O’zbekiston tarixi 7-sinf
O’zbekiston tarixi 7-sinf
Download 0.97 Mb.
|
7 sinf ozbekiston tarixi. dars ishlan
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17-Darsning mavzusi: Somoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot Darsning maqsadi: Ta’limiy
- Dars turi
- Darsning borishi: I.Tashkiliy qism
O’zbekiston tarixi 7-sinf
17-Darsning mavzusi: Somoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot Darsning maqsadi: Ta’limiy: O’quvchilarga Somoniylarning hukmronligi, davlat boshqaruvi, mudofaa ishlari kabilarni yoritib berish Somoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot Tarbiyaviy: O`quvchilarga ijtimoiy iqtisodiy madaniy munosabatlarni o’rgatish orqali o’zlikni anglash va tajriba hosil qilish Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni voqea-hodisalarni tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirish Dars turi: aralash Dars uslubi: og’zaki, yozma Dars usuli: suhbat, munozara, savol-javob, test Dars jihozi: Darslik, elektron darslik, AKT, doska, xarita, chizma va tarqatma materiallar Darsning texnologik xaritasi: I.Tashkiliy qism 2 daqiqa II. O’tgan mavzuni so’rash 10 daqiqa III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 12 daqiqa IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa V.O’quvchilarni baholash 4 daqiqa VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish,sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish. II. O’tgan mavzuni so’rash: 1.Nasr butun Movarounnahr hukmdoriga aylangan vaqtni toping. A.IX asr o'rtalar i B.IX asr oxirgi choragi C.IX asr boshlari D.IX asr birinchi yarmi 2.Qaysi davrda Movarounnahr xalqi Arab xalifaligi istibdodidan abadiy xalos bo'ladi? A.VIII asr oxiri B.IX asr boshida C.IX asr o'rtalarida DIX asr oxirida 3.Farjak madrasasi nechanchi asrga tegishli bo'lgan? A.VIII asrga B.XII asrga C.IX asrga D.X asrga 4.Somoniylar davlatida davlat hujjatlari va elchilik aloqalari vazirligi nima deb atalgan? A.Sohibi Shurat B.Vazir C.Amid ul-mulk D.Mustovfiy 5.Somoniylardan kim birinchi bo'lib Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko'radi? A) Nasr B) Ahmad C) Nuh D)Ismoil 6.Xalifa Mu'tazidning hukmronlik yillari nechanchi yillarga to'g'ri keladi? A.892-902-yillar B.890-902-yillar C.874-907-yillar D.865-900-yillar 7.Ismoil Somoniy butun Movarounnahr va Xurosonni o'z qo'l ostida birlashtirgandan so'ng qaysi shaharni poytaxt qilib tanlaydi? A.Samarqandni B.Buxoroni C.Marvni D.Nishopurni 8.Kimning ma'lumotiga ko'ra, Somoniylar boshqaruvi asosan vazir, mustovfiy, amid ul-mulk, sohibi shurat kabi o'nta devon orqali idora etilgan? A.Beruniyning B.ba'zi bir manbalarda C.Narshaxiyning D.Juvayniyning 9.Somoniylar davlatida xatib bu - ... A.Moliya vaziri B.Davlat hujjatlari va elchilik aloqalari vaziri C.Diniy ishlar bo'yicha vazir D.Harbiy ishlar vaziri 10.Somoniylar davrida qanday maqom egalari keyinchalik «Shayx ul-islom» nomi bilan yanada ulug'langan? A) xatib B) muftiy C) hojib D) ustod Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling