О‘zbekistоn resрublikаsi оliy tа’lim, fan va innovatsiyalar vаzirligi сhirсhiq dаvlаt рedаgоgikа universiteti
Download 408.18 Kb.
|
PRIZMA, PARALLELIPIPED VA KUB
- Bu sahifa navigatsiya:
- BAJARDI
- Prizma haqida tushuncha.To’g’ri prizma
О‘ZBEKISTОN RESРUBLIKАSI ОLIY TА’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VАZIRLIGI СHIRСHIQ DАVLАT РEDАGОGIKА UNIVERSITETI “MATEMATIKA VA INFORMATIKA ” FAKULTETI “ELEMENTAR MATIMATIKA (GEOMETRIYA)” FANIDAN KURS ISHI MAVZU: Prizma va parallelepiped. BAJARDI: RAYIMOV.I.F QABUL QILDI: ERGASHEV.I.A CHIRCHIQ-2023 PRIZMA, PARALLELIPIPED VA KUB Reja: KIRISH. I.BOB 1.1 Prizma haqida tushuncha.To’g’ri prizma. II.BOB 2.1 Parallelepiped.To’g’ri burchakli parallelepiped. 2.2 To’g’ri burchakli parallelepipedning simmetriyasi. XULOSA
Prizma haqida tushuncha.To’g’ri prizma. Turli yarim tekisliklarda yotuvchi va parallel ko`chirish bilan ustma-ust tushuvchi ikkita yassi ko`pburchakdan hamda bu ko`pburchaklarning mos nuqtalarini tutashtiruvchi hamma kesmalardan iborat ko`pyoq prizma deyiladi Ko`pburchaklar prizmaning asoslari deyiladi, mos uchlarni tutashtiruvchi kesmalar esa prizmaning yon qirralari deyiladi. Parallel ko`chirish harakat bo`lgani uchun prizmaning asoslari teng bo`ladi. Parallel kuchnrishda tekislik parallel tekislikka (yoki o`ziga) o`tgani uchun prizmada asoslar parallel tekisliklarda yotadi. Parallel ko`chirishda nuqtalar parallel (yoki ustma-ust tushuvchi) to`g`ri chiziqlar bo`ylab ayni bir xil masofaga siljigani uchun prizmada yon qiralari parallel va o`zaro teng. Prizmaning sirti asoslaridan va yon sirtidan iborat. Yon sirty parallelogrammlardan iborat. Bu parallelogrammning xar birida ikki tomoni asoslarining mos tomonlari hisoblanadi, qolgan ikki tomoni esa qo`shni yon qirralar xisoblanadi. Prizma asoslarining tekisliklari orasidagi masofa prizmaning balandligi deyiladi. Prizmaning bitta yog`iga tegishli bo`lmagan ikki uchini tutashtiruvchi kesma prizmaning diagonali deyiladi. Agar prizmaning asosi n burchakli bo`lsa, u n burchakli prizma deyiladi. Bundan keyin biz asoslari kavariq ko`pburchaklar bo`lgan prizmalarnigina qaraymiz. Bunday prizmalar qavariq ko`pyoqlardir. beshburchakli pizma tasvirlangan. Uning asoslari- A1A2...A5, A`1A`2...A`5 beshburchaklardir. XX ` -asoslarining mos nuqtalarini tutashtiruvchi kesma. Prizmaning yon qirralari-A1A'1, A2A'2 ..., A5A'5kesmalardir. Prizmaning yon yoqlari - A1A2A`2A`1,A2A3A`3A`1..parallelogrammlardir. Download 408.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling