Baholash mezonlari
Guruh
|
Yechim
|
Izoh
|
Guruh faolligi
|
Jani ballar
|
Baholash
|
(T-sxema,
(aniqlik,
(qo‘shimchalar
|
jadval,
xulosa)
|
(mantiqiylik)
|
(Savollar)
|
|
|
( 0,7 )
|
( 0,7 )
|
( 0,6 )
|
( 2,0 )
|
|
1
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
O’zbekiston tarixi fanidan seminar mashg’ulotlar
2-mavzu. O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari.
Seminar mashg’ulotining o‘qitish texnologiyasi
Vaqti – 2 soat
|
Talabalar soni 15-30 nafar
|
Oʻquv mashgʻulotining shakli
|
Munozarali seminar
|
Seminarda muhokama
uchun savollar
|
1.Davlatchilik tushunchasi. Vatanimiz xududida vujudga kelgan dastlabki davlatlar.
2.Yunon-Baqtriya, Parfiya, Sug’d (Sug’diyona), Qang’, Dovon davlatlari.
3.Kushon podsholigi va uning tariximizda tutgan o’rni.
4. Efatliylar, turk xoqonligi va arablar istilosi davrida Oʻrta
Osiyo.
|
O‘quv mashg’ulotining maqsadi: O’zbek davlatchiligining eng qadimgi bosqichlari va uning keyingi taraqqiyoti yuzasidan ma’ruza mashg’ulotida o’zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish.
Pedagogik vazifalar:
|
O‘quv faoliyatining natijalari:
|
-mavzu bo’yicha bilimlarni
tizimlashtirish, mustahkamlash;
-darslik bilan ishlash ko’nikmalarini
hosil qilish;
-axborotlarni tahlil qilish va o’z fikrini
ifodalash ko’nikmalarini rivojlantirish.
|
Talaba:
-mavzudagi asosiy tushunchalar, izohlar mazmun mohiyatini yorita oladi;
-Vatanimiz xududida ilk davlatchilikning yuzaga kelishiga sabab bulgan omillarni bilib oladi;
-Qadimgi davrdan yurtimizga bosqinchilik yurishlarini qilgan o’zga davlatlar va ularga qarshi ozodlik kurashlarini olib borgan qaxramonlar haqida bilib oladi;
-Arxeologik yodgorliklar misolida qadimgi davr davlatlari xaqida aniqroq ma’lumotlarga ega bo’ladi.
|
O‘qitish uslubi va texnikasi
|
Munozarali seminar, suhbat, aqliy hujum.
|
O‘qitish vositalari
|
Ma’ruza matnlari, proektor, tarqatma materiallar, marker, skoch, mavzuga oid tarixiy xaritalar.
|
O‘qitish shakli
|
Jamoada va guruhlarda ishlash
|
O‘qitish sharoitlari
|
Guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya
|
Seminar mashg‘ulotining texnologik xaritasi
Bosqichlar
vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
o‘qituvchi
|
talaba
|
1-bosqich
Kirish
(10 min.)
|
1.1.Mavzuni, maqsadi, rejadagi o’quv natijalarini e’lon
qiladi, ularning ahamiyatini va dolzarbligini asoslaydi.
1.2.Seminar munozara tarzida o’tishini e’lon qiladi
1.3.Mashg’ulotidan kutilayotgan natijalarni ma’lum
qiladi.
1.4.Munozara qoidalarini eslatadi.
|
Mavzuni yozadilar va savollarga javob beradilar
|
2-bosqich.
Asosiy
(60 min.)
|
2.1.Talabalarning e’tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savol-javoblar o’tkazadi:
-“Davlat” tushunchasiga ta’rif bering.
-Vatanimiz xududida dastlabki davlatlarni vujudga kelishiga qanday omillar sabab o’lgan?
-O’rta Osiyoning qadimgi davr davlatlarini o’rganishda qanday yozma manbalarni bilasiz?
-Tumaris va SHiroq haqida nima bilasiz?
-Spitamen qanday jasorat ko’rsatgan?
2.2.Mavzuga oid tarqatma materialni talabalarga havola etadi. “Tushunchalar tahlili”, “Blits-so’rov” texnologiyalari asosida talabalar munozarasini tashkil etadi. Mavzuga oid testlarni individual tarzda bajarilishini va baholanishini nazorat qiladi.
2.3.Talabalarning qo’shimcha savollariga javob beradi.
|
2.1.Eshitadilar va javoblarni tayyorlaydilar
2.2.Talabalar savollarga o’z nuqtai-nazarlarini bildiradilar, qo’shimchalar qiladilar va savollarga javob beradilar.
|
3-bosqich
Yakuniy
(10 min.)
|
3.1.Seminar mashg’ulotini yakunlaydi, savollar bo’yicha xulosalar chiqaradi, munzara ishtirokchilarini baholaydi.
3.2.Mustaqil ish uchun vazifa beradi.
|
3.1.Eshitadilar. Xulosalarni yozib oladilar.
3.2.Topshiriqni yozib oladilar.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |