О’zbekiston tanlagan mustaqil rivojlanish yо’LI


Download 0.84 Mb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1572565
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TARIX

Yangilik bilan eskilik о’rtasida hamma vaqt keskin kurashlar, ziddiyatlar va qarama- qarshiliklar bо’lgan. Hayotda esa kо’pincha yangilikdan kо’ra eskilik, yaxshilikdan kо’ra yomonlik, ezgulikdan kо’ra yovuzlik yashovchan bо’ladi?! Ana shu hayotiy falsafadan kelib chiqib, turmush tarziga aylangan va kundalik hayot qobig’ida о’ralib qolgan mutelik qarashlarni о’zgartirish oson ish emas edi?!
Yurt mustaqilligi uchun kurashayotgan yetuk siyosatchidan nihoyatda kuchli iroda, mustahkam asab, sabot va matonat talab etardi. Bu intihosiz iztiroblar, hayotining har daqiqasini e’tiqod va g’oya uchun qurbon qilishdek fidoyilik va oliy darajadagi shaxsiy qatiyat va mustahkam fazilat zarur edi!
Jamiyat va odamlar hayotida yuz beradigan tub burilishlar paytida yetakchi ma’naviy- ruhiy kechinmalar qurshovida qoladi. О’zbekiston ana shunday jarayonni boshidan kechirmoqda. Mustaqillik - yangilik bilan eskilik о’rtasidagi jarlikni tо’ldirish, ya’ni asta- sekinlik bilan odamlar siyosiy ongi va dunyoqarashida, tafakkurida burilish yasash afzalliklarini shakllantirish demak.
Davlat va siyosat arboblari turli siyosiy guruhlar - muxoliflar harakatlari bilan birga, bir-biriga zid qarashlar va g’oyalarni yengib о’tishi, xalqimiz ongi va qalbida beqiyos yangilanishni amalga oshirishi - jamiyat hayotida jiddiy sifat о’zgarishlar - istiqbolga olib keldi.
Insoniyat tarixi turli davrlarda, har xil shakllarda uyg’onish hodisasini boshidan kechirgan. Bir necha asrlik mustamlakachilikdan sо’ng yoxud milliy tanazzul iztiroblaridan keyin shunday hodisalar yuz beradiki, odamlar о’zlarini anglay boshlaydilar. Fikriy mudroqlikka chek qо’yadilar. Hayotni, olam rang-barangligini о’zlashtiradilar. Tafakkur qudrati bilan yashashga ehtiyoj sezadilar. Va oqibat-natijasi - Mustaqillikdir.
Ollohning inoyati, xalqimiz orzusi - mustaqillikka erishdik. Bu sana - 1991-yil 31-avgust. Bu oddiy gap emas?! Chunki bu kunga kelgunga qadar mohir siyosatchi, uzoqni kо’zlagan bashoratchi, albatta aniq reja va keng kо’lamli dastur - islohotchi sifatida namoyon bо’lgan, eng muhimi mustabid davrda О’zbekiston SSRning yaxlit boshqaruvi - Prezidentlik institutini tashkil qilgan Islom Karimovning buyuk say-harakatlari ila Istiqlol amalga oshirildi! Agar 1990-yil 24-martda birinchi Prezident Islom Karimov О’zbekiston SSR Oliy Kengashida saylangan bо’lsa, 1991-yil 29-dekabrda mustaqil davlat ahli tomonidan muxolifat saylovlari asosida juda kо’p ovozolib (89,2%) xalq Prezidenti - Birinchi Prezident lavozimini egalladi, milliy davlatchilikka asos soldi. О’zbek davlatchiligi qachon paydo bо’lgan? degan savolga Yо’lboshchimiz shunday javob beradi: ―Nima emish, О’zbekiston XX asrning 20-yillarida, aniqrog’i, 1924-yili davlat maqomini olgan emish. Biz shu gapga ishonishimiz kerakmi? Maqtanish emas, yangidan shakllanayotgan о’zbek davlatchiligi boshida turgan inson sifatida aytishga haqqim bor, kerak bо’lsa, bu ish uchun jonimni, borlig’imni berishga tayyorman”( Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yо’q.- T.: Sharq. 1998. 11-b.).
Har bir jamiyat о’zining yuksak taraqqiyotiga erishishi uchun mustaqil bо’lishi hamda milliy davlatchilikning haqiqiy demokratik jarayonlarini vujudga keltirishi zarur! Bu jarayonlar mamlakatimizda istiqlol-yillari amalga oshirilib, umume’tirof etilgan demokratik normalar va milliy manfaatlarimizga mos keluvchi demokratik huquqiy milliy davlat barpo etildi.
Shuni ta’kidlash kerakki, davlatning demokratik tamoyillari universal holat bо’lib, Amerika, Rossiya, Xitoy yoki Germaniyada qanday bо’lsa, bizda ham shunday bо’lishi kerak, deb anglashimiz notо’g’ri?! Ya’ni, uni vujudga keltiradigan, shakllantiradigan о’ziga xos xususiyatlariga ega bо’lgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-siyosiy, tarixiy-huquqiy, geografik, geostrategik shart-sharoitlar turli xalqlar va davlatlarda har xil darajada rivojlanish jarayonlarini boshidan kechirdi. Demak, rivojlanish jarayonlari millat ruhiyatidan kelib chiqadi. Mamlakatning, aholining rivojlanish negizi milliy davlatning demokratik jarayonlarini belgilaydi.
Milliy davlatchiligimizning demokratik prinsiplari О’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi va amalga oshirildi. I.Karimovning ta’kidlashicha, «Istiqlol biz uchun taraqqiyotning butunlay yangi, keng ufqlarini ochdi. О’z kelajagimizni о’z qо’limiz bilan yaratadigan bо’ldik. Hayotimiz va umumiy xonadonimizni milliy manfaat va qadriyatlarimizni umume’tirof etilgan demokratik mezonlarga monand qilib qurishdek noyob tarixiy imkoniyatga ega bо’ldik», degan purma’no fikrlari milliy davlatchilikning rivojlanish muammolarini belgilaydi.
Chunonchi:

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling