’qullaymiz, deb ovoz berdi. O’zbekiston Davlat mustaqilligining e’lon qilinishi, uning butun tarixiy taraqqiyoti natajalaridan kelib chiqadigan ob’ektiv va qonuniy hodisadir. Respublika xalqi va rahbariyatining donishmandligi, sabotli va qat’iyatliligi, uzoqni ko’ra bilishi natijasida uning davlat mustaqilligiga erishuvi Tinch, demokratik, parlament yo’li bilan ijtimoiy larzalarsiz, qurbonlar va vayronagarchiliksiz amalga oshdi. 1991-yil 29-dekabr kuni muqobillik asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ham bo’lib o’tdi. Prezidentlikka nomzod Islom Abdug’aniyevich Karimov uchun 8.514136 kishi yoki ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi saylov yakunlarini ko’rib chiqib, I.A.Karimovni 1991-yil 29-dekabrdan O’zbekiston Respublikasining Prezidenti lavozimiga saylangan, deb xisoblashga qaror qildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil yanvarda bo’lgan navbatdan tashqari IX sessiyasida Prezident Islom Karimov qasamyod qildi: «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini bajarishga kirishar ekanman, respublikamiz xalqlariga sadoqat bilan xizmat qilishga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga kafolat berishga, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qat’iy rioya etishga, zimmamga yuklangan yuksak vazifalarni vijdonan bajarishga qasamyod qilaman». Islom Karimov O’zbekiston Respublikasining umumxalq tomonidan saylangan birinchi Prezidentidir. Davlat ramzlari. O’zbekiston o’zining davlat mustaqilligini mustahkamlashga dadillik bilan kirishdi. Birinchi bo’lib, davlat ramzlari belgilab olindi. O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida 1991-yil 18-noyabrda tasdiqlandi. Davlat bayrog’i mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo’lgan g’oyat qudratli saltanatlar bayrog’iga xos bo’lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublikaning tabiatiga xos bo’lgan xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy sohalardagi o’zligini ham aks ettiradi. O’zbekistonning Davlat gerbi, o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida 1992-yil 2-iyulda qabul qilindi. Gerbning markazida qanotlarini keng yozib turgan Xumo qushi tasvirlangan. Bu baxt-saodat va erksevarlik ramzidir. Qadim-qadim zamonlardan buyon Xumo qushi o’zbek xalqi orasida odamlarni baxt-saodatga yetaklovchi kuch ramzi sifatida e’zozlab kelingan. O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida 1992-yil 10-dekabrda qabul qilindi. Davlat madhiyasining matni O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov, musiqasi O’zbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan. Download 3.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling