O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti


Munozara oldidan talabalar uchun tarqatma materiallar. Vatanimiz xududida vujudga kelgan dastlabki davlatlar


Download 3.87 Mb.
bet66/202
Sana28.10.2023
Hajmi3.87 Mb.
#1728891
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   202
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi

Munozara oldidan talabalar uchun tarqatma materiallar. Vatanimiz xududida vujudga kelgan dastlabki davlatlar.
QADIMGI BAQTRIYA PODSHOLIGI. Qadimgi Baqtriya «Avesto» da «Go’zal, tug’lari yuksak ko’tarilgan» mamlakat sifatida ta’riflanadi. Baqtriya haqidagi qadimgi ma’lumotlar Naqshi Rustamdagi Bexstun qoyasi va Eron shohlari Persepol yozuvlarida ham uchraydi. Persepolda Baqtriyaliklar 15 joyda (jumladan, idish ko’targan va tuya yetaklashgan xolda) tasvirlangan. Baqtriya haqida qadimgi yunon tarixchilari – Gekatey Gerodot, Ktesiy, Strabon, Kurtsiy Ruf, Arrian, Diador, Pliniy va boshqalar qimmatli ma’lumotlar qoldirganlar. Jumladan, Ktesiy Ossuriya podishosi Ninning Baqtriyaga qilgan yurishi, Baqtriya podishosi Oksiart va uning xazinasi haqida xabar beradi. Ktesiy asarlarida tasvirlangan xalqlar orasida Baqtriyaliklar birinchilardan bo’lib tilga olinadi. Gerodotning «Tarix» asarida Ahmoniylar imperiyasi tarkibiga kirgan 20 ta satraplik va 70 xalqlar orasida Baqtriya va baqtriyaliklar Ariananing jovohiri sifatida tariflaydi. Ko’pchilik mualiflar baqtriyaliklarni «jangovor», «botir», ko’p sonli halq sifatida tariflaydilar. Mamlakatda mastahkamligi sababli «zabt etib bo’lmaydigan» ko’plab joylar, shu jumladan, poytaxt Baqtra (Balx) bor edi.
Ktesiyning «Persika» asarida Baqtriyaning ko’plab qal’alari va istehkomlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Baktriya xududidan mil.avv. 1- ming yillikning 1 yarmiga oid 240 dan ortiq uy-qo’rg’onlar, qal’alalar va shaharlar qoldiqlar tekshirilgan. Baqtriya daryo va vohalardan iborat beshta viloyat ( Surxon, Balxob, Kofirnixon-Vaxsh, Panj, Ko’kcha-Qunduz)ni birlashtirgan.
Mil.avv. VII asrlarda qadimgi Baqtriya davlati tarkibiga Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vodiylari va ularga chegaradosh viloyatlar kirgan. Bu vaqtda Baqtriya va Sug’dning Ko’ktepa, Afrosiyob, Qiziltepa, Uzunqir, Yerqo’rg’on SHimoliy Afg’onistonda Bolo Xisor, Oltindiyor kabi markaziy shaxarlari bo’lgan. Bolo Xisor o’rnida Baqtriya podsholigining poytaxti Baqtra shahri joylashgan. SHaharlar keng maydonlarni egalagan. Ularning qalin mudofa devorlari bilan o’ralgan qo’rg’on-qal’alari ham bo’lgan.
Qadimgi Baqtriya podsholigi Ahmoniylar davlati tomonidan tugatiladi. Olimlar buni ko’proq Kir II ning miloddan avvalgi 545-540 yillardagi O’rta Osiyo hududlariga yurishlari bilan bog’laydilar.

Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling