O‘zbekiston tarixi darsliklarining metodik tahlili


Tarix fanining ta’limiy vazifalari


Download 23.7 Kb.
bet3/5
Sana24.12.2022
Hajmi23.7 Kb.
#1060390
1   2   3   4   5
Bog'liq
макола

Tarix fanining ta’limiy vazifalari:
Tarixiy jarayon va tarixiy rivojlanishning hamma bosqichlaridagi ijtimoiy hayotning turli tomonlarini tavsiflab beruvchi muhim tarixiy faktlar haqida bilim berish;
Tarixiy faktlarni o‘zlashtirish natijasida o‘quvchilar tarixdagi asosiy voqealarni, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni hamda ularning rivojlanib borishini aks ettiruvchi aniq tarixiy tasavvur hosilqilish;
O‘quvchilar tarix kursidagi muhim tarixiy tushunchalarni puxta o‘zlashtirishi, jamiyatning ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini mukammal tushunib yetishga xizmat qiladi.
Ta’limiy vazifada - ya’ni bilim berish vazifasi o‘quvchilarga faqat oliygohlarga kirish uchun emas balki umr davomida o‘quvchi – yoshlar qaysi kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar har bir mutaxassisning kasbiy faoliyatida hamzarurdir. Jumladan,
Tasviriy san’at mutaxassisi tarixga murojaat qilib, tarixiy davr o‘tmish davr suratlarini haqqoniy, manba asosida davr ruhini berib yaratishi;
Geograf uchun tarixiy davr geografiyasini shakllantirishida muhimdir;
Biolog va zoologlar tarixiy davr bilan bog‘liq holda turli davrdagi o‘tmishdagi flora va faunasini biladilar;
matematik, fizik va astronomlar turli tarixiy davrlarda fanning bosib o‘tgan yo‘llari va olimlar faoliyatini biladilar;
Kasb ta’limi dizayner va liboslar bo‘yicha mutaxassis qadimgi va o‘rta asrlar davrida kiyim-kechaklarini milliy asosda yaratadilar;
O‘quvchilar tarix kursidan olgan bilim va malakalarini yangi tarixiy materiallarni o‘rganishda, o‘tmish va hozirgi zamon voqealarini tushunishda, kundalik ijtimoiy ishlarda, hayotda qo‘llay bilishga, tarixdan saboq olishga o‘rgatish;
O‘quvchilar tarixiy material bilan, har xil matnlar (darslik, manbalar, tarixiy hujjatlar, ilmiy-ommabop adabiyot, siyosiy risolalalr, gazeta va jurnallar), xarita va illyustratsiyalar bilan ishlay bilishi, reja tuza bilishi, ma’ruzani yoza bilishi, tarixiy materialni tizimli va asosli ravishda bayon qila bilishi ayrim tarixiy mavzularda axborot bera olishga o‘rgatish;
Tarix fanining tarbiyalovchilik vazifasi – yoshlarga ular agar keyinchalik qaysidir kasb egasi bo‘lsalarda hayoti va kasbi jarayonlarida juda muhimdir.

  • - O‘zbekiston tarixi yoshlarni, umuman olganda bo‘lajak mutaxassis kadrlarni Ona-Vatanga sadoqat ruxida tarbiyalaydi;

  • - o‘zbek davlatchilik tarixi va mehnatsevar xalqining kelib chiqish tarixi yildizlarini bilishlikka yetaklaydi;

  • - uning boy, betakror yuksak madaniy merosi o‘zlikni anglashda, ajdodlarimizning jahon fani va sivilizatsiyalariga qo‘shgan hissalarini bilishda yoshlar qalbiga g‘urur bag‘ishlaydi;

  • yosh avlodni o‘z xalqi milliy-madaniy qadriyatlar ruhida tarbiya topishida, odob va ahloqiy jihatdan barkamol inson bo‘lib yetishiga Ona Vatan tarixi ma’naviy ozuqa beruvchi buyuk ne’matdir;


Download 23.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling