O‘zbekiston tarixi darsliklarining metodik tahlili


Ommalashtirish ishining nazariy va amaliy ahamiyati


Download 23.7 Kb.
bet2/5
Sana24.12.2022
Hajmi23.7 Kb.
#1060390
1   2   3   4   5
Bog'liq
макола

Ommalashtirish ishining nazariy va amaliy ahamiyati.
O‘zbekiston tarixi fanidan amalga oshirilgan darsliklarining metodik tahlilidan o‘qituvchi tarix darsliklariga qо‘yilgan metodik talablarni, darsliklarning tarkibiy tuzilishi komponentlari, O‘zbekiston tarixi darsligining yutuq va kamchiliklari haqida ma’lumotga ega bо‘ladilar.
Malaka ishida O‘zbekiston tarix darsligiga qo‘yiladigan zamonaviy talablarni, O‘zbekiston tarixi fanidan darsliklar tahlili: taklif va tavsiyalar berildiki, ular fanni samarali o‘qitishga xizmat qiladi.
Ushbu malaka ishida amalga oshirligan O‘zbekiston tarixi darsliklarining metodik tahlili va undan olingan xulosa va natijalaridan akademik litseylarda O‘zbekiston tarixi fanini o‘qitishda foydalanish mumkin.
Ish tuzilmasining tavsifi. Malaka ishi kirish, to‘rt paragraf, xulosa, adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning hajmi 38 betni tashkil etadi.
Bob. O‘zbekiston tarixi fani maqsadi va mazmuni
1.1. O‘zbekiston tarixi fanining maqsadi: ta’limiy va tarbiyaviy vazifalari
Milliy g‘oya va ma’naviy-ahloqiy barkamollikni shakllantirishda tarixiy komponentlarning o‘rni beqiyos. Tarix fanining ta’limiy va tarbiyaviy vazifasi ham aynan mana shu komponentlarni yoshlarda shakllantirishga xizmat qiladi. Ta’lim tizimida tarix o‘qitishning asosiy vazifasi – o‘quvchilarga tarix fanidan puxta bilim berish, shu bilimlarni amaliyotda qo‘llanish ko‘nikmalari va malakasini hosil qilishdan iboratdir.
Tarix o‘qitishning asosiy vazifasi – o‘quvchilarga tarix fanidan puxta bilim berish, shu bilimlarni amaliyotda qo‘llanish ko‘nikma va malakalarini hosil qilishdan iboratdir. Tarixni o‘rgatish yoshlarga milliy g‘oyani singdirish va ularda ilmiy dunyo qarashni shakllantirish, hozirgi zamon taraqqiyotining asosiy tendensiyalari va ziddiyatlari mohiyatini to‘g‘ri tushunishga tayyorlashning muhim vositasidir.
«Tarix» fanini o‘qiitishning vazifalari: – eng qadimgi davrlardan hozirgi kungacha O‘zbekiston va jahon tarixiga doir bilimlar bilan qurollantirish; – O‘zbekiston va jahon tarixini o‘zaro qiyosiy o‘rganish orqali milliy hamda umummadaniy kompetentlikni tarkib toptirish; – tarixiy bilimlarni kundalik hayot, amaliyotbilan bog‘liq tarzda yoritib berish; – o‘quvchilarda tarixiy voqelikni tahlil etish, umumlashtirish, baholash va xulosa chiqarish malakalarini rivojlantirish; – tarixiy bilimlarning ijtimoiy mohiyatini chuqur ochib berish; – ijtimoiy faol, tarixiy xotirasi mustahkam, tarixiy tafakkuri keng o‘quvchishaxsini shakllantirish.
O‘zbekiston, ya’ni Ona-Vatan tarixini o‘qitilishi zarurligining ikki muhim vazifasi bor: ta’limiy - ya’ni bilim berish va tarix fanining tarbiyalovchilik vazifasi bor.

Download 23.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling