O’zbekiston tarixi fanidan Uyga vazifasi. 1–mavzu: ahamoniylar va aleksandr makedonskiyning o’rta osiyoga bostirib kirishi, hukmronligi


Ahamoniylar davlatining ma’muriy–boshqaruv tizimiga ta’rif bering


Download 1.93 Mb.
bet2/6
Sana28.05.2020
Hajmi1.93 Mb.
#110945
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qosimov Qobiljon ]O'zbekiston Tarixi 1-topshiriq


2. Ahamoniylar davlatining ma’muriy–boshqaruv tizimiga ta’rif bering.

Qadimgi dunyoning eng yirik davlatlaridan biri (miloddan avvalgi 558 – 330). Axomaniylar davlati hududi Eronni va Hind daryosidan Egey va O‘rta dengizgacha bo‘lgan oraliqdagi Osiyo mam-lakatlarini, shuningdek Misr, Liviya va Bolqon yarim orolning bir qismini bosib olish natijasida tashkil topgan. Axomaniylar davlati Doro I davrida shakllangan murakkab byurokratik tizim orqali boshqarilgan. Doroning ma’muriy-pul islohotlari bosib olingan mamlakatlar ustidan boshqaruv va nazoratni yanada takomillashtirdi: davlat 20 ta harbiy-ma’muriy satrapiya (okrug)larga bo‘linib, ularning tepasida maxsus amal-dorlar (satraplar) turgan. Ular fors podshosiga ulkan miqdorda soliqlar(pul va natura holda) to‘lashgan. Doro I davrida yagona tanga pul birligi – 8,4 g oltin og‘irligidagi doriq joriy qilingan. Sikl (1/20 doriq) mayda ku-mush tanga vazifasini o‘tagan. Forslar ko‘pgina fi-nikiy va yunon shaharlariga muxtoriyat berib, ayrim mamlakatlarda (mas, Kilikiya, Sug‘diyona va boshqalar) mahalliy shoxlar va hokimlar sulolasini saqlab qolganlar, ibodatxonalarni soliq va to‘lovlardan ozod etganlar.  Fors shohlari, ularning qon-qarindoshlari, satraplar va amaldorlar Eron, Kichik Osiyo, Bobil, Misr va boshqa mamlakatlarda qullar mehnatiga asos-langan katta xo‘jaliklarga ega bo‘lishgan.Axomaniylar davlati barqaror iqtisodiy asosga ega bo‘lmagani tufayli beqaror harbiy-ma’muriy birlashma edi, u faqatgina qurol kuchi yordami bilangina turli xalqlarni davlat tarkibida tutib tu-rishga asoslangandi.

3. Ahamoniylarning bosqinchilik yurishlari yo’nalishlarini ketma–ketlikda yillari bilan belgilab, yo’nalish xaritasini yarating.



Forslar 550 yil Midiyani egallab keyingi uch yil mo-baynida sobiq Midiya davlati tarkibiga kirgan mamlakatlarni bosib olganlar, 546 yil esa Lidiya va Kichik Osiyodagi yunon shaharlarini zabt etganlar. 545–539 yillar oralig‘ida Kichik Osiyoning katta qismi, 538 yilda Bobil, 525 yilda Misr, 519–512 yillar oralig‘ida Egey dengizidagi orollar, Frakiya, Makedoniya va Hindistonning shimolig‘arbiy qismi bo‘ysundirilgan. Kir II Parfiya Baqtriya Marg’iyonanai bosib oldi. Mil avv 530-yilda massagetlarga muvofaqiyatsiz yurish qildi va o’limiga sabab bo’ldi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling