O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti


O’zbekiston Respublikasining qonuni


Download 3.87 Mb.
bet43/202
Sana28.10.2023
Hajmi3.87 Mb.
#1728891
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   202
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi

O’zbekiston Respublikasining qonuni
O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida
O’zbekiston SSRning Mustaqillik deklaratsiyasiga va O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi bayonotiga asoslanib, O’zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi ushbu qonunni qabul qiladi.
1-modda. O’zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir.
2-modda. O’zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va u respublikada davlat hokimiyatining birdan bir sohibidir. U o‘z hokimiyatini ham bevosita, ham vakillik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi.
3-modda. O’zbekiston Respublikasi to‘la davlat hokimiyatiga ega, o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi.
4-modda. O’zbekiston Respublikasining davlat chegarasi va hududi dahlsiz va bo’linmas bo’lib, uning xalqi o‘z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib o‘zgartirilishi mumkin emas.
5-modda. O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va uning qonunlari ustundir. O’zbekiston Respublikasi Davlat idoralarining tizimi hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatiga ajratish tartibi asosida quriladi.
6-modda. O’zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, milliy gvardiya va noharbiy (muqobil) xizmat tashkil etish huquqiga ega.
Suveren O’zbekiston Respublikasi hududida SSSR Qurolli Kuchlarini shakllantirish va ularga rahbarlik qilish masalalarida harbiy siyosatni amalga oshirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
7-modda. O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining moddiy asosi uning mulkidir. Respublika hududidagi yer, yerosti boyliklari, suv va o‘rmonlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respublikaning ma’naviy boyliklari O’zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi.
8-modda. Davlat mulki obyektlari, shuningdek, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining, shu jumladan Ittifoq qaramog‘ida bo’lib kelgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mol-mulki, ularning asosiy ishlab chiqarish, noishlab chiqarish va oborot yoki boshqa fondlari hamda o‘zga mol-mulki, ichki kommunikatsiya, transport, aloqa va energetika tizimlari, respublika kartografiyasi va geodeziyasi O’zbekiston Respublikasining mulkidir.

Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling