O’zbekiston tarixi 7-sinf
Download 0.97 Mb.
|
7 sinf ozbekiston tarixi. dars ishlan
III.Yangi mavzu bayoni:
IX-X asrlarda Movarounnahr va Xorazm aholisining asosiy qismi sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullanar edi.Sug‘orish tarmoqlari vositasida sug‘orilib obod etilgan serunum vohalarda g‘allakorlik, sholikorlik, paxtachi- lik, sabzavotchilik, polizchilik va bog‘dorchilik yuqori darajada rivoj topgan edi. Vohalarda paxtachilik kattagina o‘rinni egallagan. Bog‘dorchilik madaniyati keng ravnaq topgan edi. Movarounnahr va Xorazmda sabzavot va poliz ekinlari ham serob bo‘lib, qovunlari nihoyatda shirali bo‘lardi. IX-X asrlarda Movarounnahr va Xurosonda chorvachilik yuksak darajada bo‘lgan. Mamlakatning dasht va tog‘oldi yaylovlarida qo‘y va echkilar, yilqilar va tuyalar boqilgan. Qishloqlarda, ayniqsa, qoramollar behisob bo‘lgan. Chorvachilik mamlakat aholisini chorva mahsulotlari bilan ta’minlabgina qolmasdan, xo‘jalikning hamma sohalari uchun ot-ulovlar ham yetkazib bergan. Ayniqsa, davlatning harbiy qo‘shinlari, xususan, suvoriy qismlarni ot-ulov bilan ta’min etish muhim aha- miyat kasb etgan. Movarounnahr va Xorazm shaharlarida to‘qimachilik, kulolchilik, chilan- garlik, miskarlik, zargarlik, shishasozlik va duradgorlik kabi kasb-hunarlar rivoj topadi. Endilikda shaharlar o‘ndan ortiq darvozali kattagina hunarmandchilik markaziga aylanib qoldi. Shaharning do‘nglik yerida joylashgan arkda odatdagidek podshoning qarorgohi - dargoh, shuningdek, xazina, chaqa- tangalar ishlab chiqaradigan zarbxona va qamoqxona bo‘lardi. Uning markazida registon maydoni, devonlar, mahkama saro- yi, shuningdek, amirzodalar, saroy a’yonlari, ruhoniylar, mulkdor dehqonzodalar va davlatmand savdogarlarning hashamatli qasrlari, qurol-yarog‘, asbob, egar-jabduq yasaydigan ustaxonalar, hunarmandchilik do‘konlari va savdo rastalari joylashgan. Samarqandda yuqori navli qog‘oz ishlab chiqarilar edi. Shosh o‘zining ko‘nchilik mahsulotlari va charm mollari bilan, Eloq esa kumush va qo‘rg‘oshin konlari hamda kumush chiqaradigan zarbxonasi bilan mashhur edi. Xorazmda qayiqsozlik taraqqiy topadi. Xorazm va Termizda yasalgan qayiqlar Amudaryo bo‘ylab to Orol dengizigacha muttasil mol tashib savdogarlarning yukini yengil, uzog‘ini yaqin qilgan. Bu davrda shaharlar bilan bir qatorda qishloqlar ham mamlakatning iqti- sodiy hayotida katta o‘ringa ega edi. Buxoroning Zandana qishlog‘ida to‘qilgan mallarang bo‘z «zandanicha», Samarqandning Vador qishlog‘ida tayyorlangan mato «vadoriy» nomlari bilan Sharqda mashhur edi. Movarounnahrning tog‘li mintaqalarida qadimdan davom etib kelayotgan konchilik IX-X asrlarda nihoyat darajada taraqqiy qiladi. Zarafshon va Farg‘ona vodiysi tog‘laridan temir, qo‘rg‘oshin, ku- mush, simob, mis, qalay, feruza, novshadil qazib chiqarilgan. Hatto Farg‘onadan o‘sha vaqtlardayoq toshko‘mir va neft topilib ishlatilgan. Konlarning yaqinida rudalarni eritib ma’dan oluvchi temirchilar va konchilarning qishloqlari bo‘lardi. Eloq viloyati kumush va qo‘rg‘oshinlarni qazib olishning yirik markazlaridan biri edi. IX-X asrlarda mamlakatda ichki va tashqi savdo kengaydi. Qadimgi karvon yo‘li bo‘ylab quduqlar qazilib, har bir bekatda rabotlar bino qilinadi. Karvonlar o‘tadigan shahar va qishloqlarda karvonsaroylar quriladi. Shimoliy yo‘l orqali Janubiy Sibir va Mo‘g‘ulistonga Movarounnahrning shahar va qishloqlaridan bo‘z, kiyim- kechak, egarjabduq, qilich, idishlar, zargarlik buyumlari, dori- darmon, quruq meva, kunjut va zig‘ir moyi va boshqa shu kabi mollar olib borilgan. Sibirdan turli xildagi qimmatba- ho mo‘ynalar, chorva mollari va chorvachilik mahsulotlari keltirilgan. Mutaxassis olimlarning ta’kidlashicha, VII-IX asrlarda Xitoy bilan bo‘lgan savdoda choy, ipak mato, tuz va ot asosiy o‘rinda turgan. Har bir ot Xitoy bozorida (to‘pi 12,8 metrli) 50 o‘ram ipak matoga ayirbosh (barter) qilingan. Choy bahosida har bir otning bahosi 56 kg oliy navli choyga teng bo‘lgan. Bir necha «jin» (600 g) choyga bir bosh qo‘y almashtirilgan. VII-VIII asrlarda choy asosiy import mahsulotlaridan biriga aylangan. Xitoycha «cha» yoki «ming» deb yuritilgan xushbo‘y choy o‘simligi va uning seleksiyasi bu davrda Sharqiy Turkiston orqali Turkiston diyoriga, so‘ngra esa boshqa mamlakatlarga keng tarqalib, aholining maishiy hayotida kundalik iste’mol etiladigan chanqovbosdi benazir ichimlikka aylangan. Ichki bozorlarda «fals» deb atalgan mis chaqa, xalqaro savdo-sotiqda esa kumush tanga - dirhamlar ishlatilardi. Mis chaqalarni markaziy hukumat ham, shuningdek, sulola a’zolaridan bo‘lgan ba’zi viloyat hokimlari ham chiqarar edilar. Kumush tangalar faqat hukumat boshlig‘i nomidan Marv, Samarqand, Buxoro va Shoshda davlat zarbxonalarida so‘qilar edi. Somoniylar «ismoiliy», «muhammadiy» nomlari bilan yuritilgan bir necha kumush dirhamlar chiqargan edilar. Ular orasida «ismoiliy» tangasi yuqori sifatli sof kumushdan zarb etilib, asosan xalqaro savdo aloqalarida ishlatilgan. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling