O’zbekiston tarixi 7-sinf


II. O’tgan mavzuni so’rash


Download 0.97 Mb.
bet92/130
Sana29.03.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1309039
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   130
Bog'liq
7 sinf ozbekiston tarixi. dars ishlan

II. O’tgan mavzuni so’rash:
1. Qachon Amir Temurni Amir Joki Barlosning qizi Turmush Og'oga uylantirishadi?
A.1355-yilda B.1352-yilda C.1360-yilda D.1350-yilda
2. Amir Temur va Balx hokimi Amir Husayn o'rtasida ittifoq qanday yuzaga keladi?
A.Amir Temur Kesh yurtining hokimi bo'lgandan so'ng
B.Yoshligida birga maktabda o'qishi tufayli
C.Yagona dushman atrofida maqsadlar mushtarak bo'lib ittifoq tuzadi
D.O'ljoy Turkon Og'ani o'z nikohiga olgandan so'ng
3. Amir Temur kimning yorlig'i bilan Keshning dorug'asi etib tayinlanadi?
A.Amir Hoji Barlos yorlig'i bilan B.Tug'luq Temur yorlig'i bilan
C.Ilyosxo'ja yorlig'i bilan D.Sayid Baraka yorlig'i bilan
4. Amir Temur "Loy jangi"da kim bilan urushgan?
A.Ilyosxo'ja bilan B.Amir Husayn bilan C.To'xtamishxon bilan D.Tug'luq Temur bilan
5. Amir Temur va Amir Husayn mo'g'ullar ustidan dastlabki g'alabaga erishgan yilni aniqlang.
A.1364-y. B.1361-y. C. 1363-y. D.1366-y.
5. Tarixda "Loy jangi" nomi bilan mashhur bo'lgan jang qachon bo'lgan?
A.1363-yil 22-marda B.1365-yil 22-mayda C.1366-yil 22-mayda D.1370-yil 10-aprelda
6. Samarqand sarbadorlariga boshchilik qilganlarning kasbi bilan to'g'ri jaylashtiring?
1.Mavlonzoda Samarqandiy, 2.Abu Bakr Kululiy, 3. Xurdaki Buxoriy, 4. Hoji Barlos.
a) chavondoz, b) rnergan, c) mudarris, d) hunarmand.
A.1-a, 2-b, 3-е B.2-d, 3-b, 4-a C.1-е, 2-d, 3-b D.1-b, 3-е, 4-d
7. Sarbadorlar Sainarqandda hokimiyatni egallab olgach, quyidagi qaysi islohotni amalga oshirgan?
A. Jizya solig'i bekor qilindi B.Pul islohoti amalga oshirildi
C. Xirojdan boshqa bareha soliqlar bekor qilindi D.Barcha javoblar to'g'ri
III.Yangi mavzu bayoni:
XIV asrning 60-yillarida Movarounnahrda hukm surgan og‘ir siyosiy va iqtisodiy vaziyat mamlakatni birlashtirib, kuchli bir davlat tashkil etishni talab qilmoqda edi. Amir Temur o‘z zamonining bunday talabini boshqa amirlarga nisbatan yaxshiroq tushunardi. Shuning uchun ham u mar­kazlashgan davlat tuzishga kirishdi. Bunday maqsadni amalga oshirishda u oqsoqollar, harbiylar, savdogarlar va shahar hunarmandlari tabaqalariga suyanadi. Amir Temur bu ulkan maqsadini ro‘yobga chiqarish ishini avvalo ichki g‘animlariga qarshi kurashdan boshlaydi 1370-yilning bahorida Amir Temur butun qo‘shinlari bilan kuchli raqib - Balx hukmdori Amir Husaynga qarshi yo‘lga chiqadi. Qo‘shin Termiz yaqinidagi Biyo qishlog‘iga yetganida uning huzuriga taniqli ulamolardan Sayyid Baraka tashrif buyu- radi. Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, unga Oliy hokimiyat ramzi tabl bilan yalovbayroq tortiq qilib, uning buyuk kelajagidan bashorat qiladi. Bu voqea, shubhasiz, siyosiy ahamiyatga ega edi.. Bu paytga kelib Amir Husaynning ko‘pchilik amirlari uni tark etadilar. Jangda Amir Husayn qo‘shinlari yengiladi, ikki kunlik qamaldan so‘ng, 1370- yilning 10-aprelida Balx shahri Amir Temurga taslim bo‘ladi. Amir Husayn qatl etiladi.
1370-yilning 11-aprelida Chig‘atoy ulusining bek va amirla­ri, viloyat va tumanlarning dorug‘alari, Amir Temurning quroldosh do‘stlari, shuningdek, Amir Temurning piri Sayyid Baraka ishtirokida qurultoy o‘tkaziladi. Qurultoyda Amir Temurning hukmdorligi rasman tan olinib, u Movarounnahrning amiri deb e’lon qilinadi.
Amir Temur davlatni siyosiy va iqtiso­diy jihatdan mustahkamlashga kirishadi. U 1370-yil iyul oyida Samarqandda qu­rultoy chaqirdi. Qurultoyda Shibirg‘on hokimi amir Zinda Chashmdan boshqa Movarounnahrning bar­cha amirlari va qabila boshliqlari to‘plandilar. Ikki daryo oralig‘ida yashovchi turk-mo‘g‘ul qabila boshliqlari, barcha amirlar Amir Temur hokimiyatini tan oldilar. Samarqand davlat poytaxti deb e’lon qilindi. Samarqandda mustahkam devorlar, qal’alar ham­da saroylar barpo etiladi. Amir Temur mamlakatda qonun va tartib ishlarini joriy etadi. Maxsus qo‘shin tuzib, unga katta im- tiyozlar beradi. Amir Temur yirik harbiy bo‘linmalarning bosh­liqlari etib Ardasher Qavchin, Joku Barlos, Iskandar A’lam Shayx, Usmon Abbos, Sayfiddin Barloslarni tayinladi. Tajribali harbiylar sipohsolorlikka tayinlandi. 1370-yildayoq Shibirg‘on bo‘ysundirildi. Zinda Chashm Amir Temur xizmatiga o‘tdi.
Amir Temur sharqiy hududlarni mo‘g‘ullar ta’siridan ozod etish uchun Sharqiy Turkiston tomon bir necha marta qilib, Mo‘g‘uliston xonlariga zarba berib, Farg‘ona vodiysi hududlarini, O‘tror, Yassi (Turkiston) va Sayramni o‘z tasarrufiga oldi. Hisor, Badaxshon, Qunduz kabi viloyat amirlari ham Amir Temur hokimiyatini tan olib, unga bo‘ysundilar. 1381-yilda Hirot, Seiston, Mozandaron egallandi. Shundan so‘ng Saraxs, Jom, Qavsiya, Sabzavor shaharlari jangsiz Amir Temurga bo‘ysundi va uning tasarrufiga o‘tdi. Shu tariqa butun Movarounnahr va Xuroson birlashtirildi.
Amir Temur saltanati bilan Oltin O‘rda xonligi oralig‘ida bu davrga kelib mustaqil bo‘lib olgan Xorazm davlati qaror topgan edi. Qadimdan iqtisodiy va madaniy jihatdan Movarounnahr bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan Xorazm mo‘g‘ullar davrida ikki qismga ajralib, markazi Urganch shahri bo‘lgan Shimoliy Xorazm Oltin O‘rdaga, markazi Kat qal’asi bo‘lgan Janubiy Xorazm esa Chig‘atoy ulusiga bo‘ysundirilgan. XIV asrning 60-yillari oxirida Oltin O‘rdada yuz bergan g‘alayonlar vaqtida Qo‘ng‘irot sofiylari Shimoliy Xorazmda yangi sulolaning mustaqil hukmronligini tiklab oladilar. So‘ngra Kat va Xiva shaharlarini egallab, Shimoliy Xorazm bilan Janubiy Xorazm yerlarini birlashtiradilar. Amir Temur esa butun Xorazmni Chig‘atoy ulusining ajralmas qismi deb hisoblar edi. Shuning uchun u Xorazmni o‘z davlatiga qo‘shib olish siyosatini tutdi.
Shunday qilib, Amir Temur Movarounnahr, Xuroson va Xo­razmni birlashtirib, yirik markazlashgan davlat tuzdi. Bu ulkan hududda yashovchi xalqlarning birlashuvi ular taqdirida ijobiy ahamiyatga ega bo‘ldi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling