O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti


Download 3.87 Mb.
bet67/202
Sana28.10.2023
Hajmi3.87 Mb.
#1728891
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   202
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi

QADIMGI XORAZM DAVLATI. Vatanimiz hududidagi ilk davlat birlashmalaridan biri. Tarixiy yozma manbalar (Avesto) va antik davr tarixchilari asarlarida keltirgan geografik joy nomlarini solishtirgan holda olimlarning aksariyati Qadimgi Xorazm davlati hozirgi zamonaviy Xorazm vohasidan ancha katta hududni o’z ichiga olishini va bu davlat birlashmasining markazi birmuncha janubiy o’lkalar (Marv-Xirot)ga to’g’ri kelishini ta’kidlashadi.
Avestoda Vanhvi Daiti daryosi bo’yidagi Ar’yanam Vaychax o’lkasi va u yerda qish uzoq (9 oy) davom etishi haqida ma’lumot bor. I.Markvart, S.P.Tolstov kabi olimlarning fikricha Avestodagi «Ar’yanam-Vaychax» (Ariylar o’lkasi) bu «Katta Xorazm» bilan bir narsa, Vanhvi Daiti esa bu Amudaryodir. So’nggi yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlar I.Markvart tomonidan XX asrning 30-yillarida fanga kiritilgan «Katta Xorazm» kontseptsiyasi tarixiy voqelikka to’g’ri kelmasligini ko’rsatmoqda.
Fanda miloddan avvalgi I ming yillikning ikkinchi choragida Xorazmda Ahamoniylarga qadar ilk davlat birlashmasi mavjud bo’lgan degan munozarali taxminlar mavjud. Kam sonli yozma manbalar shunga ishorat berardi. Keyingi yillarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar quyi Amudaryo havzalarida sun’iy sug’orishga asoslangan o’troq dehqonchilik madaniyati miloddan avvalgi VI va V asr boshlaridan yuksala boshlanganini ko’rsatadi. Aynan shu davrdan boshlab Xorazmda dastlabki keng ko’lamli sug’orish inshootlari bunyod etilib, ana shu sug’orish tarmoqlari bo’ylab dehqonchilik vohalari va ilk shaharlar (Ko’zaliqir, Qal’aliqir, Xazorasp, Bozorqal’a) paydo bo’ladi. Mazkur ashyoviy dalillar qadimgi Xorazmda davlatchilik yuqorida ko’rsatilgan sanalar atrofida shakllana boshlanganini ko’rsatadi.
Miloddan avvalgi VI-V asrlarda Xorazm Ahamoniylar Eroni tarkibiga kiritilgan.
AHAMONIYLAR miloddan avvalgi 558-330 yillarda Eronda hukmronlik qilgan sulola. Sulolaga miloddan avvalgi VIII asr oxiri VII asr boshlarida Elam yaqinidagi Parsua hududida yashagan qadimgi fors qabilalarining boshlig’i, oriylarning nufuzli sardoridan biri Ahmon asos solgan. Kir II (mil. avv. 556-530) va Doro I ( mil. avv. 522-486) lar davrida O’rta Osiyo hududlari Ahamoniylar sulolasiga bo’ysundirilgan.

Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling