O’zbekiston respuplikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti


II.BOB. NEOLOGIZMLARNING TARJIMA QILISH USULLARI


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana04.08.2020
Hajmi0.59 Mb.
#125462
1   2   3   4   5
Bog'liq
iqtisodiy matnlarda neologiznlarning tarjima qilinishi


    

II.BOB. NEOLOGIZMLARNING TARJIMA QILISH USULLARI 

                  2.1. Neologizmlarning  tarjimada ifodalanishi   

    Bizga ma`lumki, turli tillarda so`zlashuvchi xalqlar vakillari bir birlari bilan 

munosabatda  bo`lganlarida  azaldan  tarjimon  yordamiga  ehtiyoj  sezganlar.  Savdo 

sotiq ishlari , diplomatik munosabatlar va madaniy ma`rifiy aloqalar paytida hamma 

vaqt  tarjimaga  zarurat  tug`ilgan  .  Mamlakatlar  o`rtasida  o`rnatila  boshlagan  aloqa 

munosabatlar turli tuman xujjatlarning o`zga xalqlar tillariga tarjima qilishni taqozo 

etgan .  

    Tarjima  qardosh  xalqlar  tillari  hamda  xorijiy  tillarni  o`rganishning  muhim 

shartlaridan  biri  sifatida  o`quv  jarayoning  barcha  bosqichlari  bilan  chambarchas 

bo`g`liq bo`lib , u o`quvchi va talabalarning o`rganilayotgan tillarni emas , ona tili 

hodisalarni ham ongli ravishda o`zlashtirishlariga ko`maklashadi. 

   Butun hayot jabhalarini qamrab olgan taraqqiyot va ilmiy-texnik revolutsiya 

va u bilan bog`liq bo`lgan xalqaro xamkorlik va kutilayotgan demografik portlash 

va  boshqa  mavjud  bo`lgan  muhim  sivilizatsiyalar  davlatlararo  aloqani  va  xar  xil 

tilda gaplashuvchi elat va millatlar jamiyatning rivojlanishiga olib keladi.  


 

25 


 

 

 



       Tarjimaning  maqsadi    A.Feodorov  takidlashicha  :  “  Tarjima  chet  tilini 

bilmagan o`quvchini mumkin darajada matn bilan yaqindan tanishtirishdan iborat “. 

      Ya.I.Resker  tarjimaga  quyidagicha  aniqlik  kiritadi  :  “Tarjima  boshqa  til 

birliklari orqali mazmun va uslub birligini saqlagan holda asl nusxani qayta ishlash 

demakdir”. 

     Tarjima  murakkab  jarayondir.  Asl  nusxani  aniq  va  to`g`ri  mazmunini  uzatish 

uchun  faqatgina  to`g`ri  keladigan  so`zlarni  topish  kifoya  emas  ,  lekin  Grammatik 

shakl va birliklarni ham o`z ichiga olishi kerak .  

Turli  tillarning  semantik  sestemalaridagi  tafovut  –  bu  shubhasiz  dalil  –ko`plab 

qiyinchiliklarning manbai hisoblanadi. 

 Tarjima jarayoniga psixologiya sohasidan qaralganda unga ikkita aqliy jarayon: 

tushunish  va  nutqqa  ko’chirish;  Birnchidan  agar  tarjimon  asliyat  tili  taklifini 

tushunsa, ya’ni o’zining aqliy rejalashtirishiga ko’ra ma’lumotni qisqartirsa undan 

keyin  esa  u  rejalashtirgan  tushunchani  tarjima  matnida  kengaytiradi.  Muammo 

shundaki  bu  aqliy  jarayonlarni  to’g’ridan-to’g’ri  ko’rib  bo’lmaydi  va  bu 

rejalashtirish nima ekanligi  hamda ma’lumotni qisqartirish va kengaytirish qanday 

amalgam  oshishi  haqida  tushunchaga  ega  emasmiz.  Shuning  uchun  tarjima 

jarayoni boshqa yo’l bilan ta’riflanishi kerak.  

Tarjima qilish jarayonida quyidagi muammolar yuzaga keladi .  

   1.    Leksik  muammo  :  Tarjima    qilinayotgan  tilda  (chet  tili  leksik  )  birliklarning 

muqobil variantlari yo`qligi.  

   2. Stilistik muammo : Netral so`zlardan tashqari , ayrim aniq janrlar doirasidagina 

qo`llanadigan ayrim so`z va so`z birikmalarining mavjudligi.  

   3.  Grammatik    muammo  :    Grammatik  vositalarning  boshqa  bir  chet  tilida 

yo`qligi . 

    Xalqlarning  turli  tabiy,  iqtisodiy  –  ijtimoiy  –siyosiy  sharoitida  yashashlari 

natijasida  ularning  ongi  ,  dunyoqarashi  va  alohida  turli  maxsus  tushunchalar  va 

normalar , prinsiplar qaror topadiki, bularning hammasi ham tilda aks etadi . Lekin 

,texnik taraqqiyot rivojlanishida boshqa bir davlatda paydo bo`lgan tushunchalarni 


 

26 


 

 

 



anglatuvchi  neologizmlar  boshqa  bir  tilda  muqobil  variantga  ega  emasligi  ham 

mumkin. 


Chunki,  har  bir  tirik  til  tanaffuzsiz  o`zgarish  va  jadal  taraqqiyotda  bo`ladi.  Uning 

olg`a  siljuvchi  komponentlaridan  biri  lug`at  hisoblanadi  .  Boshqa  til  jabhalariga 

qaraganda  ,  hammadan  oldin  leksik  katta  dinamika  orqali  uning  kengayishi  va 

o`zgarishi va rivojlanishi isbotlab berilgan .  

   Muqobil variantga ega bo`lgan leksika – bu shunday so`z yoki so`z birikmasi til 

taraqqiyoti bosqichlarida paydo bo`lgan narsalar , jarayonlar va borliqni anglatuvchi 

so`zlar bo`lib , ular tarjimada muqobil variantga ega emas. Muqobil variantga ega 

bo`lmagan    leksikalar  sifatida  bitiruv  malakaviy  ishimizning  asosi  bo`lgan 

“iqtisodiy atama” larni misol keltirish mumkin . 

     Iqtisodiy  matnlarni  tarjima  qilishda  asosan  ,  o`zbek  tilida  muqobil  variantlarni 

topish yoki  muqobili topilmasa , quyidagi tarjima usullaridan foydalanilaniladi : 

     1. Transkripsiya. 

 

     2. Transliteratsiya. 



     3. Kalkalash. 

     4. Tasviriy yoki ta`rifiy ifoda . 

  Transkripsiyalash -  tarjima amaliyotining hozirgi vaqtda transkripsiyalash metodi 

diqqatga molik ravishda eng keng tarqalgan bo`lib , u so`zning orfografik shaklini 

berishga  emas  ,  balki  fonetikasini  bera  oladi  .  O`zbek  va  ingliz  tillarning  fonetik 

sestemasining  muhim  farqiga  binoan  ,  bunday  uzatish  bir  muncha  sharti  va  bir 

qancha  ingliz  jaranglashining  ayrim  o`xshashlik  va  o`xshamasligini  ishlab 

chiqaradi. 

    Umuman  olganda  tarjimon  transkripsiyani  ishlatganda  albatta  transleteratsiya 

elementlarini chetlab o`tib ketolmaydi. Hammasini ko`rib , umuman transleteratsiya 

va transkripsiya elementlari quyidagilarda o`z aksini topadi . 

    1. Talaffuz qilinmaydigan tovushlar transleteratsiyasi . 

    2. Reduksiyalangan unlilar transleteratsiyasi . 

    3. Ikki marotablik undoshlarning transleteratsiyasi .  

    4. Mavjud bo`lgan ayrim variantlarning ya`ni , grafikdagi eng yaqinlari. 


 

27 


 

 

 



Iqtisodiy neologizmlarni transkripsiya orqali tarjima qilishga misollar . 

    Agency  –  Agentlik  –  Агентство  ,  Antique  –  Antik,(  qadimiy  narsa  )  –

Aнтиквариат  ,  Auditor  –  Auditor  –  Aудитор  ,  Audit  –  Audit  (taftish)  –  Аудит 

(ревизия),  Attestation  –    Attestatsiya  –    Aттестация  ,  Cargo  (cargo  ensurance)  –  

Kargo  (yukni  sug'urtalash)  –      Карго(cтрахoвание  груза)  ,Clause  –  Klauzula– 

(qonun,  shartnoma,  vasiyatnoma  qismi,  sharti,  tanbehi)  –  Клаузула  (условие, 

оговорка,  пункт  закона  ,  договора,  завещания),  Consignor  –  Konsignant 

(dallollar orqali chegaradan o’tadigan tovarlarning egasi) – Консигнант (владелец 

то-вара, продаваемого за гра-ницу через посредников.)  va boshqalar .  

    Transleteratsiyalash  .  Bunday  nomlanishiga  sabab  ,  tarjima  harakatida  bu 

usullarni  ishlatishda  uning  o`rniga  tovush  harakati  yoki  tarjima  qilinayotgan  chet 

tilidan  ona  tilidagi  so`zlarning  mazmunini  grafik  shaklni  berish  orqali  yuzaga 

keladi.  Biroq bu usul tarjimasiz ko`rinadiganidek , lekin dalillarga asoslansak , bu 

yerda bir-birini o`rnini bosish , uni jonlantirish uchun muhim zamin  sifatida faqat 

tarjimani  amalga  oshirish  uchun  qo`llaniladi  .  O`rnini  bosuvchi  so`z  tarjima 

qilinayotgan  tilning  dalili  bo`lib  qoladi  va  shunga  binoan  chet  tilida  ham  tashqi 

ko`rinishlari bir xil ekvivalent sifatida ishlatiladi . 

     Umuman olganda , bu yo`l tabiy til muammolaridagi doirada keng tarqalgan va 

qadimgilardan  biri  bo`lsa-da  ,u  hozirda  ham  muhim  ahamiyatga  ega  ekanligini 

davom ettirmoqda.          Haqiqatdan ham , bu usuldan foydalanish hozirgi paytda 

qator ko`plab chegaralar bilan bog`liq ( til siyosati , urf – odatlari va boshqalar ). 

     Transleteratsiya  metodi o`zbekcha harflar bilan inglizcha so`zni tashkil qiluvchi 

harflarni  berish  metodidir.  Masalan  :    “  Dotatsiya”  –  Dotation  –  Дотация- 

(tashkilot,  korxonalarga  davlat  tomonidan  beriladigan  yordam  puli,  moddiy 

yordam,  qo'shimcha  to'lov.  Asosan  zararni  qoplash  va  boshqa  maqsadlar  uchun 

ishlatiladi). 

“Diler”  –    Dealer  –  Дилер  -  o'z  hisobiga  birja  yoki  savdo  vositachiligi  bilan 

shug'ullanuvchi   ishbilarmon.     Transleteratsiya   XX asr oxirigacha tarjimonlar 

tomonidan    keng  qo`llanilgan  .  Bu  uchun  tarjimonga  ingliz  tili  talaffuzini  bilish 


 

28 


 

 

 



shart  emas  edi  ,  u  ko`rish  qobiliyati  orqali  chegaralanishi  mumkin  edi  .  Hozirgi 

vaqtda transleteratsiya deyarli barcha tarjimonlar tomonidan ishlatilayapdi . 

   Kalkalash .  Xususan , kalkalash tarjima qilish usullari ichida alohida o`rin tutgan 

holda  ,  u  to`la  tarjima  qilinadigan  va  tarjima  qilinmaydigan  leksikalar  o`rtasidagi 

o`rinni  egallaydi  .  Kalkalashning  o`zgarmasligi  ichki  formasining  o`zgarmagan 

holda  saqlanganligida  namoyon  bo`ladi  .  Kalkalashda  ikki  til  o`rtasida  to`g`ri 

keladigan  ichki  tomonlama  o`zaro  tillarda  bo`lgan    elementlar  leksik  birliklarga 

tayanadi .  O`sha leksik birliklar qurilish materiali sifatida ishlatilib , o`zlashtirilgan 

ichki  shaklni    yoki    tarjima  qilinayotgan  so`zni  tiklaydi  .    Kalkalash  –  asliyatdagi 

leksik  birliklarni tarjima  tilidagi  leksik  birlik bilan almashtirishni ko`zda  tutadi va 

tarjima  tilida  yangi  so`z  va  ibora  yasalishiga  olib  keladi:    superpower  

сверхдержава- hukumron davlat ;  mass culture -  массовая культура – ommaviy 

madaniyat;  green  revolution  -  зеленая  революция-yashil  revolutsiya  ; 

transnational -  транснациональный – transmilliy. Yoki so`zma – so`z tarjimaga 

qarindosh ekvivalentni yasash usuli sifatida – ekvivalent butunligi uni tashkil qilgan 

qismlardan  ekvivalentlarning  oddiy  qo`shish  orqali  yasaladi  .  Shundan  kelib 

chiqadiki kalkalash ko`pincha qo`shma atama so`zlarda uchraydi.  

Masalan  ,    “  Copyright  “  so`zi  ikki  qism  “copy”  va  “  right  “  so`zlaridan  tashkil 

topgan  bo`lib,    “copy”  ya`ni    nusxa  ,(mualliflik)  “  right  “  –  huquq  ma`nolarini 

beradi . Bu so`zlarning ma`nosini umumlashtirish orqali  “ Copyright “  mualliflik 

huquqi ma`nosini  ifodalaydi.  

Kalkalash  misollar  o`zbek  tili  mazmunini  vositalar  orqali  yoki  so`z  birikmasi 

morfologik shaklining qaytadan tiklanishidir .  

 Masalan ,  “ Foreign capital “ – Xorijiy mablag`. 

Shuningdek    neologizmlarni  tarjima  qilishda    “  eksplikatsiya  ”  ya`ni  izohli 

tarjimadan ham keng foydalaniladi . Bunda  asliyatdagi  leksik birlik tarjima tiliga 

tushuntirish ,izohlash orqali o`griladi va odatda ekvivalentsiz leksikalar tarjimasida 

keng foydalaniladi: 


 

29 


 

 

 



    Avtarkiya  -  (grek.autarkeia- o'z-o'ziga yetarli)-  bu o'zini o'zi    mahsulotlar bilan 

ta'minlab,  boshqalar  bilan  kamdan  kam  aloqaga  kirishishdir.  Asosan  natural 

xo'jalikka xosdir.  

    Auction    -  (lat.auction)-  «kim  oshdi»  savdosi,  ochiq  savdo  qilish.  Bu  savdo 

davomida mahsulotni eng yuqori narx bo'yicha ko'targan xaridor sotib oladi. 



   Demping  -  (ing.dumping-tashlash)-bozorni  egallash  va  undan  raqobatchilarni 

siqib chiqarish maqsadida mahsulotlarni sotuv narxiga nisbatan arzonga sotish. 



    Bulardan  tashqari  antonimik  tarjima  ham  mavjud  bo`lib  ,  bo`lib  bunda 

asliyatdagi  tasdiq  formadagi  fikr  tarjima  tilida  inkor  formada  yoki  aksincha 

berilishi kuzatiladi:     

Additional 

expenditures 

shall 

not 

be 

made 

unless 

authorized. 

–        

Дополнительные  расходы  должны  производиться  лишь  с  особого 

разрешения. -   

Qo`shimcha xarajatlar maxsus ruxsat bilangina amalga  oshiriladi .    

2.2. Iqtisodiy neologizmlar va ularning tarjimasi 

     Asrimizning  1930-40-yillari  va  1950-yillarning  birinchi  yarmida  o‘zbek 

iqtisodiyot  terminologiyasi,  asosan,  rus  tilidan  tarjima  qilingan  iqtisod  darsliklari 

va qo‘llanmalarining tili asosida tarkib topa boshladi. Shu bilan birga, ushbu soha 

terminologiyasida yuzaga kelgan ba’zi kamchilik va nuqsonlar ham yuqorida aytib 

o‘tilgan  barqarorlikka  mos  ravishda  tuzatila  bordi.  1950-yillarning  ikkinchi 

yarmidan iqtisodiyot terminologiyasi rivojlanishida yangi davr boshlandi. Bu davr 

iqtisod  fani  bilimdonlarining  iqtisod  fanini  tartibga  solish  borasidagi  ishlarini 

kuchaytirish,  o‘zbek  tili  so‘z  yasash  vositalarining  faollashuvi,  yangi-yangi 

terminlar  yasalishi  va  iste’molga  kirib  kelishi  bilan  xarakterlanadi.  Albatta,  bu 

rivojlanish  jarayonining  o‘ziga  xos  sabablari  bor.    Xususan,  iqtisod  sohasida  ona 

tili bazasida mustaqil ravishda darslik, qo‘llanma va lug‘atlar yarata oladigan, soha 

terminlarini tartibga solish bilan shug‘ullana oladigan mahalliy kadrlarni etishtirish 

muhim  vazifa  bo‘lib  qoldi.  Bunday  chora-tadbirlar  tufayli  O‘zbekistonda  iqtisod 

fani va iqtisodiyot  terminologiyasini  tartibga solish,  iqtisod  fanini o‘qitish  sifatini 

oshirish imkoniyati yaratildi.   



 

30 


 

 

 



    Umuman  iqtisodiy  so‘z  va  terminlar  uzoq  davrlar  mobaynida  yaratilgan 

leksemalardir.  Ma’lumki  har  qanday  jamiyatda  iqtisodiyot  muhim  rol  o‘ynaydi. 

Shu  sababli  iqtisodiyotga  tegishli  so‘z  va  terminlar  aniq,  lo‘nda  va  mantiqan 

asoslangan bo‘lmog‘i lozim.  

     O‘zbek  iqtisodiy  terminologiyasida  milliylik  va  baynalmilallik  masalasi 

murakkab  masaladir,  chunki  u  nafaqat  o‘zbek  tilida  balki  boshqa  tillarda  ham 

etarlicha hal qilinmagan.  

      Ma’lumki,  terminni  tilga  qabul  qilish  murakkab  jarayon  hisoblanadi.  Chunki 

o‘zbek  tilining  tovush  tizimi  va  grammatik  qurilishi  termin  qo‘llanilayotgan 

tilnikidan  keskin  farq  qiladi.  Shu  bilan  birga  kirib  kelayotgan  so‘z  yoki  termin 

aynan o‘z ma’nosida boshqa tilda qo‘llanilmasligi mumkin. Ba’zan esa terminning 

kirib  kelish  jarayonida  ma’no  o‘zgarishlar  ro‘y  beradi.  Ma’lumki,  terminlar  bir 

tildan ikkinchi tilga o‘tayotganida bir qator xususiyatga ko‘ra farq qiladi.  

      Xususan  fonetik  yoki  tovush  jihatidan  qabul  qilinayotgan  iqtisodiy  so‘z  yoki 

termin o‘zbek tilining tovushlariga mos bo‘lishi lozim. Mos kelmaydigan tovushlar 

esa  tushib  qoladi  yoki  almashinadi.  O‘zbek  tiliga  kirib  kelgan  va  kelayotgan 

iqtisodiy so‘zlarning asosiy qismini rus va evropa tillarning leksikasi tashkil etadi.  

Rus  tilidan  kirib  kelayotgan  so‘z  va  terminlar  og‘zaki  va  yozma  nutq  orqali 

o‘zlashtirilmoqda.  Oldingi  mashg‘ulotlarda  rus  tilidan  o‘zbek  tiliga  o‘tgan 

iqtisodiy so‘zlarni ikki guruhga ajratgan edik:  

1. XIX asrning ikkinchi yarmidan XX asrgacha.  

2. XX asrning boshidan 90-yillargacha.  

     Mustaqillikdan  so‘ng  rus  tilidan  iqtisodiy  so‘zlarni  o‘zlashtirishda  qonuniy  va 

ongli yo‘l tanlandi. Mustaqillikka qadar ko‘pgina iqtisodiy so‘zlarning rus tilidagi 

va o‘zbek tilidagi variantlari parallel qo‘llanilgan edi:  

Soliq - nalog  

Iqtisodiyot - ekonomika  

Foiz - protsent  

Mustaqillikdan so‘ng o‘zbek iqtisodiy terminologiyasida o‘ziga xos yo‘l tutildi.  

Bu quyidagilardan iborat:  


 

31 


 

 

 



1.  Ruscha  baynalmilal  iqtisodiy  terminlar  o‘zbek  tilida  aynan  tarjimasiz 

qo‘llanilmoqda: valyuta, dollar, kredit, banknot, akkreditiv, lizing, forfeting, libor 

va boshqalar.  

2. Ruscha baynalmilal iqtisodiy terminlarning ba’zilari tarjima qilindi yoki uning 

o‘zbek  tilidagi  muqobillari  qo‘llanila  boshlandi:  anketa-so‘rovnoma,  defitsit-

taqchil,  biznesmen-bizneschi,  litsenziya-ruhsatnoma,  kapital-mablag‘,  reforma  - 

islohot.  

     Umuman  baynalmilal  iqtisodiy  so‘zlarni  o‘zbek  tiliga  qabul  qilishda  ko‘p 

jihatlarni e’tiborga olmoq lozim. Iqtisodiy termin o‘zbek tiliga kirib kelayotganda 

uning  quyidagi  jihatlariga  e’tibor  berish  kerak  bo‘ladi:  terminning  o‘zbek  tilini 

tovush  tizimiga  mosligiga;  uning  o‘zbekcha  muqobili  bor-yo‘qligiga;  kalka  yoki 

tarjima  qilish  zaruriyatiga;  iqtisodiy  terminning  mazmuniga;  uning  sodda  va 

ravonligiga; mohiyatiga va o‘ng‘ayligiga.  

     Boshqa  tillardan  o‘zbek  tiliga  kirib  kelayotgan  iqtisodiy  terminlar  dastlab 

mutaxassislar  va  atamaqo‘m  muhokamasidan  o‘tmog‘i,  so‘ngra  Oliy  Majlisning 

tegishli  qo‘mitasidan  tasdiqlanmog‘i  lozim.  Ana  shundagina  bunday  iqtisodiy 

terminlar qonuniy kuchga kiradi va ularni bemalol qo‘llash mumkin.  

     Mamlakatimizda  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  jarayonida  tilimizga  ko‘pdan-ko‘p 

terminlar  (neologizmlar)  kirib  kelmoqda.  Bularning  muayyan  qismi  ona  tilimiz 

imkoniyatlari  asosida  o‘zbekchalashtirib  berilmoqda,  ma’lum  qismi  esa 

baynalmilal o‘zlashma sifatida ishlatilmoqda.  

Iqtisodiyot  terminlarining  o‘zbek  tilida  qo‘llanilishida  quyidagi  holatlarni 

kuzatish mumkin:  

1.  Ko‘plab terminlar tilimiz imkoniyatlari asosida o‘zbekchalashtirilgan. Bunda 

bir  guruh  terminlar  o‘zbek  tilidagi  tayyor  muqobillari  bilan  berilmoqda,  ma’lum 

qismi  esa  tarjima  qilinib  ishlatilmoqda,  bir  qismi  esa  o‘zbek  tili  qonun-qoidalari 

asosida  yasalmoqda.  Masalan:  auktsion-kimoshdi,  makler-dallol,  kommersant-

tijoratchi,  komissionnie  voznagrajdeniya-vositachilik  haqi,  ekonomika-iqtisodiyot, 

chek  na  pred’yavitelya-oq  chek,  shaxssiz  chek,  aktsioner-aktsiyador,  biznesmen-

bizneschi va hokazolar.  


 

32 


 

 

 



     2.  Yana  bir  usul  dunyoning  ko‘pchilik  mamlakatlarida  ishlatilib  kelinayotgan 

baynalmilal  terminlarning  o‘zbek  tiliga  ham  o‘z  holicha  o‘zlashtirilishidir.  Bu 

o‘rinda  shuni  ta’kidlamoq  zarurki,  yangidan  kirib  kelayotgan  terminlarning 

hammasiga ham o‘zbekcha muqobilini topish qiyin. Shuning uchun ularning asosiy 

qismi  dunyoning  ko‘pchilik  mamlakatlari  tillarida  bir  shaklda  o‘z  asl  holicha 

ishlatiladi va bu qo‘llanish dunyo bizneschilari axborot almashinuvi uchun qulay. 

Masalan:  korrupsiya,  kredit  ,  eksport  ,  grant  ,auditor,  avizo,  valyuta,  lizing, 

menedjer, litsenziya , biznesmen , norezident 

     3.  Terminlarning  ma’lum  qismi  turli  muqobillarda  har  xil  qo‘llanildi. 

Chunonchi,  rus  tilidagi  “aktsionernoe  obshchestvo”  termini  o‘zbek  tilida 

aktsionerlik  jamiyati,  hissadorlik  jamiyati,  aktsioner  jamiyat  kabi  variantlarda, 

barter”  termini  mol  ayraboshlash,  tovar  ayriboshlash,  muvozanat,  barter 

variantlarida,  “  broker  ”  termini  broker,  dallol,  kelishtiruvchi,  bitishtiruvchi, 

vositachi  variantlarida,  “demping”  termini  esa  demping,  arzonga  sotish,  narxni 

tanlash, molni chetga juda past narxda sotish kabi variantlari ishlatilyapti. Albatta, 

bunday  har  xilliklar  soha  mutaxassislarini  chalkashtiradi,  axborot  almashinuvini 

qiyinlashtiradi.  Shuning  uchun  terminologiyadagi  asosiy  printsip  -  “bir 

tushunchaga  bitta  termin”  ishlatilishiga  erishish  eng  dolzarb  masala  bo‘lib 

qolmoqda.  

     Yuqorida  aytilganlardan  ma’lumki,  iqtisodiyot  terminologiyasida  bir  yo‘la  bir 

necha  muammolar  kelib  chiqdi.  Uning  echimini  iqtisodchi  va  tilshunos  olimlar, 

mutaxassislar,  atamashunoslar  bilan  birgalikdagina  topish  mumkin.  Vazirlar 

Mahkamasi  huzuridagi  Atamashunoslik  qo‘mitasi  buni  hisobga  olib,  Toshkent 

Davlat  iqtisodiyot  universiteti,  Toshkent  moliya  instituti  hamda  O‘zFA 

Tilshunoslik  instituti  bilan  hamkorlikda  1996  yil  30  oktyabrda  “Iqtisodiyot 

terminlarini tartibga solish masalalari”ga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferentsiya 

o‘tkazdi.  Unda  oliy  o‘quv  yurtlari  iqtisodiyot  kafedralari  va  iqtisodiyot  ilmiy 

mutaxassislari 

xodimlari, 

tilshunoslar, 

atamashunoslar 

ishtirok 

etdilar.        

Atamashunoslik  qo‘mitasi  xodimlari  iqtisodiyot  terminologiyasidagi  variantlilik-

bir  tushunchani  o‘zbekchada  turli  muqobillarda  ifoda  etish  holatlarini  to‘plab 


 

33 


 

 

 



chiqish va ularni “Bozor iqtisodiyotiga oid ayrim terminlarning qo‘llanishi” jadvali 

holiga  keltirdi.  Unga  o‘zbek  tilida  turli  shakllarda  qo‘llanayotgan  baynalmilal 

terminlargina  kiritildi.  Mazkur  jadval  ko‘paytirilib,  konferentsiyadan  ancha  oldin 

iqtisodiyotga oid oliy o‘quv yurtlari, ilmiy muassasalar mutaxassislariga tarqatildi. 

Jadvalda  qo‘llanayotgan  muqobillardan  qay  birini  tanlash  mumkinligi  haqida 

Atamaqo‘mning  dastlabki  tavsiyasi  berilgan  bo‘lib,  olimlar  va  mutaxassislar 

takliflari uchun maxsus ustun ochiq qoldirilgan edi. Ilmiy-amaliy konferentsiyada 

oldindan takliflar olinib, o‘rganildi va oxirgi tavsiya shakllandi.  

    Konferentsiya  davomida  bu  tavsiyalar  asosan  ma’qullandi,  bildirilgan  fikr-

mulohazalar asosida yanada takomillashtirildi. Ma’lumki, yangi tahrirdagi “Davlat 

tili  haqidagi”  Qonunning  (1995  yil  21  dekabr)  7-moddasida  “Yangi  ilmiy 

asoslangan  neologizmlar  jamoatchilik  muhokamasidan  keyin  va  Oliy  Majlis 

tegishli  qo‘mitasining  roziligi  bilan  o‘zbek  tiliga  joriy  etiladi”  deyilgan. 

Atamaqo‘m  ana  shu  qoidaga  amal  qilib,  ilmiy-amaliy  konferentsiyada 

ma’qullangan  iqtisodiyotga  oid  bir  guruh  terminlarni  amalga  joriy  etishga  ijozat 

so‘rab  Oliy  Majlisning  Fan,  ta’lim,  madaniyat  va  sport  masalalari  qo‘mitasiga 

murojaat etdi. Oliy Majlis Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 

“O‘zbek  tiliga  yangi  neologizmlarni  joriy  etish  xaqida”  1996  yil  24  dekabrdagi 

qarorida  shunday  deyiladi:  “O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi 

xuzuridagi  Atamashunoslik  qo‘mitasi  tomonidan  kiritilgan  “Bozor  iqtisodiyotiga 

oid  ayrim  terminlarni  qo‘llanish  jadvali”  qo‘mita  a’zolari  va  qo‘mita  qoshidagi 

o‘zbek  tiliga  yangi  neologizmlarni  joriy  etish  bo‘yicha  ekspert  guruhi  a’zolari 

tomonidan  bildirilgan  taklif  va  mulohazalarni  (ilovaga  muvofiq)  inobatga  olgan 

holda  ma’qullansin  va  uni  amaliyotga  joriy  etishga  rozilik  berilsin”.  Davlat  tili 

haqidagi  Qonunga  asosan  Oliy  Majlis  qo‘mitasi  tomonidan  ma’qullanib  joriy 

etilayotgan  ushbu  neologizmlarga  matbuotda, ommaviy  axborot  vositalarida,  turli 

vazirlik, qo‘mita va idoralarda ish yuritishda amal qilinishi shart.  

Mamlakatimizda  bozor  iqtisodiyoti  mexanizmlarining  takomillashuvi  natijasida 

xususiy  mulkchilikning  barcha  shakllari  rivojlanib,  tadbirkorlik  faoliyatiga  keng 

yo’l ochilmoqda, natjada chet davlatlar bilan oldi-sotdi ya`ni export-import ishlari 



 

34 


 

 

 



amalga  oshirilmoqda  bu  borada  esa  chet  tilini  bilish  juda  muhim  ,  xususan 

iqtisodiy neologizmlarni tushunish har birimizga kerak. Bu borada  Respublikamiz 

Prezdenti I.A.Karimovning nutqini esga olaylik: 

      “Mamlakatimiz  ijtimoiy-siyosiy  ,ma`naviy-iqtisodiy  islohotlarni  amalga 

oshirishga  jahon  andozalari  darajasi  bilim  olgan  zakovatli  ,  har  tomonlama 

barkamol,  dunyoqarashi  keng  milliy  kadrlarni  tayyorlashda  chet  tilining  xizmati 

katta” (I.A.Karimov “Barkamol avlod orzusi” , Toshkent-2000 , 91-bet) 


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling