O’zbekiston tanlagan mustaqil rivojlanish yo’li va uning ahamiyati. Reja


Taraqqiyotning “O'zbek modeli” va uning o'ziga xos xususiyatlari


Download 32.73 Kb.
bet2/6
Sana27.10.2023
Hajmi32.73 Kb.
#1728164
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-maruza

Taraqqiyotning “O'zbek modeli” va uning o'ziga xos xususiyatlari: O'zbekistonning demokratik jamiyatni barpo еtishda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek, “Davlat va jamiyatni isloh etish hamda modernizatsiya qilishda o'zbek modelining muhim tarkibiy qismi bo'lgan bosqichma-bosqichlik tamoyiliga bundan buyon ham qat'iy amal qilinishi ta'minlanadi. «O'zbek modeli» tushunchasi, avvalo, O'zbekistonning mustaqil milliy taraqqiyoti qanday bo'lishi lozimligini asoslaydigan, uni muayyan maqsadlarga yo'naltiradigan eng umumiy nazariy xulosalar va mo'ljallar bilan davlatning belgilangan maqsadlarga erishishiga qaratilgan amaliy siyosatining mushtarakligini anglatadi (davlat siyosati deganda hokimiyatning har uchala bo'g'ini faoliyati nazarda tutilmoqda).
Iqtisodiyot nazariyasida ayrim olimlar iqtisodiy taraqqiyot modelini davlat tuzumi desa, boshqalar ijtimoiy-iqtisodiy formasiya, uchinchilari еsa ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning aniq belgilangan yo'li, deb hisoblaydi. Iqtisodiy taraqqiyot modeli, N.To'xliyev va boshqa bir guruh olimlarning fikriga ko'ra, iqtisodiy munosabatlarning keng miqyosli tizimi bo'lib, u huquqiy, ma'muriy hamda xo'jalik mexanizmlari orqali boshqariladi. Bunday munosabatlarning subyekti mulk egalari, xo'jalik faoliyati ishtirokchilari, uyushmalar, davlat va xususiy sektor, mamlakat doirasidagi mintaqa va tarmoqlar hisoblanadi. Iqtisodiy taraqqiyot modeliga axloq va dunyoqarash, mentalitet, turmush tarzi, madaniyat kabi ijtimoiy me'yorlar ma'lum darajada o'z ta'sirini o'tkazadi.
Taraqqiyot modellarining o'zigsha xos yo'nalishlari va xususiyatlari:
O'zbek modeli” - O'zbekistonning o'ziga xos va mos taraqqiyot yo'li ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish;
Amerika modeli” - “Erkin bozor munosabatlari”
Fransiya modeli” – “davlatning roli kuchli”
Nemis va shved modili” – “ijtimoiy yo'nalish ustuvor”
Lotin Amerikasi va Afrika modeli – “Iqtisodni barqarorlashtirish”
Sharqiy YYevropa modeli – Iqtisodiyotda “Shok terapeya” usulidan foydalaniladi;

Download 32.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling