O’zbekiston tabiatini shakllantiruvchi omillar. O’zbekiston hududining orografik tuzilishi


Download 386 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana25.03.2023
Hajmi386 Kb.
#1295547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
1 маъруза №2 (1)

Teksliklar relyefi. O’zbekistonning g`arbiy tekislik qismi relyefining 
xususiyatiga ko’ra Ustyurt platosi, Qizilqum va ular orasida joylashgan Orol-
Sariqamish soyligiga bo’linadi. 
Ustyurt-to’lqinsimon baland tekislik (plato). Uning maydoni (O’zbekistonda) 
40 ming km

, yer yuzasining mutlaq balandligi qirlarida 160-250 metrni, ular 
orasidagi qum va sho’rxoklar bilan band pastliklarda 50-80 metrni tashkil etadi. Eng 
baland nuqtasi Qorabovur qirlarida 292 metrga etadi. Ustyurtning chekkalari tik 
jarliklar «chink» lar bilan tugaydi. Chinklar uchlamchi davrning ohaktosh, mergel va 
gillaridan iborat gorizontal qatlamlar hosil qilgan yotqiziqlardan tuzilgan. Bu 
yotqiziqlar ochilib qolib, emirilib tik yonbag`irlar hosil qilgan. Chinklar Ustyurt 
platosining tabiiy chegarasi hisoblanadi. Orol dengizi g`arbiy qirg`og`i bo’ylab 
cho’zilgan sharqiy chinkning mutlaq balandligi 180-200 m. Chinkning kengligi bir 
necha yuz metrdan 1,5 km. gacha boradi. 
Ustyurt platosi sarmat ohaktoshi, gipsi, neogen mergellari va paleogen 
gillaridan tashkil topganligi uchun unda karst relyef shakllari ko’plab uchraydi. 
Sarmat yotqiziqlarining usti 1-1,5 metr qalinlikda shag`al, qum, chag`irtoshlar bilan 
qoplangan. 
Ustyurt bilan Qizilqum oraligida Amudaryoning allyuvial-delta yotqiziqlari 
bilan to’lgan Orol-Sariqamish botig`i joylashgan. U Turon pasttekisligining katta 
qismini egallagan pliotsen tekisligi o’rnida hosil bo’lgan. Quyi Amudaryoda yoshi 
har xil bo’lgan uchta allyuvial-delta tekisliklari ajratiladi. Bular Sariqamish, 
Oqchadaryo va hozirgi zamon deltalaridir.
Amudaryoning hozirgi zamon va harakatdagi deltasi va shakllanayotgan, ya’ni 
Orolbo’yi deltasi qiya tekislik bo’lib, uning mutlaq balandligi yuqori qismida (Nukus 
yaqinida) 73 metr bo’lsa, Mo’ynoq yaqinida 53 metr bo’lgan. Yer yuzasi o’zanlar, 
ko’l o’rni botiqlari, o’zanlararo pastliklar, qum tepalar, kanal va kollektorlar bilan 
parchalangan. Shakllanayotgan delta relyefi hozirgi zamon deltasidan farq qiladi, u 
deltaning g`arbiy va markaziy qismini egallaydi (chegara Qiziljar- Qo’shkanatog`- 
Beltog` yo’nalishi bo’ylab o’tadi), u yerda 1960 yillargacha bo’lgan suv 
toshqinlarining izlari saqlanib qolgan. Bular yosh yotqiziqlar va o’zanlar, o’zanlararo 
pastliklardan iborat. Hozirgi kunda bu yerda dengizning chekinishi va deltadagi 
gidrografik rejim o’zgarishi bilan cho’llashish avj olmoqda, relyefning shakllanishida 
deflyastiya kuchayib bormoqda. Amudaryo hozirgi zamon deltasining sharqiy 
qismini ko’p yillardan beri suv bosmagan. Shuning uchun bu yer relyefining 
shakllanishida shamol ishining ta’siri katta. Shamol bu yerdagi pastliklarni to’ldirib, 
ancha tekislab yuborgan, bu erda qum relefi shakllari keng tarqalgan. 

Download 386 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling