O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti


Download 3.87 Mb.
bet44/202
Sana28.10.2023
Hajmi3.87 Mb.
#1728891
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   202
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi

9-modda. O’zbekiston Respublikasining mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish respublika qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi. Respublika hududida joylashgan, Ittifoq qaramog‘ida bo‘lib kelgan davlat korxonalarini aksiyali jamiyatlarga aylantirish, ularni mulkning boshqa shakllariga o‘tkazish faqat O’zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan shartlar asosida va tartibda amalga oshiriladi.
10-modda. O’zbekiston Respublikasi o‘z hududida oltin, boshqa qimmatbaho metallar va toshlarni qazib chiqarish, qayta ishlash va saqlashni mustaqil amalga oshiradi hamda nazorat qiladi, o‘z oltin zaxirasini yaratadi. O’zbekiston Respublikasi SSSRning oltin zaxirasida, olmos va valuta jamg‘armalarida o‘z ulushiga ega.
11-modda. O’zbekiston Respublikasi o‘z pul birligi – milliy valutasini joriy etishga, jami pul oboroti, pul va boshqa davlat qimmatli qog‘ozlari emissiyasi hajmlarini mustaqil belgilashga haqli.
12-modda. O’zbekiston Respublikasi mustaqil moliya va kredit siyosatini amalga oshiradi. Respublika hududida olinadigan soliqlar va yig‘imlar O’zbekiston Respublikasining davlat budjetiga va mahalliy budjetlarga tushadi.
13-modda. O’zbekiston Respublikasi chet davlatlar bilan diplomatik, konsullik, savdo aloqalari va boshqa aloqalar o‘rnatadi, ular bilan muxtor vakillar ayirboshlaydi, xalqaro shartnomalar tuzadi, xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo‘lishi mumkin.
14-modda. O’zbekiston Respublikasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mustaqil subyekti bo‘lib, chet el investitsiyalarini amalga oshirish shartlarini, investorlarning huquqlarini belgilaydi, o‘zining konversiya qilinadigan valuta jamg‘armasini yaratadi, oltin va boshqa zaxiralarni, ayirboshlanadigan valutani sotadi va sotib oladi.
15-modda. O’zbekiston Respublikasi hududida inson huquqlari umumiy deklaratsiyasiga muvofiq holda O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi joriy etiladi.
O’zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari millatidan, elatidan, ijtimoiy chiqishidan, qaysi dinga mansubligidan va e’tiqodidan qat’i nazar bir xil fuqarolik huquqlariga egadirlar, respublika konstitutsiyasi hamda uning qonunlari himoyasida bo‘ladilar.
O’zbekiston Respublikasining fuqarolari respublikadan tashqari ham O’zbekiston Respublikasining himoyasida bo‘ladilar.

Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling