O’zbekiston tarixi 7-sinf
Qo'rg'oshin nova suv inshooti qaysi shaharni suv bilan taminlagan?
Download 0.97 Mb.
|
7 sinf ozbekiston tarixi. dars ishlan
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.Mogullar qaysi shaharni 11 kunlik qamaldan keyin bosib olishgan A.Termiz B.Binokat C.Yangikent D.D) Xojand III.Yangi mavzu bayoni
- 1220-yilning apreli
9.Qo'rg'oshin nova suv inshooti qaysi shaharni suv bilan taminlagan?
A.Buxoro shahrini B.Samarqand shahrini C.O'tror shahrini D.Sig'noq shahrini 10.Xo'jand shahri hokimi Temur Malik mo'g'ullarga qarshi janglar qilib, ulardan qaysi shaharni qaytarib olgan? A.Sig'noq B.Naxshab C.Yangikent D.Binokat 11.Mo'g'ullar qaysi shaharni 11 kunlik qamaldan keyin bosib olishgan? A.Termiz B.Binokat C.Yangikent D.D) Xo'jand III.Yangi mavzu bayoni: Buxoro, Samarqand, Xo‘jand singari buyuk shaharlarning qo‘ldan ketishi Muhammad Xorazmshohni larzaga soldi. U endi janubi G‘arbiy hududlarga chekina boshladi. Xorazmshoh yakkalanib qolib, ko‘plab ishonchli amirlari xiyonat yo‘lini tutdi. Undan Qunduz va Badaxshon viloyatlari hokimlari yuz o‘girdi. 1220-yilning aprelida Muhammad Xorazmshoh Nishopurga keladi. Ammo uni mo‘g‘ullar ta’qib etib kelayotganini eshitib, bir qancha shahar va qal’alarda yashirinib yurdi. Hech qayerda uni iliq kutib olishmadi. Oxiri Kaspiy dengizidagi Ashura orolida o‘g‘li Jaloliddinni taxt vorisi etib tayinlab, 1220-yilning dekabrida vafot etadi. Movarounnahrning asosiy shaharlari egallangach, mo‘g‘ul jangarilarining bosqinchilik yurishi Amudaryo janubidagi yirik savdo va madaniyat markazlari: Balx, Hirot, Marv va G‘azna kabi shaharlarga yo‘naltiriladi. Ammo bu viloyatda ular Jaloliddin Manguberdining qattiq qarshiligiga uchraydi. Bu o‘lkada u kuchli lashkar to‘playdi. Jaloliddin Manguberdi ancha yillar ilgari G‘azna, Bomi- yon va Hindiston hududlarigacha bo‘lgan yerlarga hokim etib tayinlangan edi. Shu boisdan u G‘azna tomon borardi. Yo‘lda unga Xuroson noiblari o‘z qo‘shinlari bilan kelib qo‘shilib bordi. Sulton Jaloliddin Niso, Qandahor shaharlari yonida mo‘g‘ul qo‘shinlariga qaqshatqich zarbalar berib, G‘aznaga yetib keldi. Uning qo‘shinlari safiga yangi kuchlar qo‘shildi. Jaloliddin Valiyon qal’asini qamal qilayotgan mo‘g‘ul qo‘shinlariga qarshi hujum qilib, ularni tor-mor etadi. Bu Jaloliddinning dushman ustidan qozongan dastlabki yirik g‘alabasi edi. Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi Shiki Xutuxu no‘yonni 45 minglik qo‘shin bilan jo‘natadi. G‘azna yaqinidagi Parvon dashtidagi jangda Jaloliddin g‘alaba qozondi. Biroq g‘alabadan keyin qo‘lga kiritilgan o‘ljalarni taqsimlashda Jaloliddinning lashkarboshilari o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik boshlanadi. Oqibatda lashkarboshilardan Sayfuddin Ag‘roq, A’zam Malik va Muzaffar Maliklar Jaloliddin Manguberdi qo‘shindan ajralib ketadilar. Bu voqeadan so‘ng Jaloliddinning harbiy kuchi zaiflashib qoladi. Fursatdan foydalangan Chingizxon G‘aznaga askar tortadi va ajralib chiqqanlarni alohida-alohida tor-mor etadi. Jaloliddin tengsiz janglar olib borib, Sind (Hind) daryosi qirg‘oqlariga yaqinlashib boradi. Daryo bo‘yida 1221-yilning 25-noyabrida ikki o‘rtada qattiq jang bo‘ladi. Jaloliddin Chingizxon qo‘shinining ilg‘orini yengadi. Mo‘g‘ullarning pistirmalarga qo‘yilgan 10 ming nafar saralangan askari jangni yakunlaydi. Jaloliddin taslim bo‘lishni xohlamay otda Sind daryosiga sakrab, narigi qirg‘oq- qa suzib o‘tadi. U bilan birga uning to‘rt ming kishilik askari ham daryodan o‘tib oladi. Hozirgi paytda ham bu daryoning bir tomoni «Ot sakrash», narigi tomoni «Cho‘li Jaloliy» deb atala- di. Jaloliddinning jasoratiga qoyil qolgan Chingizxon uni ta’qib qilish fikridan qaytadi. Hatto, u o‘g‘illariga qarab: «Ota o‘g‘il mana shunday bo‘lishi lozim», - degan ekan. Jaloliddin yana o‘n bir yil davomida goh Eron, goh Ozarbayjon hududlarida mo‘g‘ullarga qarshi kurashni davom ettiradi. Xorazmshohning hukmdorligi 1231-yilda tugaydi.Sharqdagi bu ulkan davlat batamom barham topadi. Vatan ozodligi yo‘lida jon fido qilgan buyuk ajdodimiz Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi mustaqil O‘zbekistonda 1999-yili keng nishonlandi. Xorazmda unga haykal o‘rnatildi, yirik ko‘cha va maydonlarga uning nomi qo‘yildi, videofilm, pyesa va dostonlar yaratildi. 2000-yil 30-avgustda «Jaloliddin Manguberdi» ordeni ta’sis etilgan. Mo‘g‘ullar istilosi oqibatida Movarounnahr va Xorazmning yashnab turgan obod dehqonchilik viloyatlari halokatga uchradi. Gavjum va ko‘rkam shaharlar, ayniqsa, Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Banokat, Xo‘jand va boshqalar xarobazorga aylantirildi. Marv vohasining sug‘orish tarmoqlarining bosh to‘g‘oni - mashhur Sultonband buzib tashlandi. Samarqandliklar o‘z ona shaharlarini tark etib chiqib ketdilar. Marv aholisi esa suvsizlikdan qurib borayotgan qishloqlarni tashlab, o‘zga yerlarga borib joylashdi. Urganch suvga bostirilib, batamom vayron etildi. Xorazm va Movarounnahrning ziroatchi aholisi sonining keskin kamayib ketishi oqibatida ekin maydonlari jiddiy qisqarib, dehqonchilik inqirozga uchraydi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling