O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti
Download 3.87 Mb.
|
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Munozara mazmuni Yakuniy xulosa
- Mavzuga oid testlar
Kichik guruhlar uchun mavzular:
“PALEOLIT DAVRI BU ...” “MEZOLIT DAVRI BU ...” “NEOLIT DAVRI BU ... “ENEOLIT DAVRI BU ...” “BRONZA DAVRI BU ...”
Mavzuga oid testlar 1.Tarix fanida odamning kelib chiqishi va rivojlanishi qaysi ma’lumotlarga asoslanib o‘rganiladi? A) arxeologiya va etnografiya B) arxeologiya va antropologiya C) antropologiya va lingvistika D) antropologiya va etnografiya 2.Quyidagilarning qaysi biri O‘rta Osiyo tarixiga oid eng qadimgi manba hisoblanadi? A) «Avesto» kitobi B) Gerodotning «Tarix» asari C) Hindlarning «Rigveda» kitobi D) Strabonning «Geografiya» asari 3.O‘zbekiston tarixining eng qadimgi bo‘limini aniqlang A) ibtidoiy san’at tarixi B) ishlab chiqarish xo‘jaliklari tarixi C) ma’naviy madaniyat tarixi D) moddiy madaniyat tarixi 4.Inson, uning kelib chiqishi va rivojlanishini o‘rganuvchi fanni aniqlang A) etnografiya B) antropologiya C) arxeologiya D) epigrafika 5.Tarix fanida insonlarning kelib chiqishi,qarindoshlik aloqalari, bir oila ajdodlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan fan sohasi qanday ataladi? A) genetika C) antropologiya C) biologiya D) geneologiya 6.Qadimgi bitiklarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi fan sohasi qandayataladi? A) Sivilizatsiya B) Epigrafika C) Oykumena D) Numizmatika 7.Quyidagi tarixchilardan qaysi biri milodiy I asrda yashagan? A) Ktesiy B) Kursiy Ruf C) Arrian D) Strabon 8.Vatanimiz hududida ilk paleolit davri qaysi ming yilliklarni qamrab olgan? A) mil.avv. 40-12 ming yilliklarni B) mil.avv. 200|100-40 ming yilliklarni C) mil.avv. 200-50 ming yilliklarni D) mil.avv. 1 mln-100 ming yilliklarni 9.Miloddan avvalgi 46 yildan so‘ng qaysi yil keladi? A) 45 yil V) 47 yil S) 48 yil D) 49 yil 10.Axuramazda tomonidan yaratilgan Baqtriya «Avesto» da qanday ta’riflangan? A) baland devor va minorali B) go‘zal va bayroqlari baland ko‘tarilgan C) eng afzal va qudratli D) eng yaxshi makon va mamlakat 11. Tarixiy taraqqiyot bosqichlari, voqealarning davriy ketma-ketligini o‘rganuvchi fanni toping A) Epigrafika B) Xronologiya C) Geneologiya D) Etnografiya 12.O‘z asarlarida O‘rta Osiyo tarixi haqida ma’lumot bergan quyidagi tarixchilardan qaysi biri boshqalariga nisbatan keyinroq yashab o‘tgan? A) Geradot D) Arrian C) Strabon D) Sima Szyan 13. Qadimiy tangalarni o‘rganuvchi fan bu ... A) Geraldika C) Numizmatika C) Etimologiya D) Arxeologiya 14.O‘rta Osiyo haqida ma’lumot yozib qoldirgan Rimlik tarixchilar berilgan to‘g‘ri javobni aniqlang A) Geradot, Fukidit B)Kursiy Ruf, Pompey Trog C) Ktesiy, Ksenofont D) Arrian, Strabon 15.Kvint Kursiy Ruf qaysi yurtga mansub tarixchi bo‘lgan? A) Miletga V) Fivaga C) Rimga D) Galikarnasga 16.Qaysi qadimgi tarixchi Amudaryoni Araks deb nomlagan? A) Gerodot B) Kursiy Ruf C) Ktesiy D) Arrian 17.Qadimgi davrlardayoq “Tarix otasi” deb nom olgan mashxur yunon tarixchisini aniqlang A) Kursiy Ruf B) Ktesiy C) Gerodot D) Arrian 18.Islom Karimov qachon bir guruh tarixchi olimlar bilan uchrashib “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘k” mavzusida ma’ruza qildi? A) 1996 yilda B) 1998 yilda C) 1999 yilda D) 1994 yilda 19.Quyidagilardan qaysi biri moddiy manbalar turkumiga kirmaydi? A) mehnat qurollari B)harbiy qurol-aslahalar C)arxiv manbalari D)zeb-ziynat buyumlari 20.O‘rta Osiyo xalqlari qadimgi tarixi haqida ma’lumot beruvchi “Tarixiy yilnomalar” asarining muallifini toping A) Ban Gu B) Gerodot C) Arrian D) Sima Syan 1.Eng qadimgi odamlar faoliyatida qaysi davrga kelib urug’ jamoasiga o’tish uchun shart-sharoit vujudga kelgan? A) Temir davrida B) Bronza davrida C) Qadimgi odamlar paydo bo’lganda D) Ibtidoiy to’da davrining oxirlariga kelib 2.Ibtidoiy jamoa tuzumining qaysi davrida kamon va o’q ixtiro qilingan? A) Eneolitda B) Paleolitda C) Mezolitda D) Ilk paleolitda 3.Qaysi javobda qadimgi tarixga oid xodisalarning davriy ketma ketligi davriy jihatdan to’g’ri ko’rsatilgan? A) sopol idishlar yasash, o’q-yoyning kashf etilishi B) qoyatosh suratlarining paydo bo’lishi, vafot etganlarni ko’mish C) uy-joy qurilishi, vafot etganlarni ko’mish D) ilk qoyatosh suratlari, o’q-yoyning kashf etilishi 4.Ibtidoiy jamoa tuzumining qaysi davriga kelib odam irqlari paydo bo’lgan? A) Ibtidoiy to’da davrida B)Urug’-aymoqchilik davrida C) Temir davrida D) Qadimgi tosh davrida 5.Markaziy Osiyoda ilk paydo bo’lgan shahar quyidagilardan qaysi biri hisoblanadi? A) Poykant B) Jarqo’ton C) Varaxsha D) Afrosiyob 6.Odamzodning qadimgi ajdodlari orasida qaysi biri hozirgi qiyofadagi odamlarga yaqin turadi? A) pitekantrop B) zinjantrop C) neandertal D) sinantrop 7.Qaysi javobda qadimgi tosh davri bosqichlari to’g’ri ketma-ketlikda ko’rsatilgan? A) Mezolit, Paleolit, Neolit, Bronza B) Paleolit, Neolit, Bronza, Mezolit C) Paleolit, Mezolit, Neolit, Eneolit D) Neolit, Bronza, Mezolit, Temir 8. O’rta Osiyo hududidagi birinchi o’troq dehqonchilik manzilgohini toping A) Teshiktosh B) Joytun C) Kaltaminor D) Sopollitepa 9. Teshiktosh manzilgohi qaysi hududdan topilgan? A) Surxondaryo B) Farg’ona C) Zarafshon vohasi D) Toshkent vohasi 10.Avstrolapitek so’z qanday tarjima qilinadi? A) Avstriya odami B) Maymun odam C) Janub maymuni D) Avstraliya odami 11.Mezolit davrining eng qadimgi manzilgohlaridan biri bo’lgan Qo’shilish manzili qaerdan topilgan? A) Amudaryo havzasidan B) Zarafshonning quyi oqimidan C) Farg’onaning Obishir g’oridan D) Toshkentning Bo’zsuv kanali hududidan 12.Antropogenez jarayoni xronologik jihatdan to’g’ri berilgan qatorni toping. A) sinantrop, kromanon, pitekantrop, neandertal B) pitekantrop, sinantrop, neandertal, kromanon C) zinjantrop, avstraopitek, neandertal D) kromanon, neandertal, sinantrop, pitekantrop 13.Kromanon odami qaysi davrda shakllangan? A) O’rta paleolit davrida B) So’nggi paleolit davrida C) Mezolit davrida D) Ilk paleolit davrida 14.O’zbekistonning janubida bronza davriga oid qadimiy dehqonchilik bilan shug’ullangan aholi manzilgohini toping. A) Zamonbobo B) AmirobodC) Sopollitepa D) Sarazm 15. Eng qadimgi dafn tartiblari qachon vujudga kelgan? A) Ilk paleolitda B) O’rta paleolitdaC) So’nggi paleolitda D) Mezolitda 16. Ilk paleolit davriga oid Selungur makoni qaerdan topilgan? A) Surxondaryo vohasidan B) Farg’ona vodiysidan C) Zarafshon vohasidan D) Toshkent vohasidan 17.O’rta Osiyo tarixida quyidagilardan qaysi biri qadimiyroq? A) Samarqanddagi Siyobcha yodgorligi B) Kulolchilik charxining paydo bo’lishi C) Selungur manzilgohi D) Sapollarga naqsh tushirilishi 18.Kaltaminor madaniyati qaysi davrga oid A) Mezolit B) Neolit C) Paleolit D) Bronza 19.Odamlar qoramol, tuya, xo’kiz va qo’ylarni qachondan qo’lga o’rgatganlar? A) Bronzada B) Temir asrida C) Mezolitda D) Tosh asrida 20.Odamlarning eng qadimgi mashg’uloti ... A) chorvachilik va termachilik edi B) dehqonchilik va ovchilik edi C) termachilik va ovchilik edi D) ovchilik va baliqchilik edi 4-5 ta to’g’ri javob – “qoniqarli” 6-7 ta to’g’ri javob – “yaxshi” 8-10 ta to’g’ri javob – “a’lo” Download 3.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling