O'zbekiston tarixi 101-variant I bob l-§. Ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar
-5 §. O'RTA OSIYO XALQLARI TURK XOQONLIGI DAVRIDA. G'ARBIY TURK XOQONLIGI
Download 0.87 Mb.
|
7 o\'z tarix test javobi bilan
4-5 §. O'RTA OSIYO XALQLARI TURK XOQONLIGI DAVRIDA. G'ARBIY TURK XOQONLIGI
32. Turkiy qabilalarni birlashtirgan yangi davlat —Turk xoqonligi qachon tashkil topgan? A) V asr o'rtalarida B) VI asr boshlarida C) VI asr o'rtalarida D) VI asr oxirlarida 33.Turk xoqonligining dastlabki tashkil topgan hududini aniqlang. A) O'rta Osiyo B) G'arbiy Dashti qipchoq C) Sharqiy Turkiston va Yettisuvda D) Oltoy va Janubiy Sibir 34.Turk xoqonligi asoschisi Bumin qachon "xoqon" deb e'lon qilingan? A) 550-yil B) 551-yil C) 552-yil D) 556-yil 35.Turk xoqonligining markazi deb qayer belgilangan edi? A) So'yob B) Oltoy C) Bolosog'un D) Qoshg'ar 36.Turklarning g'arbga tomon dastlabki yurishlariga kim boshchilik qilgan? A) Bumin B) To'nyabg'u C) El Arslon D) Istami 104-variant 1. Qaysi davlat hukmronligi davrida Chag'oniyon, Samarqand, Buxoro, Kesh, Naxshab va Toshkent atroflari to'la o'zlashtirilib, alohida-alohida dehqonchilik vohalari shakllandi? A) Xioniylar B) Eftaliylar C) Turk xoqonligi D) Arab xalifaligi 2. Ilk o'rta asrlarda Xitoy imperatorlari saroylarini bezashda ishlatilgan rangli shishalar qayerdan olib kelingan? A) Vizantiya B) Hindiston C) Eron D) O'rta Osiyo 3. Quyidagilardan qaysi biri dastlab "Yabg'u xoqon" unvoniga ega bo'lgan? A) Bumin B) To'ng yabg'u C) El Arslon D) Istami 4. 555-yiIagacha bo'lgan vaqt oralig'ida qaysi hududdagi turkiy qabilalar Turk xoqonligi tarkibiga kiritilgan edi? A) Yettisuv va Sharqiy Turkistonga tutash hududlardagi B) Shimoliy Xitoygacha bo'lgan hududlardagi C) Janubiy Sibirdagi D) Sharqiy Sibirdagi 5. Sirdaryo va Orol dengizi bo'ylarigacha bo'lgan hududlar qachon Turk xoqonligi tarkibiga kiritilgan? A) 552-yil B) 555-yil C) 558-yil D) 562-yil 6. Turk xoqonligi hududlari qachon Eftaliylar davlati chegaralariga borib tutashgan edi? A) 552-yil B) 555-yil C) 558-yil D) 562-yil 7. Turklar Ural va Volga daryosi bo'ylarini qachon xoqonlik tarkibiga kiritganlar? A) 552-yil B) 555-yil C) 558-yil D) 562-yil 8. Turklar 575 —576-yillarda qaysi hududlarni egallaganlar? A) Sirdaryo va Orol bo'ylari B) Yettisuv va Sharqiy Turkiston C) Sirdaryo va Amudaryo oralig'i D) Shimoliy Kavkaz va Qrim yarimoroli 9. Turklarning O'rta Osiyoga ko'plab hujum uyushtirishidan foydalangan sosoniylar Eftaliylarning qaysi hududlarini tortib olganlar? A) Toxariston va Chag'oniyon B) Badaxshon va Sug'd C) Isfijob va Buttalon D) Chog'oniyon va Maymurg' 10.Ilk o'rta asrlar davri ko'pgina turkiy qabilalarning o'z yerlarini tashlab boshqa hududlarga ko'chishi bilan xarakterlanadi. Shu jarayonda qaysi qabilalar Sirdaryo va Orol bo'ylariga kirib kelganlar? A) xazarlar B) bulg'orlar C) o'g'uzlar D) qipchoqlar 11.Ilk o'rta asrlar davri ko'pgina turkiy qabilalarning o'z yerlarini tashlab boshqa hududlarga ko'chishi bilan xarakterlanadi. Shu jarayonda qaysi qabilalar Ural va Volga daryolari havzasiga borib joylashganlar? A) xazarlar B) qarluqlar C) kimaklar D) qipchoqlar 12.Ilk o'rta asrlar davri ko'pgina turkiy qabilalarning o'z yerlarini tashlab boshqa hududlarga ko'chishi bilan xarakterlanadi. Shu jarayonda qaysi qabilalar Qora dengiz bo'ylariga borib joylashganlar? A) xazarlar B) bijanaklar C) o'g'uzlar D) qipchoqlar 13. "Yoyiq" qaysi daryoning qadimgi nomi bo'lgan? A) Ural B) Volga C) Ili D) Dnepr 14. "Itil" qaysi daryoning qadimgi nomi bo'lgan? A) Ural B) Volga C) Ili D) Dnepr 15.Turklar Eftaliylarga qarshi qaysi daviatlar bilan yaqinlashishga harakat qilganlar? A) Xitoy va Xazar xoqonligi B) Eron va Qirg'iz xoqonligi C) Eron va Vizantiya D) Vizantiya va Rus knyazliklari 16.Eron asakarlarining janubdan hujumi yordamida turklar qachon Eftallar davlatiga hujum qilganlar? A) 558-yil B) 561-yil C) 563-yil D) 565-yil 17. Sosoniylar qo'shini qachon Eftaliylar davlatiga qarashli Balx shahriga bostirib kirgan? A) 558-yil B) 561-yil C) 563-yil D) 565-yil 18."Parak" qaysi daryoning qadimgi nomi bo'lgan? A) Chirchiq B) Amudaryo C) Sirdaryo D) Zarafshon 19. Chirchiq daryosi vodiysi va uning markazi bo'lgan Choch shahri qachon turklar tomonidan ishg'ol qilingan? A) 555-yil B) 558-yil C) 563-yilD) 567-yil 20.Turk xoqonligi tomonidan boshqalariga nisbatan keyinroq egallangan shaharni aniqlang. A) Samarqand B) BuxoroC) Kesh D) Naxshab 21.Eftaliylar va turklar o'rtasidagi hal qiluvchi jang qancha muddat davom etgan? A) 3 kun B) 8 kun C) 12 kun D) 15 kun 22.Turklar tomonidan dastlab egallangan shaharni aniqlang. A) Samarqand B) Buxoro C) Kesh D) Naxshab 23. Eftaliylar davlati qulagach, uning mulklari Sosoniylar va turklar o'rtasida bo'lib olindi. Ikki davlat o'rtasida chegara qilib qaysi hudud belgilangan? A) Sirdaryo B) Marvdan Nisogacha bo'lgan qadimgi devor C) Balxdan Kaspiyning janubigacha bo'lgan savdo yo li D) Amudaryo 24. Turklar qaysi yillar davomida olib borgan harbiy harakatlar natijasida Movarounnahrni egalladilar? A) 563 —569-yillar B) 555 —563-yiliar C) 558 —563-yillar D) 563-567-yillar 25.Turklar qachondan boshlab Vizantiya bilan Eron orqali bevosita savdo qiladigan bo'lgan? A) 552-yil B) 563-yil C) 567-yil D) 575-yil 26. Eron shohlaridan qaysi biri turklar yo'lboshchisi Istamiga kuyov bo'lgan edi? A) Anushervon B) Pero'z C) Shopur III D) Kubod 27. Turk xoqonligida hukmdoming hokimiyati nimaga asoslangan edi? A) turli hudud va elatlarning yagona qonun-qoidalar asosida birlashuviga B) urug'-aymoq udumlariga tayangan harbiy-ma'muriy boshqaruvga C) xoqonlik doirasida yagona bo'lgan qonunlarga tayangan harbiy- ma'muriy boshqaruvga D) urug'-aymoq udumlariga tayangan siyosiy-ma'muriy boshqaruvga 28.Turk xoqonligida kimlar "budun" yoki "qora budun" nomlari bilan yuritilar edi? A) ko'chmanchi chorvadorlar B) dehqonlar C) hunarmandlar D) savdogarlar 29.Turk xoqonligida qabilalar ittifoqi birlashmasi nima deb yuritilgan? A) o'n o'q el B) yuz o'q budun C) ming o'q el D) tuman 30.Xoqonlikda o'n o'q budun yoki elning hokimlari nima deb yuritilgan? A) tudun B) ixshid C) yabg'u D) shod 31.Turk xoqonligida harbiy holat paytida o'n o'q budun qancha suvoriyni safga tortar edi? A) 1000 ta B) 5000 ta C) 10000 ta D) 12000 ta 32.Turk xoqonligida kimlar yabg'u darajasiga ko'tarila olishi mumkin edi? A) mohir sarkardalar B) jasorat ko'rsatgan askarlar C) faqat turkiy xalq vakillari D) xoqon urug'ining qarindoshlari 33.Turk xoqonligida o'n ming kishilik harbiy bo'linmaning tumanboshisi nima deb atalgan? A) tudun B) ixshid C) yabg'u D) shod 34.Xato fikrni aniqlang. A) Turk xoqonligi turkiy xalqlarning dastlabki markazlashgan davlati edi. B) VI asr ikkinchi yarmida turklar Uzoq Sharqdan Eron hududlarigacha bo'lgan karvon yo'llarini o'z nazoratlariga olgan edi. C) Turklar hukmronligi davrida O'rta Osiyoda mavjud hokimliklarning iqtisodiy va siyosiy boshqaruvi mahalliy sulola hukmdorlari qo'lida bo'lgan. D) Turklar qo'I ostidagi xalqlardan boj va yasoq undirib olish bilan cheklanganlar. 35.Turk xoqonligi qachon ikkiga: Sharqiy turk xoqonligi va G'arbiy Turk xoqonligiga bo'linib ketgan? A) VI asr 80-yillari boshlarida B) VI asr 80-yillari oxirlarida C) VI asr 90-yillari oxirlarida D) VII asr boshlarida 36.Sharqiy turk xoqonligi markazi qayerda joylashgan edi? A) Janubiy Sibirda B) Sharqiy Sibirda C) Mo'g'ulistonda D) Shimoliy Xitoyda Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling