O'zbekiston tarixi 101-variant I bob l-§. Ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar
Download 0.87 Mb.
|
7 o\'z tarix test javobi bilan
103 variant
1. Yirik sug'orish tarmoqlaridan hisoblangan Zog'ariq va Bo'zsuv kanallari qachon barpo etilgan? A) IV asrda В) V asrdaС) VI asrda D) VII asrda 2. Ilk o'rta asrlarda Dargo'm kanali qaysi hududni suv bilan ta'minlagan? A) Janubiy Qo'zog'iston B) Toshkent vohasi shimoliy tumanlari C) Qashqadaryo vohasi janubiy tumanlari D) Samarqand viloyati janubiy tumanlari 3. O'rta asrlarga mansub Darg'om kanali qachon bunyod etilgan? A) V asrda В) VI asrda С) VII asrda D) VIII asrda 4. Zovariq kanali ilk o'rta asrlarda qaysi hududlarni suv bilan ta'minlagan? 1. Samarqand viloyati 2. Qashqadaryo viloyati 3. Toshkent vohasi 4. Janubiy Qozog'iston 5. Surxon vohasi A) 1, 2 B) 2, 5 C) 3, 4 D) 4, 5 5. Quyidagi joy nomlaridan qaysi biri Kaspiy dengizining qadimgi nomi emas? A) Xazar B) Xarkon C) Jurjon D) Bandi az 6. Chag'oniyon hozirgi qaysi hududning qadimgi nomi bo'lgan? A) Qashqadaryo vohasi B) Surxondaryo vohasi C) Samarqand atroflari D) Janubiy Tojikiston 7. V—VI asrlarda Ipak yo'li bo'ylab savdoda O'rta Osiyoda kimlar sosoniy savdogarlar bilan raqobatda asosiy vositachilik rolini o'ynaganlar? A) baqtriyaliklar B) chochliklar C) sug'diylar D) farg'onaliklar 8. Naxshab qaysi shaharning qadimgi nomi bo'lgan? A) Shahrisabz B) Buxoro C) Qarshi D) Temiz 9. Ichki va tashqi savdo munosabatlarida eftallar dastlab kimlarning tangalaridan foydalanganlar? A) sosoniylar B) xioniylar C) kushonlar D) sug'diylar 10. Quyidagi davlatlardan qaysi birida jinoyatchilik uchun boshqalariga nisbatan qattiq jazo belgilangan? A) Kidariylar B) Xioniylar C) Turk xoqonligi D) Eftaliylar 11.V —VI asrlarda qaysi hududlarda ko'chmanchilarning o'troq hayotga o'tishlari ancha tez bo'lgan? A) Choch va Farg'ona B) Toxariston va Sharqiy Sug'd C) Badaxshon va Shimoliy Sug'd D) Chag'oniyon va Xorazm 12.V-VI asrlarda O'rta Osiyoda ko'chmanchi aholi o'rtasida qaysi til hukmronlik qilar edi? A) turkiy til B) fors tili C) Sug'diy til D) toxar tili 13.V —VI asrlarda qaysi til xalqaro savdo tili sifatida Yettisuv va Farg'ona orqali Sharqiy Turkistonga kirib, Xitoy hududlarigacha yetib borgan? A) turkiy til B) fors tili C) sug'd tili D) arab tili 14.V—VI asrlarda O'rta Osiyo aholisi qanday yozuv turlaridan foydalanganlar? 1. Kushon 4. Eftal 2. Sug'd 5. Baqtriya 3. Xorazm 6. Choch A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 3, 4, 5 D) 4, 5, 6 15.Eftallar xati qaysi yozuv asosida paydo bo'lgan edi? A) baqtriya B) kushon C) sug'd D) oromiy 16. Qaysi javobda eftallar yozuviga xos xususiyat to'g'ri ko'rsatilgan? A) u 22 harfdan iborat bo'lib, chapdan o'ngga qarab yozilgan B) u 28 harfdan iborat bo'lib, o'ngdan chapga qarab yozilgan C) u 25 harfdan iborat bo'lib, yuqoridan pastga qarab yozilgan D) u 25 harfdan iborat bo'lib, chapdan o'ngga qarab yozilgan 17.Mihirakula quyidagi qaysi davlatning hukmdori bo'lgan? A) Xioniylar B) Kidariylar C) Eftaliylar D) Sosoniylar 18.Ilk o'rta asrlarda qabila va urug' jamoalari oqsoqollari nima deb yuritilgan? A) dehqon B) yabg'u C) xvabu D) tudun 19.Eftallar e'tiqod jihatidan qaysi dinga mansub bo'lganlar? A) o't va quyoshga topinuvchi otashparast bo'lganlar B) buddaviylikka mansub bo'lganlar C) xristianlikka mansub bo'lganlar D) zardo'shtiylikka mansub bo'lganlar 20. Ilk o'rta asrlardagi "abdal" nomli etnik guruh hozirga qadar qaysi xalqlar tarkibida saqlanib qolgan? A) qirg'izlar va qozoqlar B) turkmanlar va turklar C) ozarlar va qoraqalpoqlar D) qirg'izlar va armanlar 21.O'rta Osiyolik shishasozlar qachon Xitoy hunarmandlariga rangli shisha va shisha buyumlar yasashni o'rgatganlar? A) IV asrda В) V asrda С) VI asrda D) VII asrda 22.V-VI asrlarda O'rta Osiyo aholisining qaysi hudud bilan iqtisodiy va madaniy aloqalari kengayib borgan? 1. Eron 4. Hindiston 2. Kavkaz 5. Vizantiya 3. Xitoy 6. Arabiston A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 3, 4, 6 D) 1, 3, 4 23. V — VI asrlarda Sharq mamlakatlarida O'rta Osiyo shishasidan keyingi o'rinda qaysi hudud hunarmandlari yasagan shisha buyumlar turgan? A) Xitoy B) Eron C) Vizantiya D) Hindiston 24. Pandus nima? A) yuqoriga suv chiqarib beruvchi moslama B) ko'tarma ko'prik C) harbiy qal'aning burjlari D) qiya ko'tarma yo'lak 25. Jayxun qaysi daryoning qadimgi nomi bo'lgan? A) Sirdaryo B) Amudaryo C) Volga D) Ili 26. Ilk o'rta asrlarda Bey-Vey davlati qayerda tashkil topgan edi? A) Eron B) Xuroson C) Xitoy D) Dashti Qipchoq 27.V asr o'rtalarida Eftaliylar davlati tarkibiga kirmagan hududni aniqlang. A) Marv B) Yorkand C) Qoshg'ar D) Isfijob 28. Bey-Vey davlatiga qarashli ko'pgina hududlar qachon eftallar tomonidan bosib olingan? A) V asr o'rtalarida B) V asr oxirlarida C) VI asr boshlarida D) VI asr o'rtalarida 29. Ilk o'rta asrlarda Xuttalondan g'arbda qaysi tarixiy viloyat joylashgan edi? A) Isfijob B) Buttalon C) Badaxshon D) Ishtixon 30. Ilk o'rta asrlarda Xuttalondan sharqda joylashgan hududlar qanday nom bilan yuritilgan? A) Isfijob B) Buttalon C) Badaxshon D) Ishtixon 31. Ilk o'rta arlarda Chochdan shimolda qaysi tarixiy viloyat joylashgan edi? A) Isfijob B) Parkan C) Maymurg' D) Toxariston Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling