O’zbekiston respuplikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti


Ilmiy matnlarda iqtisodiy neologizmlar tahlili


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana04.08.2020
Hajmi0.59 Mb.
#125462
1   2   3   4   5
Bog'liq
iqtisodiy matnlarda neologiznlarning tarjima qilinishi


                      2.3. Ilmiy matnlarda iqtisodiy neologizmlar tahlili   

     Ilmiy-texnik  matnlardagi  neologizmlar  tarjimasi  kitoblar  ,ensiklopediya  , 

gazeta, jurnal va boshqalar to’liq matn mag’zi va sohalariga javob berish kerak. U 

bilim  olishga  to’liq  javob  berish  kerak  .  Matn  mazmun  mohiyati  urg’ulari 

tarjimada asosiy ro’l o’ynaydi ya’ni uni matn mag’zini ochib berishga qaratiladi.  

Ilmiy-texnik neologizmlarni quyidagilar tashkil etadi : 

     1.  Ko`plab  ma`lum  bir  sohani  ifodalovchi  umumiste`moldagi  so`zlarning 

ishlatilishidir.  Bunday  holatda  atama  bu  so`zning  ma`lum  ma`nolaridan  biri 

hisoblanadi  .  Masalan,    change  so`zi  o`zgartirmoq  ,  ayriboshlamoq,  chaqa  , 

mayday pul   ma`nolarida atama bo`lib ishlatiladi . 

    He had to change his money   

    U pulini maydalashga majbur bo`ldi  

    Он должен был изменить свой деньги 

    2.Umumtexnik neologizmlar ma`lum bir fan texnika sohasiga oid neologizmlar , 

masalan: Account – Hisob -kitob – Расчет ,  Accountance balance – Buxgalteriya 

balansi  –  Бухгалтерский  баланс    ,  Advice  –  Bildirish, xabarnoma  –  извещение, 

уведомление.  

     Advice so`zi - bildirish, xabarnoma ma`nolarini anglatishdan tashqari  maslahat 

ma`nosini ham anglatadi. 

      3. Bir sohani ifodalovchi maxsus neologizmlar. Masalan,  bank of circulation –

emissia  banki  –  эмиссионный  банк  ,    bank  of  deposit  –  depozit  bank  – 

депозитный банк ,    bank of discount – hisob banki  – учетный банк. 



 

35 


 

 

 



Bunday  holatlarda  bu  neologizmlar  bir  sohaga  ya`ni  bank  sohasiga  oid  maxsus 

so`zlardir. 

     4.Zamonaviy 

texnik 


neologizmlarda 

bir 


necha 

sohalarda 

turli 

ma`nolaranglatuvchi  neologizmlarga  duch  kelishimiz  mumkin.    Masalan,  current 



density  –  tok  zichligi  ,  oqim  zichligini  ifodalasa  ,  current  price  –  joriy  baho  –  

текущая  цена  kabi  turli  sohaga  oid  tushunchalarni  ifodalaydi.  Ko`p  ma`noli 

neologizmlar  albatta  tarjimada  o`zigsa  xos  qiyinchiliklar  tug`diradi.  Bunday 

holatlarda  tarjimada  kontekst  alohida  o`rin  tutadi,  chunki      bu  tarjimon  qaysi 

sohaga  oid  matn  tarjima  qilayotganligiga  bog`liq  .  Neologizmlarning  o`ziga  xos 

xususiyatlari bu aniq bir tushuncha, jarayon yoki xodisani ifodalab , bir ma`nolikka 

intilishdir.  

    Quyida biz ayrim  ilmiy-texnik  matnlardagi iqtisodiy  atama  -  so`zlar  tuzilishida 

atributivlik  xususiyati  keng  qo`llanilishini  ko`rib  o`tamiz  .    Asosiy  komponent 

odatda  ,  oxirgi  o`rinda  turadi.  Aniqlovchi  komponent  atama  tomonidan 

ifodalanayotgan  tushuncha  ,  jarayonning  xususiyatini  ifodalaydi.  Atributivlik 

aloqasi quyidagicha tuziladi: 

    1. Predlogli birikmalar orqali: 

   A claim for money –  Pul da‘vosi –  Денежный иск   

   Abandonment of goods –  Tovarlarni qoldirish –  Оставление товаров 

   After-payment –  Keyingi, qo‘shimcha to‘lov –  последующий платеж 

   Balance in hand – Naqd pul –  денежная наличность 

   Balance of payment – to‘lov balansi – Платежный баланс 

   Bank of deposit – depozit bank  – депозитный банк 

   Carry out – bajarmoq – Исполнять , выполнять 

    2. N + N birikmasi orqali : 

    Bank certificate – Bank sertifikati –  Банковский сертификат 

    Bank confirmation Bank tasdig‘i Банковское подтверждение 

    Calculation number Hisob – kitob raqami Расчетный номер 

    Calendar year Kalendar yili Календарный год 

    Credit card – Kredit kartasi – Кредитная карта  



 

36 


 

 

 



    Draft budget– byudjet loyihasi – проект бюджета 

    Export duty – Eksport boji –  Экспортная пошлина  

    Entry visa –  Kirish vizasi – Въездная виза 

    3. Ilmiy texnik matnlarda keng tarqalgan  Adj. + N orqali: 

    Economic growth  –  iqtisodiy o’sish –  Экономический рост 

    Foreign market – Tashqi bozor – Внешня рынок   

    False bankrupt – Soxta bankrotlik – Лже  банкротство  

    Financial statements –  Moliyaviy hisobot –  Финансовый отчет 

    

Basic price –  Asosiy narx – Базисная цена.



 

     4. Participle I + N orqali : 

     Briefing aids – Ko`rsatma – Инструкция  

     Carrying capacity –Yuk ko’tarish qobiliyati – Грузоподъёмность 

     Clearing Bank – Hisob-kitob banki – Расчетный (клиринговый) 

банк 


     Carrying charge – Saqlash qiymati – Стоимость хранения  

     Handling capacity – O’tkazish qobiliyati – Пропускная способность  

     Lending bank – Kreditor bank – Банк-кредитор  

     5. Participle II + N  orqali : 

       Cardonised cargo –  Qutilardagi yuk – Груз в коробках 

       Packed goods – O’ralgan yuk – Груз в пакетах 

 

       Damaged cargo – Shikastlangan yuk – Испорченный груз 



       Directed cargo – Manzilga ega yuk – Адресованный груз 

       Deferred payment  –  Muddati uzaytirilgan to’lov – Отсроченный платеж 

взимаемый при задержке 

 

      Declarated income, profit – Bayon etilgan daromad – Объявленный доход 



      Finished goods – Tayyor mahsulot – Готовая продукция .  

      Retained earnings – Taqsimlanmagan foyda – Нераспределенная прибыль 

     Hamisha  qo’llanadigan  so’zlar  ular  ko’p  manoni  yoki  ilmiy  texnikaviy  har  xil 

buyumlar ma’nosini matnda almashtirishga e’tibor qaratish lozim.  

 Ayrim iqtisodiy terminlarga qaraydigan bo`lsak ,  


 

37 


 

 

 



  masalan:    Ingilizcha  “  balance  ”    termini  “  muvozanat”  ma’nosini  bildiradi.    “     

balance  of  payment  “    so`z    birikmasini    “to‘lov  balansi”    deb  tarjima  qilinsa  , 

“balance in hand”  so`z  birikmasi   

 “naqd pul” deb tarjima qilinadi  .                                 

     Bu  so’zlar  matnda  kelishiga  qarab  turlicha  ma’nolarlarni  anglatishi 

mumkin.Masalan: ” balance of an account” so`z  birikmasi 

“ hisobdagi qoldiq “  va  “balance in one’s favour” - kimningdir foydasiga qoldiq 

ma`nosini bildiradi. 

     Bunday  ma’noni  bildiruvchi  so’zlar  ma’no  va  mohiyati  jihatidan  matnda 

kelishiga  tarjimon  to’g’ri  tarjima  qilishiga  to’sqinlik  qilishi  mumkin.  Shuning 

uchun  matnning  mavzusi  maqsadi, mohiyati va  nimani  anglatishiga  qarab  tarjima 

qilish kerak. Ilmiy va ilmiy texnik matnlar tarjimasini ko’pchiligi umumiy tayyor 

qo’llaniladigan so’zlardan foydalanish ilmiy adabiyotda qo’llaniladi. 

    Ilmiy va ilmiy texnikaviy so’z tarjimasi maxsus zaxirasi bo’lgani bilan asl so’z 

mohiyatini  chiqarib  olish  uchun  atalishdan  tashqari  tarjimon  lug’atdan  to’liq 

foydalanishi kerak. Tarjimada aynan ilmiy belgilangan so’zlardan tashqari so’zlar 

so’zma  so’z  tarjima  qilinmasligi  ham  mumkin.Ammo  matn  mag’zi  tarjima 

qilinayotganda tilni mazmunini ifodalab berish kerak. 

    Tarjimani ilmiy matn mazmunini asosiy vazifasidan biri  aniq variantga tushib 

olishdir. 

1-variant.Milliy til so’lari. 

2-variant. Kerak bo’lgan o’rindosh so’zlar. 

3-variant. Mazmun mohiyati jihatidan tushunishi qiyin qisqa so’zlar  

      Umuman  biz  ilmiy-  texnikaviy  matnlar  keng  ma’no  ko’rinishini  ilmiy,  ilmiy 

texnikaviy  matnni  o’z  nomi  bilan  rang  barang  tushunishimiz  mumkin.  Umumiy 

matn  har  xil  ko’rinishdagi  so`z  birikmalari  va  katta-kichik  bo’laklardan  har  xil 

neologizmlardan iborat bo`lishi mumkin . 

      Ilmiy texnik matn nuqtai nazaridan umumiy ensiklopediya texnik so’rovnoma 

maxsus  texnik  tahlillar,  texnik  qo’llanmalar  qayta  xususiy  o’xshash 


 

38 


 

 

 



fanlar,ommaviy  matn,  kitoblar,maqollar,  aniq  texnik  adabiyot  va  gumanitar  fan, 

har xil o’quv kitoblari, monografiya va boshqalar kamchilikni tashkil qiladi. 

       Bu  ko’rinishdagi  tarjima  matnlar  o’zining  asliyatliligi  va  jozibaviy 

ko’rinishiga ega va rang-barang ko’rinish xarakteriga xosdir.  

Yuqorida  takidlab  o`tkanimizdek,  ilmiy-texnik  matnlardagi  neologizmlar 

tarjimasi  turli  xil  gazeta,  kitoblar  ,ensiklopediya  ,  jurnal  va  boshqalar  to’liq  matn 

mag’zi  va  sohalariga  javob  berish  kerak.  Shuningdek  u  bilim  olishga  ham  to’liq 

javob berish kekak .  

Matn mazmun mohiyati urg’ulari tarjimada asosiy ro’l o’ynaydi ya’ni uni matn 

mag’zini ochib berishga qaratiladi.   

     Umuman olganda tarjima jarayonida mavjud bo’lgan modellar biz ekvivalentlik 

ma’nosida  chiqqan  tushunchalarga  tayangan  bo’ladi,  masalan,  holat  (yoki tashqi)  

model  original  matn  va  tarjimada  tasvirlangan  situatsiyalarning  ochib  berilishiga 

tayangan  bo’ladi  va  semantik  transformatsion  model  esa  har  xil  tillarda  negiz 

tushuncha va markaziy strukturalarning o’xshashligini borligini taklif qiladi. 

   Bu  takliflar  muhim  tarjima  ko’rinishlarini  tushuntirishi  mumkin  deb  ta’rif 

qilinadi.  Boshqacha  aytganda  tarjimon  original  matndan  ekvivalentlik  tildagi 

darajasiga va undan keyin tarjima matniga aqliy sayohat qiladi deb taxmin qilinadi.       

Tarjima  nazariyasi  bu  maqsadda    fanga  ko’p  sonli  tarjima  modellarini  kirgizish 

orqali erishadi. 

    Model  bu-  tarjima  jarayonining    fanda  qabul  qilingan  tasviri  hisoblanib, bunda 

jarayonlar tarjimon tomonidan amalga oshirilayaptimi yo’qmi e’tiborga olinmaydi. 

Masalan, situatsiya modelida ekvivalentlik darajasi ortiqcha hisoblanadi. Bu model 

tasvirlangan  faktlardir  ya’ni  nutqda  tasvirlangan  hayotiy  faktlardir.  Tarjima 

jarayoni taxminiy talqinga ko’ra tarjimon original matndan ko’ra aniq tasvirlangan 

situatsiyaga e’tibor berish hisoblanadi. 

     Yuqorida  takidlab  o`tganimizdek  ilmiy  texnikaviy  so’z  tarjimasi  maxsus 

zaxirasi bo’lgani bilan asl so’z mohiyatini chiqarib olish uchun atalishdan tashqari 

tarjimon lug’atdan to’liq foydalanishi kerak. Chunki , lug`atlarda bir so`zning turli 


 

39 


 

 

 



ma`nolari ko`rsatiladi , tarjimon esa qaysi so`zni tanlashi bu uning tarjima uslubiga 

va mahoratiga shuningdek , kontekstga ham bog`liq bo`ladi. 

     Xulosa  qilib  shuni  aytish  kerakki,  iqtisodiyotga  aloqador  birikma  terminlar 

ichida  sodda  birikma  terminlar  ko‘pligi  bilangina  emas,  balki  iqtisodiy 

tushunchalarni to‘g‘ri, aniq va ixcham tarzda ifodalab kelishi bilan ham o‘ziga xos 

afzalliklarga egadir.  



                 2.4. Gazeta materiallarida iqtisodiy neologizmlar tahlili   

     Hozirgi  O’zbekistonda  ona  tili  bilan  birga  ingliz  va  rus  tillarini  bilish 

mutaxasislik  sohasida  katta  yordam  beradi  va  sohadagi  yutuqlarni  o’rganishni 

kengaytiradi.  Hozirgi  kunda  zamonaviy  gazeta  ma’lumotlarning  ko’pchilik  qismi 

rus  va  ingliz  tillarida  kelishi  munosabati  bilan  mutaxasisga  bugun  shu  tillarni 

bilish, rus va ingliz tilidagi axborotlar bilan ishlash , matn  va muloqotdan kerakli 

ma’lumotlarni olish kabi muhim masalalar ustuvor vazifalar  hisoblanadi.  

     Hozir  xalq  orasida  bozor  iqtisodiyotiga,  ayniqsa    tadbirkorlik    va  uning 

shakllariga  qiziqish    katta.    Zero,  hayotimizning  biror-bir  sohasi  iqtisodiyotchalik 

keng  jamoatchilikning  diqqat  markazida    turmaydi  va  qiziqish  uyg'otmaydi.  Bu 

albatta tabiiy hol. bozor iqtisodiyoti bu faqat  iqtisodiy jarayon  bo'lib qolmasdan, 

ayni  vaqtda u hayotiy voqelikdir. 

     O'zbekiston Respublikasi  ham ana shunday taraqqiyot  yo'lini tanladi va undan 

dadil    odimlamoqda.  Ta'kidlash  kerakki,  bu  iqtisodiyot  pirovardida    inson  

manfaatlariga  xizmat    qilish  yotadi.  Uning  maqsadi  iqtisodiyotning  ijtimoiy 

jihatlarini  kuchaytirish,  ishlab  chiqarishni  iste'molchi  talablariga    bo'ysundirish, 

mo'l-ko'lchilik  orqali  aholi  farovonligiga  erishish,  mamlakatda  erkin  tadbirkorlik 

muhitini  yaratish  orqali  xalqimizga  azaldan  xos  bo'lgan  mehnatsevarlik, 

ishbilarmonlik,  tejamkorlik,  vaqtning  qadr-qiymatiga    yetish  kabi  xislatlarni  yana 

qaytadan shakllantirishdan iborat.   

     Yurtimizdagi  matbuot  do`konlarida  va  boshqa  turli  xil  shoxobchalarda  gazeta 

va  jurnallarga  duch  kelamiz  ,  ulardagi  ayrim  atama  –  terminlarni  o`qiganimizda  

ba`zi    notanish  neologizmlarga  duch  kelamiz  .  Bu  neologizmlar  nega  tarjimasiz 


 

40 


 

 

 



degan savolni har bir kishi o`ziga berishi mumkin , chunki shunday  neologizmlar 

borki ular hozirgi kunda ommobop bo`lib , baynalminallashib bormoqda .  

     Hozirgi  bozor  iqtisodiyotiga  o`tish  sharoitida  biz  gazeta  matnlarida  albatta 

iqtisodiy neologizmlarga duch kelishimiz tabiy hol .  

     Xususan  “  Uzbekistan  Today  “  gazetasidagi  ayrim  iqtisodiy  neologizmlar  

tarjimasinga e`tabor qaratsak : 



   Tashkent Institute of  Finance  held  a  seminar  for  students on the initiative of 

the Uzbekinvest , a national export-import insurance company.  

   Ташкентский  финансовый  институт  провел  семинар  для  студентов  по 

инициативе  Узбекинвест,  национальной  экспортно-импортной  страховой 

компанией. 

   Toshkent Moliya Instituti talabalarga milliy export-import sug`urta kompaniyasi 

o`zbek investitsyasining tashabbuskorligi haqida seminar o`tkazdi. 

      Uzbekinvest.  Ushbu  terminni  tarjima  qilishda    lisoniy  transformatsiya  turi 

bo`lgan  Kalkalash  usulidan  foydalanamiz  ,  chunki  kalkalashda  asliyatdagi  leksik 

birlikni  tarjima  tilidagi  leksik  birlik  bilan  almashtirishni  ko`zda  tutadi  va  tarjima 

tilida yangi so`z yoki ibora yasalishiga olib keladi:  

     Uzbekinvest  so`zi  o`zbek  so`zi  bilan  investetsiya  so`zini  qo`shish  orqali  yangi 

so`z  o`zbek investitsyasi hosil bo`lmoqda. 

    export-import so`zini esa transkripsiya usuli orqali tarjima qilamiz ,ya`ni bunda 

xorijiy so`zning eshitilish formasi qayta tiklanadi .  

Hozirgi  kunda  ushbu  export-import  va  investitsya  kabi  iqtisodiy  terminlar 

baynalminallashib  bormoqda.                                 

 Anglyaning  “  Financial  Times  “  gazeta  maqolasidagi  ayrim    terminlar 

tarjimasiga e`tiboringizni qaratamiz :   



  The    wide  range  of  services  ,  such  as  loans  and  insurance  packages  ,  causes 

some difficulties for the consumer to make the right choice . 

Широкий  спектр  услуг,  таких  как  кредиты  и  страховые  пакеты,  вызывает 

определенные  трудности  для  потребителей,  чтобы  сделать  правильный 

выбор. 


 

41 


 

 

 



Xizmatlarning keng ko`lamdaligi , qarzlar va sug`urta yuklari kabilar iste`molchiga 

to`g`ri tanlovda ayrim qiyinchiliklarga sabab bo`lmoqda. 

   Loans  terminini      qarzlar  deb  tarjima  qilamiz  ,  nega  ushbu  loans  o`rniga    debt 

terminini  ishlatmagan  chunki  kontekstga  loans  so`zi  mutloq  mos  keladi  ,chunki 



debt so`zining boshqa ma`nolari ham bor masalan “ burch” . Bu esa matnga to`g`ri 

kelmaydi .  

  Packages  so`zini  esa    yuklar  deb  tarjima  qilamiz  ,chunki  u  insurance-sug`urta 

so`zi bilan aniqlovchi aniqlanmish vositasida birikkan va sug`urta yuki deb tarjima 

qilinmoqda . 

  “Uzbekistan  Today  “  gazetasida  baynalminallashgan    business  terminini  , 

lisonoiy transformatsiyaning  transleteratsiya usulidan foydalanib tarjima qilamiz: 

 Small  business  and  entrepreneurship  development  has  become  a  sourse  of 

employment  for  the  majority  of  individuals  who  previously  worked  in  industry 

and collective agriculture .  

Малый  бизнес  и  развитие  предпринимательства  стала  Источник  занятости 

для  большинства  людей,  которые  ранее  работали  в  промышленности  и 

коллективного сельского хозяйства. 

   Kichik  beznes  va  xususiy  tadbirkorlik  rivojlanishi  ko`pchilik  kishilarga  ya`ni 

avvaldan sanoat va qishloq xo`jaligida ishlaganlarga xizmat manbai bo`lib qoldi . 

      Jamiyat  globallashuvi  sharoitida  milliy  ma'naviyatni,  mustaqillik  mafkurasini, 

ijtimoiy  tafakkurni  shakllantirishda  va  qaror  toptirishda,  iqtisodiy  hayotni  isloh 

qilishda va milliy o'zlikni anglashda matbuotning o'rni va ta'siri beqiyos. Shunday 

ekan, matbuot matnlarini ommabop, tushunarli, ta'sirchan, ishonchli va asosli fakt, 

ma'lumotlar  bilan  til  va  uslubga  xos  kamchiliklarsiz  o'quvchiga  etkazish  tahlil  va 

tahrir jarayonini alohida mas'uliyat, o'tkir zehn, savodlilik va mahorat bilan amalga 

oshirishni talab etadi.  

    Matbuotni zahmatkash qalam ahlining doimiy faoliyat maydoni, ijod ustaxonasi 

deyish mumkin. Unda tafakkurning, tilning fikriy va hissiy,  mantiqiy va majoziy, 

umumiy va xususiy sifatlari ajoyib bir tarzda namoyon bo'ladi.  



 

42 


 

 

 



O'zbek  tiliga  davlat  tili  maqomi  berilishi  milliy  til  mavqeini  tiklash,  uning  til 

amaliyotidagi  –  jamiyatdagi  o'rnini  belgilash,  qadr-qimmatini  muhofaza  qilish 

yo'lidagi ulkan tarixiy voqea bo'ldi. Matbuotda tub, turkiy-o'zbek so'z va iboralarni 

izlash,  yangisini  yasash,  ijod  qilish  ustuvor  jarayonga  aylanib  bormoqda.  Bu 

jarayon adabiy tilning, shu jumladan matbuot tilining ham, bir qolipdagi maromlar, 

o'zgarmasdek bo'lib qolgan lug'at tarkibi, balandparvoz bayon uslubi andozalaridan 

qutilishiga xizmat qilmoqda. 

     Milliy  matbuot  jamiyatimiz  yuz-ko'zi.  Chunki  unda  faqat  eng  so'nggi 

yangiliklar,  voqea-hodisalar  aks  etibgina  qolmay,  balki  jamiyat  globallashuv 

jarayoni  ham  aks  etmoqda.  Insonlar  gazeta,  jurnallarda  chop  etilayotgan  har  bir 

fakt,  aytilayotgan  fikr-g'oyaning  to'g'riligiga,  tahririyat  xodimlari  yuqori 

ma'naviyatli,  dunyoqarashi  keng  va  umumxalq  uchun  sidqidildan  xizmat  qilishga 

intiluvchi  oliyjanob  kishilar  ekanligiga  ishonch  hosil  qilmoqdalar.  Shu  sababli 

xalqimiz matbuotga alohida hurmat bilan qarab, jurnalistlarni jamiyatimizning eng 

ziyoli kishilari, deb baholashadi.  

 

 



                                         

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

43 


 

 

 



                                          XULOSA VA TAKLIFLAR 

Keyingi  o`n  yilliklar  mobaynida  barcha  mamlakatlar  singari  bizning 

yurtimizda ham tarjimachilik faoliyati izchil rivojlanib kelmoqda . Unga hamohang 

tarzda tarjimalarning sifati ham asta sekin yaxshilanmoqda . Bunga sezilarli turtki 

berayotgan  omillaradan  biri  –  tarjima  nazaryasining  so`ngi  paytlarda  jiddiy 

ravishda oldinga siljib borayotganligidadir.  

Tarjima nazaryasi o`z tadqiqotlarini boshqa qator an`anaviy filologik ,ayniqsa 

lingvistik  tadqiqod  metodlaridan  o`rni  bilan  foydalangani  holda  ,  ko`proq  siyosiy 

solishtirma  metod  bilan  chambarchas  bog`liqlikda  qo`llaniladigan  semantik-

uslubiy metod asosida olib boradi . Shu bilan birga asliyat va tarjima tillari lisoniy 

vositalarni  batafsil  tahlil  qilish  zaruriyati  lingvistik    tadqiqodning  boshqa  ayrim 

maxsus  metodlaridan  ham  ,  jumladan,  komponentlar  tahlil  qilish  metodidan 

foydalanishni  taqozo  etadi  . Bunday  paytda  qiyoslanayotgan  ikki  til birliklarining 

turli kontekstlarda qo`shimcha ma`no belgilarini kasb etish holatlari tahlil etiladi . 

Bir-birlarini  to`ldirishga  xizmat  qiladigan  mazkur  metodlar  amalga  oshirilgan 

tarjimalarni har jihatdan puxta va xolis baholash imkoniyatini beradi . 

Fan  va  texnikaning  shiddat  bilan  rivojlanishi  iqtisodiyot  sohasiga  ham  o`z 

tasirini  o`tkazmasdan  qolmaydi,  buning  natijasida  yana  bir  qancha  iqtisodiyot 

sohasida yangi neologizmlarni yuzaga kelishiga olib keladi . 

     Bakalavr  o‘z  mutaxassislik  fanlari  bilan  bir  qatorda  iqtisod  tili  va  uslubi, 

iqtisodiy  terminologiya  va  atamashunoslik,  ish  yuritish  va  hujjatchilik  to‘g‘risida 

mukammal bilimga ega bo‘lmasdan turib, o‘z fikrini iqtisod sohasiga qo‘yiladigan 

talablar  asosida  aniq  va  ravshan  ifoda  eta  olmaydi.  Shunga  ko‘ra  bo‘lajak 

iqtisodchilar iqtisod tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan puxta xabardor bo‘lmog‘i 

lozim.  Bakalavrlar  o‘z  ixtisosligidan  kelib  chiqqan  holda  O‘zbekiston  iqtisodini 

yuksaltirishga,  uni  jahonda  munosib  o‘rin  egallashiga  hissa  qo‘shadi,  chet 

mamlakatlarda va yurtimizda davlatimiz manfaatini himoya qiladi, kuch-qudratini 

namoyish etadi.   

Bitiruv  malakaviy  ishimizda  o`zbek  tilshunosligida  hali  atroflicha 

o`rganilmagan  terminalogik  xarakterdagi  iqtisodiy  neologizmlarni  ,  ularning 



 

44 


 

 

 



struktural  tuzilishi  va  semantik  –  etimologik  aspektlarni  tadqiq  qilinishini  mavzu 

qilib olganligimiz sababli ishimizning birinchi bobida neologizmlarning mohiyati , 

turli  aspektlardagi  klassifikatsiyalari  ,  atama-so`z  o`rtasidagi  farqlarga  ,ularning 

kelib  chiqish  manbalariga  alohida  to`xtaldik  .  Neologizmlar  bir  yoki  bir  necha 

so`zdan  iborat  bo`lib  tilning  lug`at  tarkibida  fan  va  texnikaga  oid  yagona 

tushunchalarni  ifodalaydigan  ,ko`chma  ma`noda  ishlatilmaydigan  ,  tilda  sinonim 

variantga  ega  bo`lmagan  va  ko`pincha  baynalminallashgan  til  vositalari  sifatida 

kirgan .  

Til  tarixini  o`rganar  ekanmiz  ,  biz  amin  bo`lamizki  ,  ko`plab  so`zlar 

o`zgarishiga  qaramay  ,  asliyatning  tub  ma`nosini  saqlab  qolgan  ,  lekin  ayrim 

holatlarda bu narsa umuman yo`qolib ketgan .  

 Shunday  qilib  ,  ingliz  tilidagi  iqtisodiy  neologizmlarni  o`zbek  tiliga  tarjima 

qilishda ikki bosqichda o`tiladi .  

1.Yangi  so’z  ma`nosini  aniqlash  (qachonki  tarjimon  nashrdan  chiqqan 

inglizcha iqtisodiy terminologik lug`atlarga murojat qiladi , yoki matn yo so`zning 

tarkibiga ko`ra uning mazmunini aniqlash ).  

2.O`zbek tilidagi vositalar orqali iqtisodiy neologizmlarning mazmunini berish 

, aynan;  transkripsiya , transleteratsiya , kalkalash va tasviriy tarjima usullari orqali 

amalga oshiriladi . 

Iqtisodiy  neologizmlarni  tarjima  qilishda  qaysi  bosqichdan  foydalanish 

xususiyatiga to`xtalsak , bu ko`pchilik subekt faktorlarga bog`liq . 

      Masalan  tarjimoning  shaxsiga  ,  uning  intellektiga  ,  uning  qobiliyati  va 

tarjimasiga ,iqtisodiyot sohasidan xabardorligiga , abstrakt – mavhum tushunchalar 

bilan ishlashga tarjima qilish jarayoniga va matn uslubiga ham bog`liq .   

Talabalar  va    iqtisodiyot  ilmiga    qiziquvchi  kitobxonlar  uchun  iqtisodiyot 

sohasiga  oid  mukammal  izohli  va  tajima  lug'atarini  tuzib  chiqish  kerak.  Zero, 

hayotimizning  biror-bir  sohasi  iqtisodiyotchalik  keng  jamoatchilikning  diqqat 

markazida    turmaydi  va  qiziqish  uyg'otmaydi.  Bu  albatta  tabiiy  hol.  bozor 

iqtisodiyoti  bu  faqat    iqtisodiy  jarayon    bo'lib  qolmasdan,  ayni    vaqtda  u  hayotiy 

voqelikdir.  Biroq  iqtisodiyot  fani  bo‘yicha  o‘zbek  tilida  nashr  etilgan  manbalarni 



 

45 


 

 

 



o‘rganish  va  tahlil  qilish  natijasida  o‘zbek  iqtisodiyot  terminologiyasida  ham, 

boshqa  sohalar  terminologik  tizimlarida  bo‘lgani  kabi,  qator  kamchilik  va 

nuqsonlar  mavjud  ekanligi  ayon  bo‘ldi.  Ayni  shunday  holat  iqtisodiy  terminlarni 

tartibga solish masalalari bilan alohida shug‘ullanish vazifasini keltirib chiqaradi. 

Terminlarni tartibga solish amaliyotida u yoki bu lug‘aviy birlikni termin qatoriga 

kiritishda  odatda  quyidagi  talablardan  kelib  chiqiladi:  u  muayyan  tizim  tarkibiga 

kirishi va shu tizim doirasida yagona ma’no bildirishi, tartibga tushish belgilariga 

ega bo‘lishi, sinonim (dublet)larga ega emasligi, qisqa, eslash va talaffuzi qulayligi 

kabi  talablarga  javob  berishi  lozim.  Albatta,  barcha  terminlar  mazkur  talablarga 

javob  berganda,  terminologiyani  tartibga  solish  degan  gap  ham  ko‘ndalang 

bo‘lmas  edi.  Biroq  amaliyotda  ish  hali  poyoniga  etgan  emas.  Yuqorida 

aytganimizdek, o‘zbek iqtisodiyot terminologiyasi qator nuqsonlarga ega: lug‘aviy 

va  grammatik  sinonimiyaning  keng  tarqalganligi,  terminlar  imlosidagi  har  xillik 

kabilar ana shunday nuqsonlardandir.  

Terminologiya  masalalariga  bag‘ishlangan  barcha  ishlarda  sinonimiya 

terminologiyaning jiddiy nuqsoni deb qaralgan. 

  Bozor iqtisodiyotining  hozirgacha o'z muqobiliga ega emasligini rivojlangan  

davlatlar tajribasi ko'rsatmoqda. 

Hozir  xalq  orasida  bozor  iqtisodiyotiga,  ayniqsa    tadbirkorlik    va  uning 

shakllariga  qiziqish    katta.  O'zbekiston  Respublikasi    ham  ana  shunday  taraqqiyot  

yo'lini  tanladi  va  undan  dadil    odimlamoqda.  Ta'kidlash  kerakki,  bu  iqtisodiyot 

pirovardida    inson    manfaatlariga  xizmat    qilish  yotadi.  Uning  maqsadi 

iqtisodiyotning  ijtimoiy  jihatlarini  kuchaytirish,  ishlab  chiqarishni  iste'molchi 

talablariga    bo'ysundirish,  mo'l-ko'lchilik  orqali  aholi  farovonligiga  erishish, 

mamlakatda  erkin  tadbirkorlik  muhitini  yaratish  orqali  xalqimizga  azaldan  xos 

bo'lgan  mehnatsevarlik,  ishbilarmonlik,  tejamkorlik,  vaqtning  qadr-qiymatiga  

yetish kabi xislatlarni yana qaytadan shakllantirishdan iborat.  

Yana  bir  narsani  aytish  kerakki,  dunyoning  ko‘pchilik  mamlakatlarida 

ishlatilib  kelinayotgan  baynalmilal  terminlarning  o‘zbek  tiliga  ham  o‘z  holicha 

o‘zlashtirilishidir. Bu o‘rinda shuni ta’kidlamoq zarurki, yangidan kirib kelayotgan 



 

46 


 

 

 



terminlarning hammasiga ham o‘zbekcha muqobilini topish qiyin. Shuning uchun 

ularning  asosiy  qismi  dunyoning  ko‘pchilik  mamlakatlari  tillarida  bir  shaklda  o‘z 

asl  holicha  ishlatiladi  va  bu  qo‘llanish  dunyo  bizneschilari  axborot  almashinuvi 

uchun qulay. 

    Men  bu  bitiruv  malakaviy  ishni  yozar  ekanman  ,  izlanishlarim  natijasida 

ona    tilimiz  va  ingiliz  tili  iqtisodiy  neologizmlarga  boyligini  ,  ularning  paydo 

bo`lish tarixini iqtisod sohasidagi turli xil neologizmlar bilan tanishdim . Demak har 

bir atamani (iqtisodiy atamani ) tarjima qilishda uning tarkibi va undagi unsurlar , 

matning uslubi ham muhim ahamiyat kasb etishini bilib oldim .  

Shunday  qilib  ,  mamlakatimizda  tarjimachilik  hozirgi  kunda  o`z  tarixiga  , 

rivojlanish  xususiyatlariga  ,  an`analariga  tadqiqod  metodlariga  tamoyillariga  ega 

bo`lgan  ijodiy  jarayonga  aylanib  qoldi  ,  uning  nazariy  asoslari  tadqiqodchilar 

tomonidan yanada chuqurroq o`rganilmoqda .   

 

 



 


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling