O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti
O’zbekiston xalq demokratik partiyasi
Download 3.87 Mb.
|
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati.
1.O’zbekiston xalq demokratik partiyasi 1991-yil 1-noyabrda Toshkentda bo’lib o’tgan ta’sis quriltoyida tashkil topgan. Ushbu quriltoyda uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O’zbekiston XDPsining "O’zbekiston ovozi", "Golos Uzbekistana" gazetalari va "Muloqot" jurnali nashr etilmoqda.
2.1995-yil 18-fevralda O’zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi (SDP) tuzildi. Partiyaning Toshkentda bo’lgan I-ta’sis Qurultoyida uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi."Adolat" sotsial-demokratik partiyasining "Adolat" nomli ijtimoiy-siyosiy haftalik gazetasi nashr etilmoqda. 3.O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan partiyalardan yana biri – Milliy tiklanish demokratik partiyasidir (MTDP). U 1995-yil 3-iyunda Toshkentda bo’lib o’tgan ta’sis qurultoyida tuzildi va partiyaning Dasturi va Nizomi qabul qilindi.O’zbekiston MTDPsining "Milliy tiklanish" haftalik gazetasi nashr etilmoqda. 4.2003-yil oxirida O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashkil topdi. Uning maqsadi tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatini himoya qilishdan iborat. O’zLDP ning “XXI asr” hafatlik gazetasi nashr etilmoqda. 1995-yil may oyida jamoatchilikning tashabbusi bilan O’zbekiston «Xalq birligi» harakati tashkil etildi va faoliyat ko’rsatmokda. «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati. «Xalq birligi» harakatining "Birlik" va "Edinstvo" haftalik gazetalari nashr etilmoqda O’zbekiston Prezidentining 1996-yil 17-apreldagi farmoniga muvofiq respublika yoshlarining "Kamolot" jamg’armasi nodavlat hayriya-jamoat birlashmasi sifatida tashkil topgan edi. "Kamolot" jamg’armasining vazifasi yoshlarining manfaat va ehtiyojlarini o’rganish, ularni qondirish yuzasidan dasturlar tuzish va davlat ko’magida hayotga tatbiq etishdan iborat edi. Ammo "Kamolot" yoshlar jamg’armasi bunday vazifalarni bajara olmadi, yoshlarning haqiqiy ma’nodagi etakchisiga aylana olmadi. Prezident Islom Karimov 2001-yil 24-yanvar kuni Toshkentda yoshlar masalasiga bag’ishlangan yig’ilishda yoshlarning chinakam suyanchi bo’la oladigan yangi tashkilot tuzish g’oyasini ilgari surdi. 2001-yil 25-aprel kuni Toshkentda bo’lgan yoshlar qurultoyida o’zini-o’zi boshqaradigan nodavlat, notijorat tashkilot-O’zbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tuzildi va uning Dasturi, Nizomi tasdiqlandi. "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy maqsadi yoshlarni birlashtirish, sog’lom turmush talablari asosida tarbiyalash, jamiyatda munosib o’rnini egallashga ko’maklashish, ularning manfaatlarini himoya qilish, yosh yigit-qizlarning o’z aql zakovati, kuch-g’ayratini to’la namoyon etishi uchun zarur shart-sharoit yaratib berish, yosh avlodning tayanchi va suyanchi bulishdan iboratdir. Harakatning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar bo’limlari, ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, huquq-tartibot organlarida boshlang’ich takilotlari tuzildi. Ular 14 yoshdan 28 yoshgacha bo’lgan O’zbekiston fuqarolarini o’z saflarida ixtiyoriy ravishda birlashtirgan holda faoliyat ko’rsatmoqda. Download 3.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling