O’zbekiston tanlagan mustaqil rivojlanish yo’li va uning ahamiyati. Reja


Download 32.73 Kb.
bet5/6
Sana27.10.2023
Hajmi32.73 Kb.
#1728164
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-maruza

1992-yil 8-dekabrda XII chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi bo'ldi. Unda mamalakatning Asosiy Qonunini qabul qilish masalasini muhokama qildi. Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o‘zgartirish, qo‘shimcha va aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib, shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasining Qonstitutsiyasi qabul qilingan kunni umumxalq bayrami deb e’lon qilish to‘g‘risida» va «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida»gi Qonunlarni qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat. U «Mustaqillik Deklaratsiyasi», «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunda mustahkamlangan tamoyillar va g‘oyalarni o‘zida to‘la mujassamlashtirdi.
Davlat ramzlarining qabul qilinishi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabr VIII sessiyasida 13 moddadan iborat bo‘lgan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i ramzi mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat qudratli saltanatlar bayrog‘iga xos bo‘lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublikaning tabiatiga xos bo‘lgan xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy sohalardagi o‘zligini ham aks ettiradi.
Bayroqdagi moviy rang — mangu osmon va musaffo suv ramzidir. Yaxshilikni, donishmandlikni, shon-shuhratga sadoqatni bildiruvchi moviyrang Sharqda azaldan qadrlanadi, o'z vaqtida buyuk Amir Temur ham o'z bayrog'iga bu rangni tanlagan. Oq rang — tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat o'z yo'lida baland dovonlardan oshib o'tishi kerak. Bayrog'imizdagi oq rang yo'limizning musaffo va charog'on bo'lishi uchun yaxshi niyat ramzidir. Qizil yo'llar — bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, tiriklik ramzidir. Yashil rang — serne'mat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda, uning ramzi ham yashilrangdir. Yarim oy — O'zbekiston xalqining ko'p asrlik an'analariga muvofiq keladi. Yarim oy va yulduzlar — musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir. Bayrog'imizda 12 yulduz tasviri bor, bu o'lkamizda qadimdan buyon barkamollik, mukammallik timsoli hisoblanadi.
Davlat bayrog'i — bizning o'tmishimiz, bugungi kunimiz va kelajagimiz ramzidir.O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i Nyu-York shahrida joylashgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorgohida dunyodagi suveren davlatlar bayroqlari qatorida turibdi. O'zbekiston bayrog'i xorijiy mamlakatlarda Prezidentimiz boshliq davlat delegatsiyasini qabul qilish marosimlarida, chet еl davlat delegatsiyalarini O'zbekistonda qabul qilish marosimlarida ko'tariladi.
O'zbekiston bayrog'i O'zbekiston Prezidenti qarorgohi Oqsaroy binosi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi binosi tepasiga ilib qo'yilgan. O'zbekiston sportchilari jahon sport musobaqalarida g'oliblikni qo'lga kiritib, shohsupaga ko'tarilgan paytlarda ham O'zbekiston bayrog'i ko'tariladi. Shu boisdan mamlakatimizda va jahon uzra O'zbekiston bayrog'ining ko'tarilishi, bir tomondan,
davlatimiz shon-shuhratini ko'tarsa, ikkinchi tomondan, barchamizga quvonch, faxrlanish, g'urur bag'ishlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i yurtimizning o‘tmishi, bugungi kuni va kelajagining yorqin ramzi bo‘lib qoldi.
1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida 8 moddadan iborat bo‘lgan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma’noga ega. Gerb rangli tasvirda bo‘lib, Xumo qushi kumush rangda, quyosh, boshoqlar, paxta chanog‘i va «O‘zbekiston» degan yozuvlar tilla rangda, g‘o‘za shoxlari, barglari va vodiylar yashil rangda, tog‘lar havo rangida, chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oq rangda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasvirlangan lenta to‘rt xil rangda berilgan.
Gerbning markazida tasvirlangan — qanotlarini keng yozib turgan Humo qushi — baxt saodat va erksevarlik ramzidir. Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy Humo qushini barcha tirik mavjudotlar ichida eng saxovatlisi deb ta'riflagan. Gerbning yuqori qismida respublikamizning sobit va barqarorligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. U “qutlug” degan ma'noni anglatadi. Uning ichida yarim oy va besh qirrali yulduz ifodalangan. Quyosh tasviri — davlatimizning yo'li hamisha nurli bo'lishi uchun bildirilgan yaxshi niyat timsoli. Ayni paytda u respublikamizning noyob iqlim sharoitini ham ko'rsatib turadi.
Boshoqlar — rizq-ro'zimiz bo'lmish g'allaning timsoli, oppoq bo'lib ochilayotgan paxta chanoqlari tasvirlangan g'o'za shoxlari — serquyosh yurtimizning dong'ini butun dunyoga taratgan asosiy boyligimiz ramzidir. Bug'doy boshoqlari va paxta chanoqlarining davlat bayrog'iga o'xshagan lenta bilan o'rab qo'yilganligi — bu respublikada yashayotgan xalqlar yakdilligining timsolidir. Gerb rangli tasvirda bo'lib, Humo qushi kumushrangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanog'i va “O'zbekiston” degan yozuv tillarangda; g'o'za shoxlari va barglari, vodiylar yashilrangda; tog'lar havorangda; chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oqrangda; O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i tasvirlangan lenta to'rt xil rangda berilgan. Gerb suveren davlatimiz ramzi sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda keng qo'llaniladi. O'zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan bitim va shartnomalarida, davlatlararo aloqa va diplomatik hujjatlarda O'zbekiston Respublikasining davlat gerbi tasviri tushirilgan bo'ladi. Shuningdek, gerb davlat ahamiyatiga molik ichki hujjatlarda, davlat korxonalari va muassasalarining muhrlarida, o'zaro aloqa hujjatlarida ham gerb tasviri boiadi. Milliy valutamiz — so'mda ham davlat gerbi o'z ifodasini topgan.
1992-yil 10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida 12 moddadan iborat «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi.
“O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi to'g'risida”gi Qonun 1992-yil 10-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilindi.
Shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan variant tasdiqlandi. Davlat madhiyasi davlat mustaqilligining timsoli bo'lib, u O'zbekiston fuqarosida vatanparvarlik tuyg'ularini uyg'otadi. O'zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi jamoatchilik oldida ijro etilganida ishtirokchilar uni tik turib, qo'lini ko'ksiga qo'yib kuylaydilar va tinglaydilar.
Har bir mustaqil davlatning asosiy belgilaridan biri – milliy valyutasidir. O‘zbekiston davlat mustaqilligini ko‘lga kiritib o‘zining milliy valyutani muomalaga kiritishga kirishdi. Biroq bu jarayon uchun ma’lum vaqt, tajriba kerak edi. Shu boisdan O‘zbekiston 1991 – 1993-yillarda sobiq itttifoqdan meros qolgan rubl zonasida bo‘lib turdi. Ammo sovetlardan keyingi makonda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning keskin pasayishi natijasida rublning qadri ham shunga mos ravishda tushib bordi.
O‘zbekiston muomalaga yangi milliy valyuta kiritish ishiga jiddiy kirishdi. 1992 yildayoq muomalaga chiqarishga mo‘ljallangan so‘m – kupon nusxalari tayyorlanadi. Nihoyat, 1993 yil 1 noyabrda O‘zbekistonda so‘m – kupon muomalaga kiritildi, uning kursi oldin muomalada bo‘lib kelgan rublga tenglashtirilgan edi. O‘zbekiston rahbariyati so‘m-kuponlar asosida zarur tajriba orttirdi, haqiqiy milliy valyutani joriy qilish tadbirlarini ko‘rdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 iyunda e’lon qilingan «O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq 1994 yil 1 iyulidan boshlab respublika hududida yagona, cheklanmagan va qonuniy to‘lov vositasi sifatida milliy valyutasi – So‘m muomalaga chiqarilgan.1 so'm kursi 1000 so'm-kuponga tenglashtirilgan holda joriy qilindi.
Muomalaga 1994 yilda 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so‘mlik, 1997 yil 1 martdan 200 so‘mlik, 2000 yil 1 iyuldan 500 so‘mlik, 2001 yil 1 sentyabrdan 1000 so‘mlik banknotlar chiqarilgan. Keyinchalik, 1, 5, 10, 25, 50, 100 so‘m qiymatidagi tangalar muomalaga kiritilgan.

Download 32.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling