О‘zbekistоn resрublikаsi оliy tа’lim, fan va innovatsiyalar vаzirligi сhirсhiq dаvlаt рedаgоgikа universiteti
Prizmaning tasviri va uning kesimini yasash
Download 408.18 Kb.
|
PRIZMA, PARALLELIPIPED VA KUB
Prizmaning tasviri va uning kesimini yasash
Parallel proeksiyalash qoidalariga muvofiq prizmaning tasviri quyidagi tarzda yasalayan.Avval asoslaridan biri P yasaladi (406-rasm). Bu biror yassi ko`pburchak bo`ladi. Keyin P ko`pburchakning uchlaridan bir xil uzunlikdagi. parallel kesmalar ko`rinishida prizmaning yon qirralari o`tkaziladi. Bu kesmalarning uchlari tutashtirnladi va prizmaning ikkinchi asosi hosil bo`ladi. ko`rinmaydigan qirralar shtrix chiziq bilan ko`rsatiladi. Prizmaning yon qirralariga parallel tekisliklar bilan kesimlari parallelogrammlar bo`ladi. Xususan, diagonal kesimlar ham parallelogrammlar bo`ladi. Bu bitta yoqqa tegishli bulmagan ikkita yon qirra orqali o`tuvchi tekisliklar kesimlaridir Amalda, xususan, masalalarni yechishda ko`pincha prizmaning asoslaridan biri tekisligida berilgan g to`g`ri chiziq orqali o`tuvchi tekislik bilan kesimini yasashga to`g`ri keladi. Bunday to`g`ri chiziq kesuvchi tekislikning asos tekisligidagi izi deyiladi. Prizmaning kesimini yasash uchun kesuvchi tekislikning prizma yoqlari bilan kesishish kesmalarini yasash yetarli. Agar prizma sirtida kesimga tegishli bo`lgan biror A nuqta ma'lum bo`lsa, bunday kesim qanday yasalishini ko`rsatamiz Agar berilgan A nuqta prizmaning boshqa (ikkinchi) asosiga tegishli bo`lsa, u xolda uning kesuvchi tekislik bilan kesishishi g izga parallel bo`lgan va A nuqtani o`z ichiga olgan BC kesmadan iborat bo`ladi Agar berilgan A nuqta yon yoqqa tegishli bo`lsa, u holda bu yoqning kesuvchi tekislik bilan kesishishi ko`rsatilgandek yasaladi. Ya'ni: dastlab D nuqta yasaladi, bu nuqtadayoq tekisligi berilgan izni, kesib o`tadi. Keyin A va D nuqtalar orqali to`g`ri chiziq o`tkaziladi. Qaralayotgan yoqdagi AD to`g`ri chiziqning BC kesmasi bu yoqning kesuvchi tekislik bilan kesishishidir. Agar A nuqtani o`z ichiga olgan yoq izgag parallel bo`lsa, u xolda kesuvchi tekislik bu yoqni A nuqta orqali o`tuvchi va g to`g`ri chiziqqa parallel bo`lgan BC kesma bo`yicha kesib o`tadi. BC kesmaning oxirlari qo`sshni yoqlarga ham tegishli bo`ladi. Shuning uchun tavsiflangan usul bilan bu yoqlarning bizning kesuvchi tekislik bilan kesimini yasash mumkin. Va hokazo. to`rtburchakli prizmaning ostki asosi tekislikdagi a to`g`ri chiziq va yon qirralarining biridagi A nuqta orqali o`tuvchi tekislik bilan kesimini yasash ko`rsatilgan. Download 408.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling