O’zbekiston tanlagan mustaqil rivojlanish yo’li va uning ahamiyati. Reja


Download 32.73 Kb.
bet1/6
Sana27.10.2023
Hajmi32.73 Kb.
#1728164
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-maruza


O’zbekiston tanlagan mustaqil rivojlanish yo’li va uning ahamiyati.


REJA:

1. O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot yo’li. ,,O‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari


2. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy sohadagi ustuvor yo'nalishlar
3. O‘zbekiston - bozor munosabatlariga o'tishning o‘ziga xos yo'li
4. Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. Davlat ramzlari


TAYANCH IBORALAR:


Taraqqiyotning “O‘zbek modeli”, besh tamoyil, milliy taraqqiyot, milliy model, O‘zbekiston bozor munosabatlariga o’tishning o‘ziga xos yo’li, evolyutsion o’tish yo’li,mulkni xususiylashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,
davlat bayrog’i, davlat gerbi, davlat madhiyasi

1. O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng kun tartibida jahon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizirnni vujudga keltirish vazifasi turar edi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar еndilikda respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas edi. Mulkchilik, mulkka egalik qilish va uni boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini normal izga solish ana shunday jiddiy yangilanishlarni taqozo etar edi.


Shuni ham aytish kerakki, jahonda hamma mamlakatbop ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning tamoyillari, barcha uchun tavsiya etish lozim bo'lgan tayyor andozalari hech qachon bo'lmagan va bo'lmaydi ham. Shu bilan birga rivojlanishning madaniy, ma'rifiy, tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an'analari mavjud bo'lgan O'zbekistonday qadimiy makonda o'ziga xos yo'l tanlash uchun ancha-muncha izlanish lozim edi. Biroq, vaqtni boy bermay, tezkorlik bilan ish tutish lozim edi. Shuning uchun ham «Mustaqil O'zbekiston tug'ilgan kuniyoq oyoqqa turishga, o'zi yurishga majbur edi».
Yana shuni ta'kidlash darkorki, O'zbekiston o'z mustaqilligini qo'lga kiritgan paytda mamlakat ichkarisida bo'lgani kabi uning tashqarisida ham unga ishonmaydigan, shubha bilan qaraydiganlar bor edi. I.A.Karimov mamlakatning dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini chuqur tahlil qilib, O'zbekiston davlat qurilishi va iqtisodi-yotini isloh qilish dasturining o'zagi sifatida quyidagi beshta asosiy qoidani o'rtaga tashladi:
Birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo'ysundirilishi mumkin emas. Biming ma'nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi qilish kerak.
Ikkinchidan, o'tish davrida davlat bosh islohotchi bo'lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo'nalishlarini belgilab berishi, o'zgartishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o'tkazishi shart.
Uchinchidan, qonunlarga rioya etish ustuvor bo'lishi lozim. Buning ma'nosi shuki, demokratik yo'l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og'ishmay rioya etishi lozim.
To'rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o'tkazish.
Bozor munosabatlarini joriy еtish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta'sirchan choralar ko'rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo'lidagi eng dolzarb vazifa bo'lib keldi va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi.
Beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o'tish obyektiv iqtisodiy qonunlar talablarini hisobga olgan holda, yaqin o'tmishimizdagi «Inqlobiy sakrash»larsiz, ya'ni evolutsion yo'l bilan puxta o'ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.
O'zbekiston hukumatining bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o'tish haqidagi tamoyili vaqt o'tgani sayin o'zining hayotiy qiymatini, siyosiy kuchini ko'rsatdi. Binobarin, bular еtakchi tamoyillar sifatida tan olindi. Chunki ular iqtisodiy islohotlarning butun ichki mantiqini, rivojlanish yo'lini va xarakterini belgilab berdi.
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng kelajakda qanday yo'ldan borishi masalasi kun tartibiga qo'yilgan eng dolzarb masalalardan biri bo'ldi. Uning dolzarb bo'lib qolishining bir qator obyektiv va subyektiv sabablari va omillari ham mavjud edi. Uning obyektiv sabablaridan biri jahonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barcha davlatlarga mos keladigan biron bir tayyor andozasining yo'qligi va bo'lishi ham mumkin emasligi edi. Ikkinchi obyektiv sababi – ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va qoidalar endilikda respublikada barpo etilayotgan yangi ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat manfaatlariga mos kelmasligi edi. Mulkchilik, mulkka egalik va uni boshqarish, ishlab chiqarishdagi inson omilining ortishini hisobga olgan holda davlatni boshqarishning butunlay yangi shaklini vujudga keltirish zarur edi. Demak, birinchidan, har bir davlat demokratik taraqqiyot yo'liga kirishi uchun ma'lum bir muddat talab qilinar edi. Ikkinchidan, vaqtni qo'ldan boy bermasdan rivojlanishning tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an'analari asosida O'zbekistonning o'ziga xos taraqqiyot yo'lini ishlab chiqishni bir daqiqa ham kechiktirib bo'lmas, yangi konsepsiya ishlab chiqish zarur edi.
I.A.Karimov O'zbekistonning rahbari sifatida asosan ikki narsani mushtarak holda olib bordi. Ulardan biri mamlakatimizning o'z ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo'lini ishlab chiqishda rivojlangan mamlakatlarning ko'p asrlik tajribasini o'rganish va ularning bizga maqbul jihatlarini ijobiy jihatdan o'zlashtirish bo'lsa, ikkinchisi - O'zbekiston xalqining turmush tarzi, mentaliteti va an'analariga tayanishdan iborat bo'ldi. Unga Islom Karimov tomonidan taklif qilingan besh asosiy tamoyil asos qilib olindi.
XX asr 50-yillardan keyingi yillarda ko'pchilik sobiq mustamlaka mamlakatlar o'z mustaqilligiga erishib, milliy davlat qurish yo'liga o'ta boshladilar. Bu vaqtda asosiy 3 taraqqiyot yo'li: 1) kapitalistik; 2) sotsialistik; 3) milliy ozodlikka erishgan davlatlarning aralash yo'nalishi haqidagi qarashlar bor edi. XX asr oxirlariga kelib biron-bir mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotini qat'iy qabul qilingan qoidalar doirasi bilan cheklab turish mumkin emasligi, taraqqiyot yo'llari (modellari) ancha keng ko'lam va maqsadga еgaligi, ulardan birini tanlashda har bir mamlakat o'z ichki sharoitlaridan kelib chiqmog'i zarurligi ma'lum bo'ldi.
Taraqqiyot “modeli”ga yondashuv ko'rinishlari:
- Sivilizatsion yondashuv (madaniyat va rivojlanishning xilma xilligi);
- Formatsion yondashuv – dunyoda jamiyat va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning har qanday mamlakat uchun bir xilda maqbul bo'lgan hammabop yo'llari yo'qligi ma'lum bo'lib qolmoqda. Zero, birxillik, yoki yagona andoza degan tushunchalar bugungi kunda o'z ahamiyatini yuqotib bormoqda. Bunday yondashuv demokratiyani, demokratik jamiyat qurilishi qonuniyatlarini «formatsion» qarashdan farkli holatda yangicha tamoyillar asosida tahlil etishga nazariy metodologik asos bo'ladi.

Download 32.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling