O’zbekiston tarixi fanidan Uyga vazifasi. 1–mavzu: ahamoniylar va aleksandr makedonskiyning o’rta osiyoga bostirib kirishi, hukmronligi


Ahamoniylarning O’rta Osiyoda hukmronligi davrini, yuritgan siyosatini “Klaster” texnologiyasi asosida yoritib bering


Download 1.93 Mb.
bet3/6
Sana28.05.2020
Hajmi1.93 Mb.
#110945
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qosimov Qobiljon ]O'zbekiston Tarixi 1-topshiriq


4. Ahamoniylarning O’rta Osiyoda hukmronligi davrini, yuritgan siyosatini “Klaster” texnologiyasi asosida yoritib bering.



5. Tarixiy asarlarda keltirilgan Ahamoniy hukmdorlar haqidagi ma’lumotlarni ko’rsatib bering.

Kir II Araks daryosidan o‘tib, To‘maris boshchiligidagi mas-sagetlar bilan urushgan deb yoziladi. Uchinchi bir manbalarda esa Kir derbiklar bilan va nihoyat, ayrimlarida dayolar bilan jang qilgan deyiladi. Bu yurish va uning natijalari hakidagi hikoyalar Gerodotda, Trog, Yustinda va boshka mualliflarda berilgan. Gerodotning xabar berishicha, Kichik Osiyoga Kirning o‘zi yurish qilmagan, balki uning ishonchli qo‘mondanlaridan biri Garpog yurish qilgan. Kirning o‘zi esa Osiyoning yuqori qismida joylashgan xalqlarni bo‘ysindirgan. Ahamoniylarning bu barcha davlatlarini bo‘ysindirishini olib qaraydigan bo‘lsak, ular bu davlatlarni juda chiroyli, oqilona va aniq o‘ylangan taktika orqali bosib olishgan dep yozgan Geradot. Gerodotning yozishicha, Kir II Midiyani bosib olgandan so‘ng, uning yo‘lida Vavilon, Baqtriyaga qarshi esa lashkarboshilaridan birini yuboradi. Shunga qaraganda, Kir II Markaziy Osiyo xalqlarining kuch-qudrati va harbiy tayyorgarligi to‘g‘ri-sidagi ma’lumotga ega bo‘lgan. Kir II ning Markaziy Osiyoga yurishi haqidagi ayrim ma’lumotlar grek tarixchisi Ktesiyda berilgan. Uning yozishicha, Kir «baqtriyaliklar bilan urushgan va urushda hech qanday tomon ustunlikka erishmagan». Faqatgina baqtriyaliklar Ahamoniylar davlatining ichki siyosiy ahvoli mustahkamlanganligini (Midiya hukmdori Astiagning Kir oldida taslim bo‘lishi) bilganlaridan so‘nggina, Kirga «ixtiyoriy» bo‘ysunganlar Doro I (er.av. 530-522 yy.) tomonidan o‘yib yozilgan «Bexustun» yozuvlari Ahamoniylar davri tarixini o‘rganishdagi muhim manba hisob-lanadi.



6. “Venn” diagrammasi asosida Ahamoniylar hukmdorlarining faoliyatini yoritib bering.

1. Kim, qayerdan




 Kir II (550 – 530) Forislardan (Fors va Anshanda 558 yildan hokimlik qilgan)

2. Qanday, qanaqa.



 Kir II Bobil, Ossuriya, Elam va Iudeya (Yahudiya)dagi ibodatxonalarni, shuningdek, Bobil shahri devorini tiklagan

Bobil shoxlari tomonidan Mesopotamiyaga zoʻrlab koʻchirilgan xalqlarga Kir II oʻz yurtlariga qaytishlariga ruxsat bergan

Kir II "Bobil podshohi, mamlakatlar shohi" unvonini olgan.


Ksenofontnit "Kiropediya" asari Kir IIga bagʻishlangan

3. Nima sodir bo’ldi?



 Miloddan avvalgi 558-yil Midiyaga tobe fors qabilalari ittifoqini boshqargan

miloddan avvalgi 553-yil qoʻzgʻolon koʻtarib Midiya taxtini egʻallagan

miloddan avvalgi 546-yil esa Lidiya va Kichik Osiyodagi yunon davlatlarini bosib olgan

Miloddan avvalgi 545—539-yillarda Dra-ngʻiyona, Margʻiyona, Xorazm, Sugʻdiyona, Baqtriya, Areyya, Gedrosiya, xaumavarg saklari yashaydigan hududni, Sattagidiya, Araxosiya va Gandharani istilo qilgan.

539 yil K. II qoʻshinlari Bobilni bosib olgan

Miloddan avvalgi 530-yil iyulida Kir II Oʻrta Osiyodagi massagetlar ustiga yurish qilgan

4. Nima bilan tugadi?



Miloddan avvalgi 530-yil iyulida Kir II Oʻrta Osiyodagi massagetlar ustiga yurish qilgan, biroq, Toʻmaris rahbarlik qilgan massagetlar bilan boʻlgan jangda uning qoʻshini butkul tor-mor keltirilib, Kit II halok boʻlgan

1. Kim, qayerdan



Ahamoniylar sulolasidan Kambiz II (mill.av 530-522) davlatni boshqargan.

Buyuk Kir IIni toʻngʻich oʻgʻli

2. Qanday, qanaqa.



Kambiz II hukumronligi haqida bizga yunon tarixshunoslari va Misr manbalaridan malumonlardan malum, Misrni forslar bosib olgan davrga toʻri keladi

3. Nima sodir bo’ldi?



Kir II oʻgli Kambizni Bonil shoxi deb eʼlon qiladi(mill.av.538)

Kambiz davrida Miloddan avvalgi 522-yil bahorida Misrda qoʻzgʻalonlar boshlanadi

4. Nima bilan tugadi?



Miloddan avvalgi 522-yil bahorida Misrda qoʻzgʻalonlar boshlanadi, qoʻzgʻalonchilarni bostirish uchun Kambiz II Bobildan yolga chiqqanda yolda baxtsiz voqea tufayli(nomalum voqea sababli) vafot etadi.

1. Kim, qayerdan



 Doro I  mil. av. 522—486 y.larda hukmronlik qilgan

Erondagi axomaniylar sulolasiga mansub podshoh

2. Qanday, qanaqa.



Doro. I mamlakatni bir necha harbiy-maʼmuriy viloyatlar (satraplik) ga boʻlgan

yangi soliq tizimini joriy qilgan

 Mamlakatdagi mavjud karvon yoʻllarining mustahkamlanishi va yangi savdo yoʻllarining ochgan

Nildan Suvayshgacha boʻlgan kanalning taʼmir qilinishini nazorat qilgan

oltin tanga darik zarb qilinishi oʻsha davrdagi xalqaro savdoning rivojlanishiga muhim hissa qoʻshdi

Doro. I davrida ibodatxonalar (Memfisda), qasrlar (Suzada), shoh qarorgohi (Persepolda) qurildi

Doro. I hukmronlik qilgan yillar axomaniylar davlatining eng yuksalgan davri hisoblanadi

3. Nima sodir bo’ldi?



Mil. av. 522—21 y.larda 10 ming kishilik xos qoʻshini yordamida Bobil, Eron, Midiya, Margʻiyona, Elam, Misr, Sattagidiya, Parfiya, Soʻgʻd, Xorazm, Baqtriya va b. mamlakatlardagi qoʻzgʻolonlarni bostirgan

Hindistonning shim.-gʻarbiy qismidagi bir qancha oʻlkalarni ham oʻz davlatiga qoʻshib olgan (mil. av. 518)

Qora dengizning shim.dagi skif qabilalari bilan urushib magʻlubiyat bilan qaytgan (mil.av. 514)

4. Nima bilan tugadi?

Mil avval 486-yilda vafot etadi

7. Aleksandr Makedonskiyning Sharqqa yurishini aniq dalillar asosida xronologik izchilik asosida yoritib bering.

1. 334 yil Aleksandr Eronga yurish boshlaydi Aleksandr qo‘shinida sarkardalardan Antipatr, Parmenion, Ptolemey Lag va boshqa, shuningdek 30 mingga yaqin piyoda jangchi, 5 ming otliq, yengil qurollangan yordamchi otryadlar va 160 kema bo‘lgan.



2. Aleksandr Granik (334 yil)

3.Iss (333 yil)

4.Gavgamela (331 yil) janglarida Doro III qo‘shinlarini yenggan

5.Aleksandr 329 yil Baqtriyani egallagan

6. Aleksandr 328–327 yil boshida Sug‘diyonadagi qo‘zg‘oloni bostirgan 

7. Mil. av. 327 yil Hindistonga yurish qiladida, Gidasp daryosi (Hind d. irmog‘i) sohilida katta qiyinchilik bilan podsho Por qo‘shini ustidan zafar qozonadi. Shu tariqa Aleksandr Panjobni egallaydi.

8. Aleksandr Makedonskiyning hayoti va faoliyati yoritilgan tarixiy asarlar orqali uning shaxsiga munosabat bildiring.

JAVOB:O’rta Osiyo jumladan So’g’diyonaning antik davrlari tasvirlangan asarlar ichida Kvint Kurs Rufning “Aleksandr Makedonskiy tarixi” asari alohida o„rin tutadi. Unda O„rta Osiyoning eramizdan avvalgi IV-III asrlariga oid voqealar tasvirga kengroq olingan. Kurs Rufning bu asarning O„rta Osiyo haqidagi boshqa asarlardan farqli tomoni shundaki, unda ikki daryo Oks (Amu) va Yaksart (Mir) oralig„idagi tarixiy voqealar keng ifodalangan. Kurs Rufning ushbu asari Diodor, Yustin, hatto jahon adabiyotida muhim o„ringa ega bo„lgan Plutarxning “Aleksandr” romanidan ham ustun ekanligini ko„ramiz. U “Aleksandrning yurishi” asaridan ham bir qadar ustun darajadadir. Asarda tasvirlangan voqealarning bayoni fikrimizning isboti bola oladi. Asarning VII kitobida va VIII kitobning bir qismida Orta Osiyo voqealari tasivrlanadi.

Arrian asarning ikkita kitobi Markaziy Osiyo tarixiga bag’ishlangan bo’lib, tarixning o„ziga xos tasviri keltiriladi. Xuddi shunday tarqoq tarixiy manbalarga Arrion ham yondoshib tarixiy manbalarni aslidagicha berishga harakat qiladi. “Aleksandr Oks daryosi qirg,og’iga keldi, deydi muallif. Bungacha bo„lgan boblarda Aleksandrning Eronga qilgan yurishi, Eron shohi Doro ustidan g„alaba qozonishi hikoya qilinadi. Eron shohi yengilgandan so„ng, u Kavkaz tog„lariga qarab qochadi. Aleksandr uni izma-iz ta‟qib etib kelaveradi. Ta‟qib bir necha kun davom etadi. Doro Kavkaz tog„lariga yashirinmoqchi bo„ladi. Biroq Bess Eron shohining eng yaqin kishisi bo„lishiga qaramasdan, Doroni o„ldirib, boyliklarini olib, O„rta Osiyoga qarab qochadi. Aleksandr Doroning o„ligini topib olib, uni Sharq udumiga ko„ra izzat-ehtirom bilan dafn etishni buyuradi-da, o„zi Bessning izidan ketadi. Bir necha vaqt Kavkazda bo„lib, u yerda “shahar quradi va unga Aleksandriya deb nom beradi.

MUNOSABAT:Bizgacha yetip kelgan barcha tarixiy asarlarga koz tashladim va shu xulosaga keldim : Iskandar yoshlik yillaridanoq izzattalablik, qaysarlik va maqsad sari intilish kabi sifatlarni ko’rsatib kelgan. Boshqa tomondan esa u jismoniy lazzatlarga butkul befarq bo’lgan, ortiqcha ovqat yeyishdan o’zini tiygan va ayollarga qiziqish bildirmagan. Aleksandr Makedonskiy Buyuk tarixiy shaxs bu odamni o’z orqasidan erishtira olgan, tarixga muhim bir o’zgartirishlar kiritgan, aktiv davlat va jamoat arbobi.



9. O’rta Osiyoning qaysi hududlari A.Makedonskiy tomonidan bosib olinganligini yo’nalishli xarita asosida izohlab bering.



Iskandar Zulqarnayn 329 yilning bahorida Oʻrta Osiyoga hujum qildi Soʻgʻdiyonani va   Baqtriya qalʼalarini birin-ketin bosib olar ekan, Maroqandda oʻz garnizonini qoldirib, Sirdaryo tomonga — saklar yeriga yuradi Ammo yoʻlda u mahalliy aholi tomonidan misli koʻrilmagan qarshilikka duch keladi. Ayni shu vaqtning oʻzida Spitamen boshchiligida mil avv 328-yilda soʻgʻdlar ham Iskandar qoʻshinlariga qarshi bosh koʻtaradi Soʻgʻdlarga baqtriyaliklar ham kelib qoʻshiladi.  Iskandar Zulqarnayn saklar bilan sulh tuzishga erishadi Keyin esa asosiy kuchini Spitamenga qarshi tashlaydi  328 yilning kuzida Iskandar bilan Spitamen oʻrtasida hal qiluvchi jang boʻldi. Spitamen bu jangni boy beradi Shu tariqa uning Oʻrta Osiyo ustidan hukmronligi oʻrnatiladi.

10. A.Makedonskiy O’rta Osiyoga bostirib kirishda qattiq qarshilikka uchradi va uning hukmronligi O’rta Osiyo hududida uzoq cho’zilmadi. Bu savolni “FSMU” texnologiyasi asosida yoritib bering.

F – fikringizni bayon eting

329 yilning bahorida Oʻrta Osiyoga hujum qildi Soʻgʻdiyonani va   Baqtriya qalʼalarini birin-ketin bosib olar ekan, Maroqandda oʻz garnizonini qoldirib, Sirdaryo tomonga — saklar yeriga yuradi Ammo yoʻlda u mahalliy aholi tomonidan misli koʻrilmagan qarshilikka duch keladi. Ayni shu vaqtning oʻzida Spitamen boshchiligida mil avv 328-yilda soʻgʻdlar ham Iskandar qoʻshinlariga qarshi bosh koʻtaradi Soʻgʻdlarga baqtriyaliklar ham kelib qoʻshiladi. kuchini Spitamenga qarshi tashlaydi  328 yilning kuzida Iskandar bilan Spitamen oʻrtasida hal qiluvchi jang boʻldi. Spitamen bu jangni boy beradi Shu tariqa uning Oʻrta Osiyo ustidan hukmronligi oʻrnatiladi.

S – fikringiz bayoniga sabab ko’rsating

O‘rta Osiyo nisbatan bosqinchilik siyosati qattiq qarshilikka uchragan.Usturshonadagi yettita shahar-qal’a Aleksandrga qattiq qarshilik ko‘rsatgan. Bularning ichida eng kattasi – Kiro-pol bo‘lib, Kir II  uni boshqa shahar-qal’alarga nisbatan baland devor bilan o‘rattirgandi. Uning ichida mahalliy aholining ko‘pchilik qismi, eng jangovar jangchilar to‘plangandi. Aleksandr. shahar atro-figa xandaq qazittirgan, manjaniqlar (devorteshar mashinalar) bilan devorning bir necha yeridan teshik ochib, u yerdan shaharga bostirib kirmoqchi bo‘lgan. Bu urinishi natijasiz chiqqach, u harbiy hiyla ishlatib, shahar ichidan o‘tgan quruq daryo o‘zani orqali o‘zining xos jangchilari bilan shaharga kirgan. Kiro-pol mudofaachilari bilan Aleksandr jangchilari o‘rtasida shiddatli jang bo‘lgan. 

M – ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring



329 yilning bahorida Oʻrta Osiyoga hujum qildi Soʻgʻdiyonani va   Baqtriya qalʼalarini birin-ketin bosib olar ekan, Maroqandda oʻz garnizonini qoldirib, Sirdaryo tomonga — saklar yeriga yuradi Ammo yoʻlda u mahalliy aholi tomonidan misli koʻrilmagan qarshilikka duch keladi. Kiro-pol mudofaachilari bilan Aleksandr jangchilari o‘rtasida shiddatli jang bo‘lgan. Unda A. boshi va bo‘yniga tosh tegib yarador bo‘lgan, bir qancha lashkarboshilari (Krater va boshqalar) kamon o‘qidan shikastlangan. Makedon qo‘shini katta qiyinchilik bilan shaharni egallagan. Shahar mudofaachilari (jami 15 ming) dan 8000 ga yaqini halok bo‘lgan, qolgani ichki qo‘rg‘onga yashiringan, so‘ng tashnalikdan qiynalib taslim bo‘lgan. Makedon qo‘shini qolgan shaharlarni ham shu tariqa qiyinchilik bilan egallagan. Aleksandr mahalliy xalqning ja-soratidan shu qadar xavotirga tushganki, Ptolemeyning aytishicha, u o‘z jangchi-309lariga asir olingan kishilarni bo‘lib berib, to bu mamlakatdan chiqib ketma-gunlaricha ularni zanjirband holda saqlashni topshirgan. Aleksandr Sug‘diyona  Spitamen qo‘zg‘olon ko‘tarib,  Marokanda qamal qilgani Spitamen va Tanais ortidan saklar podshosining ukasi Kartazis boshchiligidagi katta qo‘shin unga yordamga yetib kelgani haqida xabar-dor bo‘lgach, qo‘zg‘olonchilarga qarshi 2000 kishilik qo‘shin jo‘natib, o‘zi saklar tomon qo‘shin tortgan). Tanais daryosi bo‘yidagi jang Mazkur qo‘shin tor-mor keltirilgach, A. shaxsan o‘zi katta kuch bilan Spitamenni dasht chegarasigacha ta’qib qilib borib, ortga qaytishda 120 mingdan ortiq tinch aholini qirib tashlaydi, ko‘plab qishloq va qal’alarni vayron qiladi, ekinzor, bog‘-rog‘larni payhon etadi. Aleksandr mil. av. 329–328 yillar qishini Zariaspa (Balx, Baqtra)da o‘tkazadi. Bahorda uning huzuriga xorasmiylar podshosi Farasman 1500 jangchisi bilan kelib o‘zaro ittifoq tuzishni taklif etadi. Aleksandr 328–327 yil boshida Sug‘diyonadagi tog‘lar ustida joylashgan qal’alardagi qo‘zg‘olonchilarni bo‘ysundirishga juda ko‘p kuch sarflaydi, ularni mag‘lub qilgadi.

U – fikringizni umumlashtiring 

Yunon-makedon qo‘shinlarining bosqinchlik yurishlari O‘rta Osiyo yerlarini xarobazorga aylantirdi, aholining katta qismi qirilib ketdi, ko‘plab shaharlar vayron etildi So‘g‘diyona va Baqtriya shaharlari o‘rnida, boshqalari esa tayanch qal’alar sifatida yangidan qurilgan. Bu shaharlarda yunon-makedonlarning piyoda va otliq askarlari joylashtirilgan. Bu askarlarning siyraklashgan saflari Makedoniya

tartibida qurollantirilgan Baqtriya va So‘g‘diyona yoshlari hisobiga to‘ldiriladi. Aleksandr O‘rta Osiyo yerlarini bosib olish uchun Aleksandr deyarli uch yil urindi, biroq uncha katta bo‘lmagan hududni: Marg‘iyona, Baqtriya, So‘g‘diyona, hozirgi Bekobod va Xo‘jand orasida Sirdaryo bo‘ylarini bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘ldi, xolos. Xorazm, Toshkent vohasi va Farg‘ona mustaqilligicha qoldi.



11. O’rta Osiyoda A.Makedonskiy davridagi ma’muriy – boshqaruv shakliga ta’rif bering.

Asta-sekinlik bilan Iskandar Osiyo hukmdoriga aylanib bordi. U ikki yil davomida hozirgi Afg’aniston, Tojikiston va O’zbekiston hududlarini o’z ichiga olgan Sug’diyona va Baqtriyani zabt etdi. Yangi hududlarni ishg’ol qilar ekan, Iskandar shaharlar barpo etib, ularga o’z nomini beradi. Masalan, Eshatadagi Iskandariya bilan Arahisiyadagi Iskandariya shaharlari bizning davrimizda Xo’jand va Qanqag’or nomi bilan mashhur. Iskandarning hukmdorlik sifatlaridan biri shundan iborat ediki, u bosib olingan hududlardagi xalqlarning an’ana va e’tiqodlarini hurmat qilgan, o’zining madaniyatini singdirishga harakat qilmagan va hattoki sobiq shoh va hukmdorlarni o’ziga xizmat qilish sharti bilan joylarida qoldirgan. Iskandarning tutgan bunday siyosati ayonlari o’rtasida norozilik hissini uyg’otar edi. Keyinchalik Qadimgi Rimlik imperatorlar ham shunday siyosat tizimini qo’llaydilar.

12. Hududlar kesimida O’rta Osiyoda A.Makedonskiy tomonidan qurilgan shaharlarni ko’rsatib bering.



Aleksandr Sharqni bosib olgan sharoitda butun Sharqda yunonlar tomonidan yunoncha an’analar asosida ko‘plab shaharlar, qal’alar va istehkomlar qurilgan. Bu ishni Aleksandrning o‘zi boshlab bergan – u egallagan yerlarni qo‘riqlash, bu yerga yunonlarni joylashtirish uchun qal’alar va shaharlar qura boshlagan. Jumladan, Sirdaryo bo‘yida fors podshosi Kir II (miloddan avvalgi 559–530-yillarda hukm surgan) tomonidan qurilgan Kiresxata qal’asini qayta tiklab, Aleksandriya Esxata deb nomlagani aytiladi (bu qal’a hozirgi Xo‘jand shahri o‘rnida bo‘lgani taxmin qilinadi). Shuningdek, Makedonskiydan so‘ng hokimiyatga kelgan ko‘plab yunon sulolalaridan biri – Selevkidlar vakili Antiox I (miloddan avvalgi 324–261-yillar) Amudaryo bo‘yida Antioxiya Tarmita shahrini qurgan – uning xarobalari Eski Termiz deb nomlanadi. Aleksandr Makedonskiy Amudaryo bo‘yida Oks Aleksandriyasi nomli shahar (yoki qal’a) qurdirgani aytiladi.Oks Aleksandriyasi keyinchalik Antiox I tomonidan qayta qurilib, Antioxiya Tarmita deb nomlangan, ya’ni bu ikkisi bir shahardir. Agar bu taxmin rost bo‘lsa, uning xarobalari Eski Termiz yodgorligida joylashgan (Termiz shahri yaqinida);

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling