O’zbekiston tarixi 7-sinf


Download 0.97 Mb.
bet37/130
Sana29.03.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1309039
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   130
Bog'liq
7 sinf ozbekiston tarixi. dars ishlan

III. Yangi mavzu bayoni:
IX asrda Movarounnahrning siyosiy hayotida ham o‘zgarishlar yuz beradi. Yurt- ga avval Nuh, so‘ngra Ahmad boshchilik qiladi. Har biri hukmronligi davrida o‘z nomlaridan misdan cha- qalar zarb etadilar. Ahmad vafotidan (865-yil) keyin uning o‘g‘li Nasr Samarqandni markazga aylantiradi. U Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko‘radi.
IX asrning oxirgi choragida Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tasarrufiga o‘tadi. Nasr butun Movarounnahrning hukmdoriga aylanadi. U kumush dirham zarb etadi.
Ko‘p o‘tmay aka-uka Nasr va Ismoil o‘rtasida toj-taxt uchun kurash boshlanadi. Unda Ismoil g‘olib chiqadi. Ismoil Somoniy 888-yilda butun Movarounnahrni o‘z qo‘l ostiga birlashtirdi.
Ismoil Somoniy o‘rta asrlarning qobiliyatli, serg‘ayrat va ni­hoyatda zukko davlat arbobi edi. U Movarounnahrni birlashtirib, mustahkam davlat tuzishga intildi. Shimoli sharqiy hududlarga yurish qiladi. 893-yilda Taroz shahrini zabt etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba beradi.
Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishishi, shubhasiz, Arab xalifalariga yoqmas edi. Arab xalifaligini, bir tomondan, Movarounnahrdan muttasil undirib olinadigan katta boyliklardan mahrum bo‘lishi nihoyatda ranjitsa, ikkinchi tomondan, cho‘chitar ham edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni to‘qnashtirishga va ularning har ikkisini ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda o‘z ta’sirini qayta tiklashga harakat qiladi. Xa­lifa Mu’tazid (892-902) safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga Xuroson bilan birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon chiqaradi va uni Ismoilga qar­shi gijgijlaydi. Natijada 900-yilda ular o‘rtasida urush boshla- nadi. Urush Ismoilning g‘alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qo‘l ostiga o‘tadi. Noilojlikdan xalifa Ismoilga hukmdorlik yorlig‘ini yuborishga majbur bo‘ladi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahr va Xurosonni o‘z qo‘l ostida birlashtirdi. Buxoro shahri bu ikki davlatning poytaxtiga aylandi.
Somoniylar mamlakatni boshqarishda dastavval ixcham boshqaruv ma’muriyatini tashkil etdilar. U amir dargohi va devonlar (vazirliklar)dan iborat edi. Dargohda amir qarorgohi va harami hamda saroy a’yon- lari, navkar va xizmatkorlarining turarjoylari bo‘lardi. Narshaxiyning yozishicha, Somoniylar boshqaruvi asosan vazir, mustovfiy, amid ul-mulk, sohibi shurat kabi o‘nta devon orqali idora etilib, ular orasida vazir devoni bosh boshqaruv mahkamasi hisoblanardi. Nasr II (914-943) davrida Buxoroning Registon maydonida amir qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, mahkama mana shu maxsus binoga joylashgan edi. Mahkama xizmatchilari arab, fors tillarini puxta egallab olgan,
Qur’onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan, turli fanlardan xabardor bo‘lgan savodli aslzodalardan tanlab olingan.
Movarounnahrning ravnaqida islom dini ruhoniylarining hissa- si katta bo‘ldi. Shu boisdan ular­ning obro‘yi oshib, poytaxt Buxoro Sharqda islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylan- di. Shaharlarda ko‘plab ibodatxonalar, shu jumladan, jome masjid, xonaqoh va namozgohlar bino qilindi. Shu davrda Buxoro shahrida musulmon Sharqi- dagi ilk ilmgoh- madrasa bunyod etiladi. Buxoroning bu qadimiy madrasasi X asrda shaharning kavushdo‘zlar mahal- lasi yaqinida bino qilingan. U Farjak madrasasi deb yuritilgan.
Mamlakat ma’naviy hayotida «ustod» deb atalgan din va ilm peshvolari rahnamolik qilardi. Keyinchalik bu nom «shayx ul-islom» nomi bilan yanada ulug‘landi. Ustoddan keyin xatib- lar turardi.
Ismoil Somoniy saroyning maxsus mun- tazam sarbozlaridan iborat yaxshi
qurollangan harbiy qo‘shin tuzadi. Yaxshi va uzoq xizmat qilgan sarbozlar «hojib» lavozimiga ko‘tarilgan. Hojiblarning boshlig‘i «hojib ul-hujob» yoki «hojibi buzruk» deb yuritilar edi. Bunday unvon Somoniylar saroyidagi oliy unvon hisob- lanardi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling