IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:
1-usul: Mustahkamlash uchun savollar:
G‘aznaviylar davlatiga kim va qachon asos solgan?
Gaznaviylar davlatining poytaxti qayer bo’lgan?
G‘aznaviylar davlatiga kimning davrida kengayib, sharqning eng qudratli davlatlaridan biriga aylangan?
Mahmud G’aznaviy haqida nimalarni bilib oldingiz?
G‘aznaviylar davlati davlat boshqaruvi haqida so’zlang.
G‘azna shahrida olimlardan kimlar ijod qilganlar?
Beruniy va Bayhaqiylar o’z asarlarini kimga bag’ishladilar?
2-usul: elektron darslikdan test yechish.
1.Mahmud G'aznaviy davrida G'aznaviylar davlatining hududi kengayib, davlat chegarasi shimoliy g'arbda qaysi hududgacha yetgan edi?
A.Ray va Isfahon shaharlarigacha B.Kaspiy dengizigacha
C.Shimoliy Hindistonning katta qismini egallagan edi D.Xorazm va Orol dengizigacha
2.Mahmud G'aznaviy davrida G'aznaviylar davlatining hududi kengayib, davlat chegarasi sharqda qaysi hududgacha yetgan edi?
A.Ray va Isfahon shaharlarigacha B.Kaspiy dengizigacha
C.Shimoliy Hindistonning katta qismini egallagan edi D.Xorazm va Orol dengizigacha
3.Mas'ud G'aznaviy hukmronlik qilgan yillarni aniqlang.
A.997-1030-yillar B.1030-1041 -yillar C.1017- 1030-yillar D.976-997-yillar
4.Qachon G'aznaviylar davlati butunlay tugatilgan edi?
A.1041-yil B.1186-yil C.1146-yil D.1086-yil
5.Sulton Mas'udga bag'ishlangan asarlarni aniqlang.
A."Qonuni Mas'udiy", "Tarixi Mas'udiy" B."Qonuni Mas'udiy", "Tarixi Rashidiy"
C."Shohnoma", "Qonuni Mas'udiy", "Tarixi Mas"udiy" D.Barchasi to'g'ri
6.G'aznaviylar davlatida viloyatda boshqaruv ishlari kim tomonidan amalga oshirilgan?
A.voliy B.rais C.amid D.kutvol
7.G'aznaviylar davlatida harbiy qismlar boshlig'i ... deb atalgan.
A.sipohsolor B.sarxang C.solor D. sayyid
Do'stlaringiz bilan baham: |