О’zbekiston tanlagan mustaqil rivojlanish yо’LI
Download 0.84 Mb.
|
TARIX
siyosiy-ijtimoiy, huquqiy-ma’naviy rivojlanishning demokratik obyektiv jihatlari davlat bosh islohotchi sifatidagi jarayonning о’ziga xos va о’ziga mos xususiyatlari bilan uyg’unlashgan holda sodir bо’lmoqda. G’arb mamlakatlarida esa rivojlanishda inqilobiy о’zgarishlar kо’p uchraydi. Bizning xalqimiz esa mulohazakor, yetti о’lchab bir kes, qabilida ish tutadi. YA’ni, bu xalqimiz mentalitetidan kelib chiqadi;
xalqimiz ruhiyati va ijtimoiy ong taraqqiyotiga kо’ra yangilik va xо’jalik yuritishga ishtiyoqi baland. Natijada madaniyat rivoji va xо’jalik yuritishi, ayniqsa, savdoning hozirgi jahon andozalari talablari darajasida tiklanishi - Ipak yо’li gullab-yashnashining о’zagi bо’ldi. Bu esa davlatimiz taraqqiyotida о’ziga xoslikni vujudga keltirmoqda; v) milliy davlatning demokratik jarayonlari inson ravnaqi uchun xizmat qilar ekan, bu, albatta, insonning ehtiyoji, manfaati, qobiliyatidan kelib chiqishi kerak. YA’ni, uzoq-yillar davomida tо’plangan tajriba, shuningdek, jahon tajribalari xalqimizning milliy intellektini hisobga olgan holda amalga oshirilishi zarur; g) mamlakatimizda jamoatchilik fikri jamoaviy nuqtai nazar asosida rivojlanmoqda. G’arb davlatlaridagi demokratiyadan farqli о’laroq, bizda jamoa о’z о’zini boshqaradi. Oila yoki jamoada kim aqlli, tajribali va yoshi ulug’ bо’lsa, о’shaning fikri boshqalarga kо’proq ta’sir qiladi. Mahalla va qishloqlarda oqsoqollar, bir tomondan. hurmatli kishilar bо’lib, biror tо’xtamga kelishda ularning fikrlari bilan hisoblashiladi. Ikkinchi tomondan esa shunga mos ravishda davlat hokimiyati vakillariga ham alohida hurmat bilan qaraladi. Bu qо’rquv yoki qaramlik emas, balki rahbarlarga hamda tajribali, obrо’li kishilarga bо’lgan ishonch va hurmatdir. Darvoqe, muqaddas kitobimiz Qur’oni Karimda ham raiyat uchun rahbarlar fikri farzdir, ya’ni bajarishi ijobiy holda amalga oshirilishi qayd qilingan. Bu yerda an’anaviylik va zamonaviylikning shunday manbai mavjudki, davlat va uning rahbari xalqini chin dildan e’zozlasa, adolat tamoyillari asosida boshqarsa, demak taraqqiyotning eng zarur tayanch nuqtasi vujudga keladi. Shu jihatdan Prezident Islom Karimov ta’limotining noyobligini kо’ramiz. I.Karimov mahallalarga davlat tomonidan yordam berish, ularga buyuk davlat qurish yо’lidagi imkoniyatlardan foydalanishning taktik va strategik yо’llarini belgilab berdi. Ya’ni: О’zbekiston jamiyatidagi jamoaviy ustuvorlikning tabiati falsafiy-tarixiy jihatdan chuqur ildizga ega va jamoatchilik hayoti tizimida alohida ijtimoiy muvozanat yaratish zarurligiga asoslanadi. Mahalla instituti ravnaq topib, jamoaviylik qadriyatlari davom etmoqda. Uning ijtimoiy hayotga tasiri juda katta. Milliy davlatchilik jarayonlarini chuqurlashtirish sharoitida fuqarolarning demokratik taraqqiyotning faol ishtirokchisi hamda uning faol himoyachisi sifatida tayyorlash murakkab hamda muddat talab etadigan hodisa. Chunki, mustamlakachilik davri illatlaridan qutulish «azobi»ni fikrlab yashash, aql-idrok yо’rig’i bilan kun kо’rish «mashaqqati»ni yengish uchun insonga ichki iroda, yangilanish g’oyasi, qat’iyatli ong va tafakkur, ma’naviy-huquqiy qudrat kerak. Ana shu Iroda va Qudratni uyg’otish, shakllantirish, unga quvvat baxsh etish bugunning asosiy vazifasidir. Hozirgi paytga kelib, milliy davlatchilikning rivojlanish jarayonlari butunlay ijobiy tomonga о’zgardi. Shubhasiz, huquqiy davlatning eng asosiy tamoyili qonun ustuvorligi ta’minlanmoqda. Shu bilan birga, inson huquqlari umummajburiy bо’lishini ta’minlashda huquqiy davlat asosi - hokimiyatlar bо’linishining Konstitutsiyaviy prinsipi muhim ahamiyatga ega. Chunki, davlat hokimiyati turli organlarning vakolatlari bо’linishiga nisbatan inson huquqlarining institusional kafolatlarini yaratadi. Prezident Islom Karimov qaydiga kо’ra: ―О’zbekiston Respublikasi milliy davlat qurilmasida hokimiyat uchga ajratiladi - qonunchilik, ijrochilik va sud hokimiyatiga» (Karimov I.A. О’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild, -T: “О’zbekiston”, 1996, 15-b.). Bu fikr Konstitutsiyaning 11-moddasida о’z aksini topgan: “О’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bо’linishi prinsipiga asoslanadi” (О’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: О’zbekiston. 2019. 6-bet.). Hokimiyatlar bо’linishi tamoyilining mavjud bо’lishi tufayli davlat hokimiyati tizimida hokimiyat organlari bir-birini muvozanatda saqlab turish va nazorat qilishga yо’l ochib beradigan va bir shaxs yoki organning qо’lida hokimiyatning tо’planishiga imkon bermaydigan о’zaro munosabatlar tartibi о’rnatiladi. Milliy davlatimiz ichki va tashqi siyosatining asosiy yо’nalishlari - pirovard natijada О’zbekistonda yangi va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etishga qaratilgan. Demokratiyaning murosachilik va yakdillik madaniyati davlat ichki hayotida ham, tashqi siyosatida ham alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan, jamiyat fuqarolari о’rtasidagi munosabatlar qanchalik samimiy va iliq bо’lsa, umumxalq va umumdavlat manfaatlari yо’lida birlashib, muammolarni hal etishda oqilona faoliyat kо’rsatsa, barcha uchun umumiy vazifalar oldida mas’uliyat chuqur his qilinsa, bu, birinchidan, demokratiyaning mamlakat ichki hayotidagi madaniyatini belgilaydi. Fuqarolik jamiyatini barpo etishning xalqaro tamoyillari, ya’ni dunyo davlatlari hamjamiyati e’tirof etgan yо’riqlari mavjud bо’lib, bevosita fuqaroning о’z xohish-irodasini erkin ifodalash huquqiga egaligi, ozchilikning kо’pchilikka bо’ysunishi, barcha fuqarolarning millati, elati, ijtimoiy kelib chiqishi va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, teng huquqliligi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi, saylov va saylanish huquqi va boshqalardir. Biroq, ma’lum bir mamlakatda demokratiyani joriy etishda faqat shuning о’zi kifoya qiladimi? Yoq albatta. Chunki, har bir xalqning о’z turmush va tafakkur tarzi, tarixiy an’analari, hayotga munosabati va boshqa jihatlaridan kelib chiqib, demokratiyaga yondashishning о’ziga xos usuli bor. Shu ma’noda, Islom Karimov Sharqda demokratik jarayonlarning qadimdan shakllangan о’ziga xos va о’ziga mos xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bо’lmaydi. Ya’ni, Sharqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi. Bu sohada inqilobiy о’zgarishlar yasashga urinishlar g’oyat noxush, hatto fojiali natijalarga olib keladi. Inqilobni G’arb olimlari ham «ijtimoiy taraqqiyotning ibtidoiy va yovvoyi shakli», deb ataganlar. Tabiiyki, bunday yо’l bizga aslo tо’g’ri kelmaydi. Aslida demokratiyani joriy etishda yurtimizda о’zbekona tamoyillar shakllanayotganini hisobga olish kerakligini, ta’kidlagan edi. Bu, ikkinchidan, demokratiyaning tashqi siyosatdagi о’ziga xosligini ta’minlaydi. Milliy davlatchiligimizning demokratik tamoyillarini yanada chuqurlashtirish va rivojlantirishimiz mumkin. Aslida, demokratiya - «obyektiv voqelik». U bor yoki yо’q?! Bir tizimdan ikkinchi tizimga о’tayotganda, unga yо’riqnomalar, kо’rsatmalar berish uslubi bilan darhol qurib bо’lmaydi?! Bu haqda juda kо’p aytilgan va yozilgan. Biroq, barqaror demokratik jamiyatning qaror topishi uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni hayotga tadbiq qilishga qodir kuchli milliy davlat lozimligini tushunib yetdik! Ammo jamiyatni demokratlashtirish odimlarini SHо’ro qarashlari bilan о’lchab bо’lmaydi. Har bir narsani uning mohiyatidan kelib chiqib, о’z nomi bilan mardonavor aytish ayni Yо’lboshchimiz Islom Karimovning siyosiy sifatlaridan biridir. Har qanday siyosiy vazifa siyosatchi zimmasiga rejadagilarni amalga oshirish irodasi va layoqatidan iborat bо’lgan javobgarlikni yuklaydi. О’rni kelganda, ta’kidlash joizki, rahbar о’zini «demokrat», davlatini esa «demokratiya oroli» deb xohlaganicha aytishi mumkin, biroq shu bilan birga, uning davlatida ochlik, qashshoqlik, tartibsizlik, turli tomonga tashlanishlar hukmron bо’lishi ham hech gap emas?! Bir qator MDH davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar bunga yorqin misol bо’la oladi. Bizning davlatimizga kelsak, XXI asrda davlatlarning arzon populizmi va demokratiya niqobi ostidagi о’yinlari emas, balki zaruriy milliy mafkuraviy g’oyadan voqelikka aylangan haqiqiy demokratik, ochiq adolatli jamiyat tomon qо’ygan shahdam qadamlarimiz, bu borada qо’lga kiritgan yutuqlarimiz bilan О’zbekiston davlati tanlagan yо’l - demokratik tamoyillar mazmunini tashkil etadi. Milliy davlatchiligimizning jahon sivilizatsiyasiga demokratik jarayonlar bilan chiqishi ham muammolar yechimiga ta’sir kо’rsatadi, albatta. Yevropa Ittifoqi va О’zbekiston munosabatlari tо’g’risida 1996-yil 21-iyunda tuzilgan muhim hujjat-sherikchilik va hamkorlik tо’g’risidagi Bitim imzolanishi bilan demokratik jarayonlarga dastlabki asos solingan edi. Mazkur Bitim doirasida Yevropa Komissiyasi О’zbekistonda Yevropa Eyd (Yevropa kо’magi) dasturining bir qator loyihalarini moliyalashtirib kelmoqda. Shuni alohida e’tirof etish lozimki, insoniyat tarixiga nazar solsak, demokratik jarayonlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etgan, milliy davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy-siyosiy-huquqiy taraqqiyoti asosiy omil bо’lib xizmat qilgan. Har bir xalq demokratiyani о’z mentaliteti, о’z kо’nikmalari, qadriyatlariga munosib tarzda u yoki bu darajada hayotga joriy qiladi. Umuminsoniy mohiyat va mazmunga ega bо’lgan tamoyillar har bir davlatning taraqqiyot darajasi, boshqaruv tizimi, siyosiy muhiti, xalq ommasi ijtimoiy ongining faolligi bilan bog’liq holda joriy qilinadi. Xuddi shu va boshqa ijtimoiy rivojlanish sur’atlarini belgilovchi omillar ta’sirida davlatning demokratik jarayonlarini joriy qilish sur’atlari jadallashadi yoki sustlashadi. Demak, demokratiyani yuqoridan majburan joriy etish mumkin emas!? Demokratiya - xalq ijodi, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligi natijasida qо’lga kiritiladigan boshqaruv tizimi. Demokratiya doimo xalq ommasining pok va halol harakati, о’z huquqlari, ehtiyojlarini qondirish uchun olib borgan mashaqqatli kurashlari, faol mehnati na- tijasida qо’lga kiritilgan. Islom Karimov har doim, milliy davlatlarda demokratik tamoyillarni hayotga joriy qilish turli yо’llar vositasida amalga oshirilishi, lekin uning asosiy talabi va omili doimo shaxsning huquq va erkinliklari, shu jumladan, erkin fikrlash hamda mulohazalarini bemalol erkin bayon qilish huquqini ta’minlash bо’lib, har qanday davlatning demokratik jarayonlarini amalga oshirishda ma’lum muddat talab qiluvchi holatdir, deb ta’kidlaydi. Avvalambor, demokratiyaning huquqiy asoslari barpo qilinishi shart. Ushbu jarayonlarni sun’iy ravishda jilovlab turish yoki sur’atlarini jadallashtirish ijobiy natijalarga olib kelmaydi. Hozirgi paytda huquqiy demokratiya yо’lini tanlab jadal sur’atlarda rivojlanayotgan milliy davlatimiz uchun insoniyat tarixining turli davrlarida demokratik davlatlarning shakllanishi va amaliyotini tahlil qilishi, qiyosiy о’rganishi muhim ahamiyatga ega. Ya’ni, dunyo davlatlari demokratiyaga ma’naviy-ma’rifiylashgan jamiyatga xos tamoyillar bilan munosabatda bо’lishlari va baholash madaniyatini egallab olishlari, hatto ba’zi manfaatlardan voz kechishi ham mumkin. Masalan, hayot kechirish G’arb turmush tarziga mos bо’lsa va uni targ’ib etsa, ya’ni demokratik qarashlar bizning mentalitetimizga tо’g’ri kelmasa, qarash bir tomonlama yondashuv hisoblanib, о’zini qadrlagan, hurmat qilgan xalq uchun xavfli hamda tahdidli bir holatdir. Turli xalqlar, turli madaniyatlar, manfaatlarning yonma-yon yashashi, yashay olishi faqat haqiqiy milliy demokratik sharoitdagina amalga oshadi. Buni biz istiqbolli milliy davlatimiz miqyosida kо’rib turibmiz! Bugungi dunyo davlatlari demokratik jarayonlarni kafolatlovchi omillarga ega. О’zbekiston ham undan chetda emas. Shu о’rinda haqiqiy demokratiyaning soxta demokratiyadan farqini anglash bilan bog’liq fuqarolik madaniyatiga ega bо’lish; demokratiya niqobi ostidagi “demokratik о’yinlar”ning, qarashlarning, chiqishlarning orqasidan ergashmaslik; taqlid qilish yoki qilmaslikning qaysi milliy manfaatga tо’g’ri kelishi yoki kelmasligini solishtirib kо’rishga yetadigan uyg’oq ong va tafakkurga ega bо’lish; aholining asosiy qismi demokratiyaga tayyor bо’lishi, unga befarq bо’lmasligi, demokratik ong va madaniy saviyada dunyo va milliy taraqqiyot talablaridan orqada qolmasligi kerak. Tо’g’ri va haqiqiy bunyodkorlik g’oyasini faqat milliy davlatning demokratik qarashlari orqali amalga oshirish mumkin! Hozirgi davrda jahon davlatlari erishayotgan yutuqlardan orqada qolmaslik, yangi texnologiyalarni egallab, uni ishlab chiqarishga joriy etish uchun izlanish, yangi-yangi ixtirolar qilishga qodir bо’lish, mustaqillikni mustahkamlash va uni rivojlantirish milliy davlatimizning muhim yо’nalishlarini tashkil etadi. О’zligini anglagan xalq mustaqillikka, о’z taqdiriga, farzandlarining kelajagiga istiqbol kо’zi bilan qaraydi! Jahonda о’ziga xos о’ringa va nufuzga ega bо’layotgan О’zbekiston davlati ana shunday milliy demokratik yо’ldan bormoqda,- deb ta’kidlagan edi Islom Karimov. Yigirmanchi asr jahon sivilizatsiyasida bir-biriga qarama-qarshi bо’lgan katta iz qoldirdi. Jahon urushlari, fan-texnika taraqqiyoti, turmush tarzida muayyan darajada farovonlik va hokazolarni aytish mumkin. Lekin mamnuniyat bilan qayd qilish kerak, XX asrning sо’nggi о’n-yilligi О’zbekiston milliy davlatchiligi uchun ulkan tarixiy-inqilobiy о’zgarishlarni yuzaga keltirdi. Bu о’n-yillik mamlakatimizda mustaqillikni ham iqtisodiy, ham siyosiy-ijtimoiy, ham huquqiy-ma’naviy, ham xalqaro munosabatlarda tikladi, takomillashtirdi. Mustaqillikning birinchi о’n-yilida о’zbek о’zligini tanidi, jahondagi nufuzli millatlardan biriga aylandi. Muhimi - istiqlol mafkurasi shakllandi, millatimiz, xalqimiz о’z g’oyasi va iymon-e’tiqodiga qaytdi. Ajdodlarimizning boy merosi tiklandi va tiklanmoqda. Biz ularning vorislari sifatida dunyo ma’naviy-ilmiy jamoatchiligi oldida qarzdormiz. Chunonchi, Muhammad al-Xorazmiy, Muhammad az-Zamaxshariy, al-Hakim, at-Termiziy, Xо’ja Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Xо’ja Axror Valiy va boshqa о’nlab alloma-avliyolarning teran ilmiy xulosalari va amallarini uchinchi ming-yillikda va hamisha jahon ahliga yetkazib, osoyishta va farovon, tinch-totuv yashashimizga katta va munosib hissa qо’shmog’imiz kerak. Diniy qarashlar odob-axloqning uzviy qismiga aylandi. Cheklashlar man qilindi. Inson kamolida iymon-e’tiqod, Yaratganga shukronalar aytish hamda dunyoviy bilimlarni egallash, taraqqiyotni yuksaltirish davom etaveradi. I.A.Karimovning say-harakatlari tufayli 2007-yil Toshkent Islom dini poytaxti, degan maqomni oldi. О’nlab, yuzlab avliyo-anbiyolar maqbaralari tiklandi. Hozirgi paytda 18 diniy konfensiyalar tolerantlik tamoyiliga kо’ra millatlararo totuvlik asosida ishlab turibdi. Albatta, har qanday milliy davlat iqtisodiyotining asosini energetika va tabiiy boylik zahiralari tashkil etadi. Shuning uchun ham jahondagi rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar tо’qnashayotgan hozirgi energetika yetishmovchiligi sharoitida О’zbekistonning muhim ustunligi mamlakat iqtisodiyotining ushbu yо’nalishda dunyodagi juda kam sonli davlatlar singari I.Karimovning qat’iy say-harakatlari bilan tо’la mustaqillikka erishganligidadir. Ba’zi davlatlar esa uzoqni kо’zlamay, faqat joriy-yilga mо’ljallangan byudjetni hisoblab chiqib, eng kam jahon sarmoyasi bahosiga о’tishmoqda. Bu esa inqirozni bartaraf qilishga salbiy ta’sir kо’rsatishi mumkin. О’zbekiston о’zining qо’shimcha tarzda gaz, neft, kо’mir va uran zahiralariga ega bо’lib, ularni sof holda eksport qilish bо’yicha jahonning о’nta davlati safiga kiradi. Mamlakatning umumiy energetika zahiralari yana kamida 100-yil davomida iqtisodiyot ehtiyojlarini qondirish uchun yetadi. Buning о’ziyoq milliy davlatimizning boy imkoniyatlarga ega ekanligidan dalolat beradi. Umuman olganda, davlat va milliy davlatchilik muammosi, uning hozirgi globallashuv davridagi rivojlanish davom etmoqda. Prezident Islom Karimov asos solgan milliy davlatchiligimiz bundan keyin ham uzoqni kо’zlagan dastur asosida ravnaq topaveradi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling